9-sinf
Fan: " Iqtisodiy bilim asoslari"
9-sinf. ( 1 – dars).
Mavzu: Tadbirkorlik.
Maqsadi: O’quvchilarda tadbirkorlikning iqtisodiyotdai roli va unin xususiyatlari haqida bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlariga erishish:
Vazifalari:
tadbirkorlik haqida tuchunchaga ega bo`lish va uning xususiyatlarini sanay olish;
tadbirkorlikning bozor iqtisodiyotidagi rolini aniqlash;
biznes g’oya va biznes rejani tadbirkorlik faoliyatidagi ahaiyatini tushunib yetish.
Dars jarayonida egallashlari lozim bo`lgan asosiy atamalar:
tadbirkorlik;
biznes g'oya;
tadbirkorlar;
tijorat;
moliyaviy tadbirkorlik;
vositachilik;
sug’urta.
Darsga tayorgarlik va darsga kerakli bo’lgan vosutalar;
Vositalar; darslik, Yer solig’i aks etgan fotolar (1-ilova).
Sinf tayorgarligi: Dars jarayoniga guruxni shakllantirish, sinf partalarini joylashtirish va stol ustiga zavod, soliqchi, bank, magazin, er rasmlari aks etgan kartochkalar qo’yiladi.
Darsning turi: yangi mavzuni bayon etish;
Darsda qollanilgan metodlar; guruhlar bilan ishlash, ko’rsatish, suhbat;
Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni esga solish;
|
4 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni yoritish:
a) guruhda ishlash - 6 daqiqa
b) taqtimot - 15 daqiqa
c) umumlashtirish - 4 daqiqa
|
25 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
6 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash va baholash
|
5 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism;
O’quvchilar sinfga kirishadi ularning har biriga stol ustidagi rasmlar aks etgan kartochkalar olish tavsiya etiladi va rasmlar bo’yicha stolga o’tirish kerakligi aytiladi
II. O’tilgan mavzular haqida suhbatlashish.
1.Iqtisodiyot fani nimani o’rganadi? Javobi; (Odamlarning iqtisodiy ne’matlarni yaratish jarayonidagi faoliyatini va o’zaro munosabatlarini o’ranadigan fan).
2. Ishlab chiqarish deganda nimani tushunasiz? Javobi; (Inson ehtiyojlarini qondirish maqsadida iqtisodiy ne’matlar yaratish jarayoni ).
3. Kapital resurslar deganda nimani tushunasiz? Javobi; (inson tomonidan yaratilgan varatilgan va boshqa mahsulot turlarini yaratishga jalb etiladigan resurslar).
4. Mehnat resurslari deganda nimani tushunasiz? Javob:(mehnat qilishga layoqatli kishilar, ularning bilimi, ish tajribasi va mehnat mahorati).
III. Sizlar bilan, Iqtisodiyot bilan tanishuv va cheklanganlik muammosi haqida bilimlarimizni eslab oldek.
IV. Yangi mavzu:Tadbirkorlik
Mavzuning bayon qilish rejasi:
1). Tadbirkorlik va uning xususiyatlari.
2).Tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi roli.
3). Tadbirkorlik nimadan boshlanadi.
4).Tadbirkorlik faoliyati turlari
(Matnlar ilova qilinadi).
5).Yangi mavzuni guruxlardagi o’quvchilar mustaqil o’qish orqali amalga oshiriladi.
Guruxlarga:
Tadbirkorlar.
Sohibqiron Amir Temurning tadbirkorlik haqida.
Sug’urta.
Foydalanish uchun matnlar.
Mavzular yozilgan kartochkalar har bir guruxlarga tarqatiladi.
Guruxlarga quyidagi topshiriqlar beriladi:
1.Mavzuni o’qib chiqing.
2.Mavzuni bir- biringizga so’zlab bering.
3.Matnga oid tayanch so’zlarni ajrating.
4.Sinfda taqdimot qilish tayorgarligi, gurux ishi uchun (6 daqiqa) vaqt ajratiladi.
6).Curuxlarning ishlash jarayonini o’quvchilarning ishtiroki kuzatib boriladi va kerak bo’lgan joylarga ko’rsatmalar beriladi.
7).Curuxlarning taqdimoti. (15 daqiqa).
Curuxlarning taqdimot qilish jarayonida o’quvchilar tinglaydilar va savol berishi aytiladi.
8).O’qituvchi tomonidan mavzular umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilinadi.
V. Mustahkamlash.
O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha qo’yidagi jadvalni to’ldirish topshiriladi.
Muammoning turi
|
Muammoni kelib chiqish
sabablari
|
Muammoni echish yo’llari va sizning harakatlaringiz .
|
|
|
|
VI. O’quvchilar bilimini baholash.
Topshiriqni bajarish uchun atamalarga mos kelgan talqinlarni qo’ying.
Atamalar:
Tadbirkorlik;
Tadbirkorlar;
Biznes reja;
Tijorat;
Moliyaviy tadbirkorlik;
Vositachilik;
Sug’urta.
Talqinlar;
1.Turli xil kutlmagan holatlar natijasida yuzaga keladigan moliyaviy muammolardan muhofaza qilish faoliyati.
2. xaridor va sotuvchini o’zaro uchrashtirib, tovar oldi – sotdi jarayonlarini tezlashtirishga qaratilgan faoliyat.
3. pul va qimmatli qo’ozlar oldi – sotdisi bilan bo’liq faoliyat.
4. tovarni sotib olib, so’n boshqaga sotishdan iborat tadbirkorlik faoliyati.
5. biznes g’oyani amalga oshirish maqsadida qilinishi zarur bo’lgan, o’zaro muvofiqlashtirilgan xatti – harakatlar.
6. foyda oish maqsadida ishlab chiqarish resurslaridan tovar va xizmatlar yaratish uchun tavakkalchilikni zimmasiga oladigan kishilar.
7. kishilarning foyda olish maqsadida, tavakkalchilik asosida, o’z mablag’I, mulki, bilimi va imkoniyatlarini ishga solib, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish faoliyati.
Topshiriqlarning to’g’ri javoblari doskaga ilib qo’yilib, o’quvchilar nechta topshiriqni to’g’ri bajarganlarini so’rash va ularning dars jarayonidagi faoliyatini hisobga olgan holda baho e’lon qilinadi.
VII. Uyga vazifa:
Har bir o’quvchi o’z oilasining yil davomida to’laydigan soliq so’mmasini hisoblab keling.
Foydalanish uchun matnlar.
1. Tadbirkorlik deganda, kishilarning foyda olish maqsadida, o’z mablag’lari, mulki, bilim va imkoniyatlarini ishga solib tovar, xizmatlar ishlab chiqarish faoliyati tushuniladi.
Tadbirkorlikni ishbilarmonlik yoki biznes deb ham atashadi.Bunday faoliyat bilan shug’ullanganlarni ishbilarmonlar, tadbirkorlar yoki biznesmenlar ham deyishadi.
Tadbirkorlik faoliyati kishidan:
Boshlang’ich mulk va mablag’ni ishga solishni;
Erkin iqtisodiy faoliyat yuritishni;
Foyda olishga intilish;
Mehnatsevarlik va g’ayratchanlik;
Barcha iqtisodiy mas’uliyatni zimmaga olib tavakkal qilish;
Halol ish yuritish va qonunlarga rioya qilish;
Halol raqobatga qatnashish.Tadbirkor yuqoridagi tashabbuskorlik va barcha mas’uliyatlarni zimmasiga olib tavakkal qilish fazilatlariga ega bo’lmasa tadbirkorlik qila olmaydi.Sababi shu fazilatlari orqaligina biror ishga qo’l urishi mumkin.
Tadbirkor halol ish yuritish va qonunlarga rioya qilish, halol raqobatda qatnashish kabi qo’shimcha fazilatlargayega bo’lishi, unga rioya qilish bilan davlat, sheriklari hamda mijozlari oldidagi majburiyatlarini o’z vaqtida bajaradi, ular oldida hurmati, nufuzi oshadi.
Yuqorida keltirilgan tadbirkorlikka xos fazilatlari.
2. Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan faoliyatdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik – tabiiy, capital va mehnat omillari bilan bir qatorda ishlab chiqarishning asosiy omiliga aylanadi. Chunki, ishlab chiqarishning xuddi shu tadbirkorlik omili, qolgan uch omilini birlashtirish imkonini beradi.Tadbirkorlik jamiyat uchun kerak, chunki bu faoliyat natijasida yangi, qo’shimcha ish joylari yaratiladi. Tadbirkorlik nafaqat iste’molchilar uchun, balki davlat uchun ham zarur va foydali faoliyatdir.Davlat tadbirkorlikka keng yo’l ochib berishi bilan aholini ishga joylash, keng iste’mol tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlash vazifasini, ma’lum ma’noda, o’zidan soqit qiladi. Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan soliqlar hisobiga davlat xazinasi boyiydi. Shu bois, davlat tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab – quvvatlaydi.
3. Tadbirkorlik biznes g’oyadan boshlanadi. Beznes g’oyaning qanchalik to’g’ri tanlangani – biznes muvaffaaqiyatining eng asosiy va boshlang’ich omillaridan biri hisoblanadi.Besnes reja – biznes g’oyani amalga oshirish maqsadida bajarish zarur bo’lgan, o’zaro muvofiqlashtirilgan xatti – harakatlar dasturidan iborat hujjat.
Biznes reja, birinchi navbatda, tadbirkorning o’zi uchun muhim.
Biznes reja:
- korxonaning qisqacha tavsifi;
- ishlab chiqariladigan tovar yoki xizmatning tavsifi;
- ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish tamoyillari;
- ishlab chiqarish xarajatlari, tushum, rejalashtirilgan foyda va uning taqsimoti;
- ishlab chiqariladigan tovar yoki xizmat bozorining tahlili;
- yakuniy xulosalar kabi ma’lumotlar beriladi.
4. Tadbirkorlar deyarli hamma iqtisodiy baoliyat turlari bilan shug’llanishadi. Tadbirkorlik faoliyatining mazmunidan kelib chiqib, uni quyidaci turlarga ajratish mumkin: ishlab chiqarish; tijorat; moliyaviy tadbirkorlik; vositachilik; sug’urta.
Ishlab chiqarish faoliyatiga asoslangan tadbirkorda ishlab chiqarishning tabiiy, kapital va mehnat omillari birlashib harakatga keladi. Tadbirkor ishlab ishlab chiqarish vositalari – yer, bino, inshoot, asbob – uskunalar, xomashyoni sotib oladi, ishchi xodimlarni yollaydi. Turli xildagi tovarlar ishlab chiqaradi va iste’molchilarga sotadi.
Tadbirkorlikning tijorat turi bilan shug’ullanuvchilar tovarlarni sotib olishadi, so’ng esa boshqalarga sotishadi. Bu holda tovarning sotilish narxi, uning xarid narxidan yuqori bo’ladi. Narxlar o’rtasidagi farq tadbirkorlik foydasi sifatida tadbirkor tomonidan o’zlashtiriladi.
Tadbirkorlikning bu turi tijoratga o’xshab ketadi. Faqat moliyaviy tadbirkorlikda Tovar oldi- sotdisi o’rniga pul va qimmatli qog’ozlar oldi – sotdisi amalgam oshiriladi. Pul mablag’lari qarzga beriladi. Chet el valutalari, aksiya va boshqa qimmatli qog’ozlar sotib olinadi va sotiladi.
Ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi o’zaro aloqalar vositachilar yordamida osonlashganini va tezlashganligini ko’ramiz. Vositachilar qanday tovar qaerda, qanday narxda sotilayoyganligi haqida ma’lumotga ega bo’ladilar. Ma’lumot esa pul turadi. Bunday tadbirkorlar “baxtli tasodif”ni kutib yashaydi. Ko’p hollarda, ma’lum pul mablag’iga ega bo’lgan xuddi shu tadbirkorlardan kelgusida tovar ishlab chiqaruvchilar yetishib chiqadi.
Tadbirkorlikning sug’urta turi hozirda keng tarqalgan. Sug’urta faoliyat bilan yuqori mavqega ega bo’lgan tadbirkorlar shug’ullanadi, chunki u katta boshlang’ich mablag’ni talab qiladi. Tadbirkor turli xil kutilmagan holatlarda ko’riladigan zararni qoplashga ma’lum haq evaziga kafolat beradigan shaxs sifatida faoliyat ko’rsatadi.
5.Hozirgi kunda Respublikamiz Prezidetining tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini qo’llab-quvvatlashga, ularning mustaqil faoliyatiga turli aralashuvlarni cheklash, ularga keng yo’l ochib berishga qaratilgan bir qator farmon va qarorlari mavjud.
Erkin bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurishni maqsad qilib qo’ygan ekanmiz, bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyili iqtisodiyotning siyosatdan holi ekanligi, davlatning bosh islohatchi bo’lishi, qonun ustuvorligi, kucli ijtimoyi seyosatning o’rnatilishi, islohatlarni tadrijiy asosda bosqichma – bosqich amalgam oshirish prinsiplari asosida bozor iqtisodiyotining rivojlanishining huquqiy negizlari yaratiladi.
Islohatlarning keyingi bosqichida “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risidagi”, “Xususiy korxona to’g’risida”gi, “Valyutani tartibga solish to’g’risidagi”, “Tashqi iqtisodiy faoliyati to’g’risidagi”, “Fermer xo’jalik solish to’g’risida” gi Qonunlar, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi va iqtisodiyotni isloh qilish bo’yicha umumiy hisobda 400 dan jiyod qonun hujjatlari ishlab chiqilib qabul qilindi.
Davlatimiz rahbari o’tgan davrda mazkur sohada olib borilgan ishlarni sarhisob qilgan holda bozor iqtisodiyotining negizi hisoblangan xususiy mulkka nisbatan davlat tomonidan berilayotgan asosiy kafolatlarni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni aytib o’tdi.
- “Xususiy mulkni himoy qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g’risidagi”gi, “tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib – qoidalari to’g’risida”gi Qonunlarning loyihalari ishlab chiqildi.
9-sinf. ( 13 – dars).
Mavzu: Bank tizimi.
Maqsadi: O’quvchilarda banklarning iqtisodiyotdagi o’rni haqida bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlariga erishish:
Vazifalari:
Banklarning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyatini tushunish;
mamlakatimiz bank tizimi haqida tasavvurga ega bo’lish;
markaziy va tijorat banklarini bir – biridan farqlay olish;
har bir insonning bank tizimidagi mehnatdagi halolligi.
Dars jarayonida egallashlari lozim bo`lgan asosiy atamalar:
Bank;
markaziy bank;
tijorat bank;
depozit;
kredit;
kredit foizi;
kreditning yillik foiz stavkasi.
Darsga tayorgarlik va darsga kerakli bo’lgan vosutalar;
Vositalar; darslik, O’zbekiston banklari aks etgan fotolar (1-ilova).
Sinf tayorgarligi: Dars jarayoniga guruxni shakllantirish, sinf partalarini joylashtirish va stol ustiga tadbirkor, soliqchi, bank, magazin, er, vositachi rasmlari aks etgan kartochkalar qo’yiladi.
Darsning turi: yangi mavzuni bayon etish;
Darsda qollanilgan metodlar; guruhlar bilan ishlash, ko’rsatish, suhbat;
Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni esga solish;
|
4 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni yoritish:
a) guruhda ishlash - 6 daqiqa
b) taqtimot - 15 daqiqa
c) umumlashtirish - 4 daqiqa
|
25 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
6 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash va baholash
|
5 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism;
O’quvchilar sinfga kirishadi ularning har biriga stol ustidagi rasmlar aks etgan kartochkalar olish tavsiya etiladi va rasmlar bo’yicha stolga o’tirish kerakligi aytiladi
II. O’tilgan mavzular haqida suhbatlashish.
1. Davlat budjeti deb nimaga aytiladi? Javobi; (Davlatning bir yillik daromadlari va xarajatlari rejalashtirgan asosiy moliyaviy hujjati).
2. Boj deganda nimani tushunasiz? Javobi; ( davlat tomonidan ko’rsatiladigan ba’zi bir xizmatlar uchun to’g’ridan to’g’ri to’lanadigan haq).
3. Budjet kamomadi deb nimaga aytiladi? Javobi; ( davlat xarajatlari daromadidan ko’p bo’lgan holatdagi, xarajatlar va daromadlar orasidagi farq).
4. Davlat qarzi deb nimaga aytiladi ? Javob:( yillar davomida yig’ilib qolgan budjet kamomadining jami miqdori).
III. Sizlar bilan, Davlat budjeti haqida bilimlarimizni eslab oldek.
IV. Yangi mavzu: Bank tizimi
Mavzuning bayon qilish rejasi:
1). Banklarning iqtisodiyotdagi o’rni.
2). Bank tizimi.
3).Tijorat banklari.
4). Kredit foizi va stavkasi.
(Matnlar ilova qilinadi).
5).Yangi mavzuni guruxlardagi o’quvchilar mustaqil o’qish orqali amalga oshiriladi.
Guruxlarga:
Banklar qanday vazifani bajaradi?
Mamlakatimizning bank tizimi qanday tuzilgan?
Kredit, kredit foizi, foiz stavkasi nima?
Foydalanish uchun matnlar.
Mavzular yozilgan kartochkalar har bir guruxlarga tarqatiladi.
Guruxlarga quyidagi topshiriqlar beriladi:
1.Mavzuni o’qib chiqing.
2.Mavzuni bir- biringizga so’zlab bering.
3.Matnga oid tayanch so’zlarni ajrating.
4.Sinfda taqdimot qilish tayorgarligi, gurux ishi uchun (6 daqiqa) vaqt ajratiladi.
6).Curuxlarning ishlash jarayonini o’quvchilarning ishtiroki kuzatib boriladi va kerak bo’lgan joylarga ko’rsatmalar beriladi.
7).Curuxlarning taqdimoti. (15 daqiqa).
Curuxlarning taqdimot qilish jarayonida o’quvchilar tinglaydilar va savol berishi aytiladi.
8).O’qituvchi tomonidan mavzular umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilinadi.
V. Mustahkamlash.
O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha qo’yidagi jadvalni to’ldirish topshiriladi.
Muammoning turi
|
Muammoni kelib chiqish
sabablari
|
Muammoni echish yo’llari va sizning harakatlaringiz .
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |