To’qimachilik sanoati.
Bu tarmoq uzoq tarixga ega. Tayyorlangan gazmollar (atlas, beqasam, baxmal, olacha) o’rta asrlarda Buyuk Ipak yo’li orqali Yevropa va Yaqin sharq mamlakatlariga chiqarilgan, ammo sanoat usulida gazmollar ishlab chiqarish 20- yillardan boshlandi. 1930 yilda Farg’ona to’qimachilik, 1932 yil Toshkent to’qimachilik kombinati qurila boshlandi. Keyinchalik Buxoro, Andijon, Popda yirik korxonalar, Xivada gilam kombinati qurildi. Hozir O’zbekistonda 4 ta yirik kombinat, 30-dan ortiq yigruv-tikuv fabrikasi ishlab turibdi. Keyingi paytlarda chet el firmalari bilan (AQSh, Turkiya, Italiya, Pokiston, Hindiston, Koreya va boshqalar) birga qo’shma korxonalar tashkil etildi va etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |