Iqtisodiy bilim asoslaridan



Download 151,57 Kb.
bet1/8
Sana23.12.2019
Hajmi151,57 Kb.
#31406
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8 9 sinflar uchun iqtisodiy bilim as


Aim.Uz

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI


IQTISODIY BILIM ASOSLARIDAN

8 - 9- SINFLAR UCHUN DARS ISHLANMALARI.

Tuzuvchi: X.Xotamova.

TOSHKENT – 2011 y


Iqtisodiy bilim asoslari fanidan “Cheklanganlik muammosi” mavzusidan il-ilg’or pedtexnologiya bo’yicha tayyorlangan dars ishlanmasining Texnologik xaritasi

Darsning mavzusi


Cheklanganlik muammosi

Maqsad, vazifalari

  1. O’quchilarga cheklanganlik muammosining mohiyatini va iqtisodiyotga ta’siri haqida tushuncha berish.

  2. O’quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg’otish ularda bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.

O’quv jarayonining mazmuni.



Cheklanganlik muammosi cheksiz ehtiyojlar va cheklangan resurslar o’rtasidagi nomutanosiblik va cheklangan resurslardan qay tarzda foydalanish insonning

ma’naviyatiga ham bog’liqligi haqida.




O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi



Metod: “Tushuncha tahlili” uslubi. Aqliy hujum. Og’zaki bayon qilish.

Forma: Kichik guruhlarda ishlash. Yakka tartibda ishlash.

Vosita: Tarqatma materballar. Tayanch tushunchalar ro’yxati, qalam (yoki ruchka) slayd.

Usul: Yozma materiallar;

Nazorat: Og’zaki nazorat, yozma javoblar.

Baholash: Rag’batlantirish, 5 balli tizim asosida.


Kutiladigan natijalar

  1. O’quvchilarning bilimi, faolligini oshirish.

  2. O’quvchilarni bilimi, faolligini oshirish.

3. O’quvchilarni darsga qiziqishi ortadi.

4. Mustaqil va jamoa bo’lib, ishlashga o’ranadi.

5. O’z- o’zini nazorat qilishga o’rganadi.


Kelgusi rejalar (tahlili., o’zgarishlar).



O’qutuvchi.

O’z ustida mustaqil ishlash.

Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish.

Pedagogik mahoratini yanada oshirish.

O’quvchi.

Mustaqil ishlashni o’rganadi.

Qo’shimcha materiallar topadi.



8-sinf .
Fan: " Iqtisodiy bilim asoslari"

8-sinf. ( 3 – dars).

Mavzu: Cheklanganlik muammosi.

Maqsadi: O’quvchilarda cheklanganlik muammosi mavzusidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlariga erishish:

Vazifalari:

- ehtiyojlarni farqlay olish;

- inson ehtiyojlarinini poyoni yo`qligiga tushunib yetish;

- resurslarning cheklanganliini asoslay olish;

- iqtisodiyotning asosiy muammosi mohiyatiga tushunib yetish;

- o’quvchilarni mustaqil ishlashga, mehnat qilishda halollik, tog’ri taqsimlash, mehnatsevarlik xususiyatlari shakllanadi.

Dars jarayonida egallashlari lozim bo`lgan asosiy atamalar:

Ehtiyoj;


Iqtisodiy resurslar;

Erkin ne’matlar;

Iqtisodiy ne’matlar;

Cheklaganlik muammosi;



Darsga tayorgarlik va darsga kerakli bo’lgan vosutalar;

1.Vositalar; darslik, cheklanganlik muammosi aks etgan slaydalar.(1-ilova).



1.Sinf tayorgarligi: Dars jarayoniga guruxni shakllantirish, sinf partalarini joylashtirish va stol ustiga fabrika, zavod, bank, menejer, tadbirkor, tovar rasmlari aks etgan kartochkalar qo’yiladi.



Darsning turi: yangi mavzuni bayon etish;

Darsda qollanilgan metodlar; kichik guruhlar bilan ishlash, ko’rsatish, suhbat;

Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:



1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni esga solish;

4 daqiqa

3

Yangi mavzuni yoritish:

a) guruhda ishlash - 6 daqiqa

b) taqtimot - 15 daqiqa

c) umumlashtirish - 4 daqiqa



25 daqiqa


4

Yangi mavzuni mustahkamlash

6 daqiqa

5

Darsga yakun yasash va baholash

5 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa



Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism;
O’quvchilar sinfga kirishadi ularning har biriga stol ustidagi rasmlar aks etgan kartochkalar olish tavsiya etiladi va rasmlar bo’yicha stolga o’tirish kerakligi aytiladi

II. O’tilgan mavzular haqida suhbatlashish.

1. Iqtisodiyot deganda nimani tushunasiz? Javobi; (Insonning hayot kechirishi uchun zarur ne’matlarni yaratishga qaratilgan xo’jalik yuritish tizimi).

2.Mikroiqtisodiyot deb nimaga aytiladi? Javobi; (alohida olingan oila, korxona va tarmoq iqtisodiyotini o’ranadi ).

3.Makroiqtisodiyot deb nimaga aytiladi? Javobi; (Mamlakat miqyosidagi iqtisodiyotni o’rganadi).

4.Iqtisodiy jarayon bosqichlari? Javob:(ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol ).

III. Sizlar bilan, iqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot haqida bilimlarimizni eslab oldek.

IV. Yangi mavzu: Cheklanganlik muammosi.

Mavzuning bayon qilish rejasi:


  1. Iqtisodiyotning asosiy muammosi;

  2. Cheklanganlik muammosi /

Yangi mavzuni guruxlardagi o’quvchilar mustaqil o’qish orqali amalga oshiriladi.

Guruxlarga:



  1. Iqtisodiyotning asosiy muammosi haqida ma’lumot beriladi;

  2. Cheklanganlik muammosi.

Foydalanish uchun matnlar.

Mavzular yozilgan kartochkalar har bir guruxlarga tarqatiladi.

Guruxlarga quyidagi topshiriqlar beriladi:

1.Mavzuni o’qib chiqing.

2.Mavzuni bir- biringizga so’zlab bering.

3.Matnga oid tayanch so’zlarni ajrating.

4.Sinfda taqdimot qilish tayorgarligi, gurux ishi uchun (6 daqiqa) vaqt ajratiladi.

5).Curuxlarning ishlash jarayonini o’quvchilarning ishtiroki kuzatib boriladi va kerak bo’lgan joylarga ko’rsatmalar beriladi.

6).Curuxlarning taqdimoti. (15 daqiqa).

Curuxlarning taqdimot qilish jarayonida o’quvchilar tinglaydilar va savol berishi aytiladi.

7).O’qituvchi tomonidan mavzular umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilinadi.

V. Mustahkamlash.

O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha qo’yidagi jadvalni to’ldirish topshiriladi.




Muammoning turi

Muammoni kelib chiqish

sabablari



Muammoni echish yo’llari va sizning harakatlaringiz .

  1. Cheklanganlik muammosi.

.










VI. O’quvchilar bilimini baholash.

Topshiriqni bajarish uchun atamalarga mos kelgan talqinlarni qo’ying.

Atamalar:


  1. Iqtisodiyot

  2. Cheklanganlik muammosi;

  3. Iqtisodiy ne’matlar;

  4. Erkin ne’matlar;

  5. Iqtisodiy resurslar;

  6. Ehtiyoj.

Talqinlar;



  1. Insonning muayyan sharoitida yashashi va kamol topishi uchun zarur bo’lgan narsalarga muhtojligi ;

  2. Mahsulot va xizmatlar yaratish uchun asqotadigan barcha narsalar;

  3. Insonga tabiat in’om etan tekin ne’matlar;

  4. Inson iqtisodiy faoliyati orqali yaratiladigan ne’matlar;

  5. Cheksiz ehtiyojlar va cheklangan reurslar o’rtasidai nomutanosiblik;

  6. Insonning hayot kechirishi uchun zarur ne’matlarni yaratishga qaratilgan xo’jalik yuritish tizimi.

VII. Uyga vazifa:

Har bir o’quvchi oilasining ehtiyojini o’rganib kelsin.


Foydalanish uchun materiallar.

1- guruh: - Bu rasmda tadbirkor tasvirlangan. Uning yengil avtomobilga, uyali telefon aloqasiga, firma tuzishga, firma ofisiga, biznes dunyosida kechayotgan o’zgarishlar va ma’lumotlarga, obro’ga ega bo’lish va hokazo ehtiyojlari bo’lishi mumkin.

2- guruh: Bu fermer – sohibkor. Uning yuk avtomobiliga, bog’dagi meva daraxtlarini parvarish qilish bilan bo’liq turli xil traktor mexanizmlarga, texnikaa, yer maydoni, suv, mineral o’g’it va boshqa xomashyolarga, mehnat qurollariga, bevosita mehnat qilishga, dehqon – fermer xo’jaligini tuzishga, yollanma mehnat kuchlariga, ishchi - fermer xo’jaligini tuzishga, yollanma mehnat kuchlariga, ishchi – xodimlarga ehtiyoji bor.

Shu o’rinda quyidagi ma’lumotni berib o’tish tavsiya etiladi:

” Ehtiyojlar shaxsiy, oilaviy, ijtimoiy kabi turlarga bo’linishi bilan birga, ularni qanday tovarlar yoki xizmatlardan tarkib topganiga qarab hyam sinflarga ajratish mumkin.


  1. Moddiy ehtiyojlar: Oziq – ovqatlar, kiyim – kechaklar, uy – joylar, yashash uchun zarur bo’lgan jihozlar va h.k....”

  2. Ma’naviy ehtiyozlar: bilim olishga, kitob va gazeta o’qish , radio eshitish, odamlar bilan muloqatda bo’lishi.

Tabiatdagi jami resurslar chegaralangan.

Iqtisodiy resurslar miqdori chegaralanganliidan insonnin hamma ehtiyojlarini to’la qondirishning imkoniyati yo’q. Iqtisodchilar bu muammoni cheklanganlik muammosi deyishadi.

Iqtisodiyotning fan sifatidagi eng asosiy vazifasi cheklangan resurslardan oqilona foydalanib, cheksiz, poyoni yo’q ehtiyojlarni imkon qadar ko’proq qondirish va oqilona xo’jalik yuritish yo’l – yo’riqlarini o’ranishdir.

Iqtisodiy bilim asoslari fanidan “Bozor va uning turlari” mavzusidan il-ilg’or pedtexnologiya bo’yicha tayyorlangan dars ishlanmasining Texnologik xaritasi



Darsning mavzusi

Bozor va uning turlari

Maqsad vazifalari

  1. O’quvchilarga bozorning inson hayotidagi roli haqida tushuncha berish.

2. O’quvchilarda bozor haqida qiziqish uyg’otish va ularda mavzua nisbatan bilim , ko’nikmalarni shakllantirish.



O’quv jarayonining mazmuni



Bozor - sotuvchi va xaridorlar oldi – sotdi jarayonini amalga oshirish uchun

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.



Metod: “Tushuncha tahlili” uslubi. Aqliy hujum. Og’zaki bayon qilish.

Forma: Kichik guruhlarda ishlash. Yakka tartibda ishlash.

Vosita: Tarqatma materballar. Tayanch tushunchalar ro’yxati, qalam (yoki ruchka) slayd.

Usul: Yozma materiallar;

Nazorat: Og’zaki nazorat, yozma javoblar.

Baholash: Rag’batlantirish, 5 balli tizim asosida.


Kutiladigan natijalar

  1. O’quvchilarning bilimi, faolligini oshirish.

  2. O’quvchilarni bilimi, faolligini oshirish.

3. O’quvchilarni darsga qiziqishi ortadi.

4. Mustaqil va jamoa bo’lib, ishlashga o’ranadi.

5. O’z- o’zini nazorat qilishga o’rganadi.


Kelgusi rejalar (tahlili., o’zgarishlar).



O’qutuvchi.

O’z ustida mustaqil ishlash.

Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish.

Pedagogik mahoratini yanada oshirish.

O’quvchi.

Mustaqil ishlashni o’rganadi.

Qo’shimcha materiallar topadi.



8-sinf .

Fan: " Iqtisodiy bilim asoslari"

8-sinf. ( 9 – dars).

Mavzu: Bozor va uning turlari



Maqsadi: O’quvchilarda bozor va uning turlari mavzusidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlariga erishish:

Vazifalari:

    • bozorni keng ma’noda tushunish;

    • bozorning vazifalarini sanab ko’rsatish;

    • bozorning iqtisodiyotdagi o’rnini anglab yetish.

Dars jarayonida egallashlari lozim bo`lgan asosiy atamalar:

Pul;


Ayirboshlash;

Tovar;


Sotuvchi;

Xaridor;


Oldi – sotdi jarayoni;

Bozor;


Iste’mol tovarlari bozori;

Tovar birjasi

Ishlab chiqarish vositalari bozori;

Mehnat birjasi;

Qimmatbaho qog’oz ;

Fond birjasi;

Moliya bozori;

Intellektual tovarlar bozori.



Darsga tayorgarlik va darsga kerakli bo’lgan vosutalar;

Vositalar; darslik, Bozor va uning turlari aks etgan slaydalar.(1-ilova).



  1. Sinf tayorgarligi: Dars jarayoniga guruxni shakllantirish, sinf partalarini joylashtirish va stol ustiga oila, bozor, do’kon, menejer, tadbirkor, tovar rasmlari aks etgan kartochkalar qo’yiladi.



Darsning turi: yangi mavzuni bayon etish;

Darsda qollanilgan metodlar; guruhlar bilan ishlash, ko’rsatish, suhbat;

Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:



1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni esga solish;

4 daqiqa

3

Yangi mavzuni yoritish:

a) guruhda ishlash - 6 daqiqa

b) taqtimot - 15 daqiqa

c) umumlashtirish - 4 daqiqa



25 daqiqa


4

Yangi mavzuni mustahkamlash

6 daqiqa

5

Darsga yakun yasash va baholash

5 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa



Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism;

O’quvchilar sinfga kirishadi ularning har biriga stol ustidagi rasmlar aks etgan kartochkalar olish tavsiya etiladi va rasmlar bo’yicha stolga o’tirish kerakligi aytiladi



II. O’tilgan mavzular haqida suhbatlashish.

1.Qog’oz pullar qachon paydo bo’lgan ? Javobi; (Birinchi qog’oz pullar 812 – yilda Xitoyda zarb qilingan, keyinchalik esa boshqa davlatlarda ham chiqarila boshlangan).

2. Pulning vazifalari nimadan iborat? Javobi; ( Pul bu muomala vositasidir. Pul yordamida tovarlar pulga ayirboshlanadi. Natijada tovar – pul almashuvi amalga oshriladi. Ikkinchidan, pul bu tovar qiymatining o’lchov vositasidir ).

3.Elektron pullar deanda nimani tushunasiz ? Javobi; (Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi natijasida hozirda plastik kartochkalar ko’rinishidai elektron pullar ham to’lov vositasi qo’llanilmoqda. Plastik kartochkalar pulning zamonaviy ko’rinishidir. )

4. ”Pul – bu qo’lning kiri”, ”Pulning bo’lsa, changalda sho’rva” kabi iboralaraga o’z munosabatingizni bildiring?

III. Sizlar bilan, ” Ayirboshlash va pul” haqida bilimlarimizni eslab oldek.

IV. Yangi mavzu: Bozor va uning turlari.

Mavzuning bayon qilish rejasi:

1).Bozor va uning vazifalari bo’yicha ma’lumot berish.

2). Bozor turlari.

Yangi mavzuni guruxlardagi o’quvchilar mustaqil o’qish orqali amalga oshiriladi.

Guruxlarga:

1.Iste’mol tovarlari bozori.

2. Ishlab chiqarish vositalari bozori.

3. Mehnat bozori.

4.Moliya bozori.

5. Intellektual tovarlar bozori.

Foydalanish uchun matnlar.
Mavzular yozilgan kartochkalar har bir guruxlarga tarqatiladi.

Guruxlarga quyidagi topshiriqlar beriladi:

1.Mavzuni o’qib chiqing.

2.Mavzuni bir- biringizga so’zlab bering.

3.Matnga oid tayanch so’zlarni ajrating.

4.Sinfda taqdimot qilish tayorgarligi, gurux ishi uchun (6 daqiqa) vaqt ajratiladi.

5).Curuxlarning ishlash jarayonini o’quvchilarning ishtiroki kuzatib boriladi va kerak bo’lgan joylarga ko’rsatmalar beriladi.

6).Curuxlarning taqdimoti. (15 daqiqa).

Curuxlarning taqdimot qilish jarayonida o’quvchilar tinglaydilar va savol berishi aytiladi.

7).O’qituvchi tomonidan mavzular umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilinadi.



V. Mustahkamlash.

O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha qo’yidagi jadvalni to’ldirish topshiriladi.




Muammoning turi

Muammoni kelib chiqish

sabablari



Muammoni echish yo’llari va sizning harakatlaringiz .

Bozordagi mahsulotlarning sifatsizligi.









VI. O’quvchilar bilimini baholash.

Topshiriqni bajarish uchun atamalarga mos kelgan talqinlarni qo’ying.

Atamalar:

1. Oldi – sotdi jarayoni;

2.Bozor;

3. Iste’mol tovarlari bozori;

4.Tovar birjasi

5.Ishlab chiqarish vositalari bozori;

6.Mehnat birjasi;

7.Qimmatbaho qog’oz ;

8. Fond birjasi;

9. Moliya bozori;

10. Intellektual tovarlar bozori.


Talqinlar;

a). Aqliy mehnat mahsuli bo’lgan tovarlar oldi – sotdi jarayoni amalga oshriladigan bozor;

b).Pul va qimmatli qog’ozlar oldi – sotdi jarayonlari amalga oshriladian bozor;

s). Qimmatbaho qo’ozlar oildi - sotdisini tashkil qilish bilan shug’ullanuvchi vositachi tashkilot;

d) Ma’lum miiqdordagi mablag’ga yoki mulkka egalikni yoki ulara nisbatan munosabatni tasdiqlovchi maxsus pul ko’rinishidagi hujjat;

e) Ishchi kuchi oldi – sotdi jarayonlari amalga oshriladigan bozor;

l) Korxonalar va ish qidirib yurgan kishilar o’rtasida vositachilik faoliyatini olib boruvchi tashkilot;

m) Korxona va firmalar ehtiyojlari uchun zarur tovar hamda xizmatlar sotiladigan bozor;

k) Tovarlarni katta – katta hajmda, ulgurji ( ko’tarasiga) sotib olish va sotishni uyushtiradigan vositachi tashkilot.

VII. Uyga vazifa:

Har bir o’quvchi bozorda nima xarid qilganini hisoblab kelish.




8-sinf .

Iqtisodiy bilim asoslari fanidan “Iste’molchilarning daromadlari va xarajat turlari” mavzusidan ilg’or pedtexnologiya bo’yicha tayyorlangan dars ishlanmasining Texnologik xaritasi




Darsning mavzusi

Iste’molchilarning daromadlari va xarajat turlari.


Maqsad vazifalari

1.O’quvchilarga iste’molchilar kim ularning haq huquqi haqida tushuncha berish.

2. O’quvchilarda iste’molchilarning bozordagi xatti – harakatlari va o’zlarini tutishi haqidai bilim, ko’nikmalarni shakllantirish.





O’quv jarayonining mazmuni



Iste’molchilarning bozordagi xatti – harakatlari va o’zlarini tutish tamoyillari bilan tanishish. Iste’molchilarning asosiy daromad turlarini bilish va farqlay olish.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.



Metod: “Tushuncha tahlili” uslubi. Aqliy hujum. Og’zaki bayon qilish.

Forma: Kichik guruhlarda ishlash. Yakka tartibda ishlash.

Vosita: Tarqatma materballar. Tayanch tushunchalar ro’yxati, qalam (yoki ruchka) slayd.

Usul: Yozma materiallar;

Nazorat: Og’zaki nazorat, yozma javoblar.

Baholash: Rag’batlantirish, 5 balli tizim asosida.


Kutiladigan natijalar

1.O’quvchilarni bilimi, faolligini oshirish.

2.O’quvchilarni darsga qiziqishi ortadi.

3. Mustaqil va jamoa bo’lib, ishlashga o’rganadi.

4.O’z- o’zini nazorat qilishga o’rganadi.




Kelgusi rejalar (tahlili., o’zgarishlar).



O’qutuvchi

O’z ustida mustaqil ishlash.

Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish.

Pedagogik mahoratini yanada oshirish.

O’quvchi.

Mustaqil ishlashni o’rganadi.

Qo’shimcha materiallar topadi.


Fan: " Iqtisodiy bilim asoslari"

8-sinf. ( 13 – dars).

Mavzu: Iste’molchilarning daromadlari va xarajat turlari.



Maqsadi: O’quvchilarda iste’molchilarning daromadlari va xarajat turlari mavzusidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlariga erishish:

Vazifalari:

Oila budjetining ahamiyati;

Daromad haqida ma’lumotga ega bo’lish;

Oila daromadining ahamiyati haqida;

Oila xarajatlari to’g’ri taqsimlay olish;

Oila daromadini iqtisod qilish;

- o’quvchilarni mustaqil ishlashga, daromadga nisbatan halollik, tog’ri taqsimlash, mehnatsevarlik xususiyatlari shakllanadi.

Dars jarayonida egallashlari lozim bo`lgan asosiy atamalar:

Oila budjeti;

daromad;

ish haqi;

oylik maosh;

ishbay ish haqi;

vaqtbay ish haqi.

Darsga tayorgarlik va darsga kerakli bo’lgan vosutalar;

1.Vositalar; darslik, iste’molchilarning daromadlari va xarajat turlari aks etgan slaydalar.(1-ilova).



  1. Sinf tayorgarligi: Dars jarayoniga guruxni shakllantirish, sinf partalarini joylashtirish va stol ustiga oila, zavod, iste’molchi, menejer, tadbirkor, tovar rasmlari aks etgan kartochkalar qo’yiladi.



Darsning turi: yangi mavzuni bayon etish;

Darsda qollanilgan metodlar; guruhlar bilan ishlash, ko’rsatish, suhbat;

Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:


1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni esga solish;

4 daqiqa

3

Yangi mavzuni yoritish:

a) guruhda ishlash - 6 daqiqa

b) taqtimot - 15 daqiqa

c) umumlashtirish - 4 daqiqa



25 daqiqa


4

Yangi mavzuni mustahkamlash

6 daqiqa

5

Darsga yakun yasash va baholash

5 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa


Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism;

O’quvchilar sinfga kirishadi ularning har biriga stol ustidagi rasmlar aks etgan kartochkalar olish tavsiya etiladi va rasmlar bo’yicha stolga o’tirish kerakligi aytiladi



II. O’tilgan mavzular haqida suhbatlashish.

1. Ishlab chiqaruvchilar deganda nimani tushunasiz? Javobi; (Tovar va xizmatlarni yaratadigan korxonalar).

2.Iste’molchilar deganda nimani tushunasiz? Javobi; (yaratilgan tovar va xizmatlarni bevosita iste’mol qiluvchi yoki ulardan foydalanuvchilar. Iste’molchilar, asosan, o’z oilalari bilan hayot kechirganligi bois, ularni boshqacha oila – uy xo’jaliklari deb ham atashadi ).

3. Davlatning ahamiyati nimada? Javobi; (Bozorda davlat (hukumat) jamiyatning boshqaruv organi, tabiiy resurslar egasi sifatida alohida o’rin tutadi. Shu sabab, davlat bozorning uchunchi ishtirokchisi sifatida alohida ajratiladi. Davlat ham bir tomondan tabiiy resurslarni, davlat idoralari va mahkamalarininh xizmatlarini, turli xil davlat korxonalarida ishlab chiqarilgan tovarlarni, davlat mulkini sotsa, ikkinchi tomondan davlat korxonalari ehtiyojlari uchun bozordan tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchi sotib oladi).

4. Bozor infratuzilmalari deganda nimani tushunasiz? Javob:( Bozor vazifalarini amalga oshirishda bevosita qatnashmasdan, unga yordam beruvchi, xizmat ko’rsatuvchi korxona, tashkilot va muassasalar ).

III. Sizlar bilan, ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar, davlat, hozirga kunda mamlakatimizdagi bozor infratuzilmalarning hayotdagi o’rni haqida bilimlarimizni eslab oldek.

IV. Yangi mavzu: Iste’molchilarning daromadlari va xarajat turlari.

Mavzuning bayon qilish rejasi:

1).Iste’molchilarning daromad manbalari bo’yicha ma’lumot berish.

2).Majburiy xarajatlar.

3). Erkin xarajatlar.

4).Engel qonuni.

Yangi mavzuni guruxlardagi o’quvchilar mustaqil o’qish orqali amalga oshiriladi.

Guruxlarga:

1.Iste’molchilarning daromad manbalari bo’yicha ma’lumot berish.

2. Majburiy xarajatlar.

3. Erkin xarajatlar.

4. Engel qonuni.
Foydalanish uchun matnlar.

Mavzular yozilgan kartochkalar har bir guruxlarga tarqatiladi.

Guruxlarga quyidagi topshiriqlar beriladi:

1.Mavzuni o’qib chiqing.

2.Mavzuni bir- biringizga so’zlab bering.

3.Matnga oid tayanch so’zlarni ajrating.

4.Sinfda taqdimot qilish tayorgarligi, gurux ishi uchun (6 daqiqa) vaqt ajratiladi.

5).Curuxlarning ishlash jarayonini o’quvchilarning ishtiroki kuzatib boriladi va kerak bo’lgan joylarga ko’rsatmalar beriladi.

6).Curuxlarning taqdimoti. (15 daqiqa).

Curuxlarning taqdimot qilish jarayonida o’quvchilar tinglaydilar va savol berishi aytiladi.

7).O’qituvchi tomonidan mavzular umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilinadi.

V. Mustahkamlash.

O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha qo’yidagi jadvalni to’ldirish topshiriladi.




Muammoning turi

Muammoni kelib chiqish

sabablari



Muammoni echish yo’llari va sizning harakatlaringiz .

1.Iste’molchilarning o’z huquqlarini bilmasligi.











VI. O’quvchilar bilimini baholash.

Topshiriqni bajarish uchun atamalarga mos kelgan talqinlarni qo’ying.

Atamalar:

1. Oila budjeti



  1. Daromad

  2. Ish haqi

  3. Oylik maosh

  4. Ishbay ish haqi

  5. Vaqtbay ish haqi

  6. Majburiy xarajatlar

  7. Erkin xarajatlar.

Talqinlar;

a). Qondirilishi birlamchi bo’lmagan ehtiyojlar uchun xarajatlar

b). Kundalik turmushda ularsiz yashab bo;lmaydigan birlamchi xarajatlar

c).Ishchiga ishlagan vaqti miqdoriga qarab to’lanadigan pul miqdori.

d). Ishchiga tayyorlagan mahsulot miqdoriga qarab to’lanadigan pul miqdori.

e). Ishchiga bir oy davomidagi mehnat faoliyati uchun qat’iy belgilangan pul miqdori.

l). Korxona tomonidan yollanib ishlayotgan xodimga bajarilgan ish uchun to’lanadigan pul.

k). Kishi (oila)ning ma’lum vaqt davomida ishlab topgan va qo’lga kiritgan barcha moddiy hamda pul tushumlari.

m). Oilaning ma’lumot davrdagi daromad manbalari va xarajatlari keltirilgan moliyaviy rejasi.

Topshiriqlarning to’g’ri javoblari doskaga ilib qo’yilib, o’quvchilar nechta topshiriqni to’g’ri bajarganlarini so’rash va ularning dars jarayonidagi faoliyatini hisobga olgan holda baho e’lon qilinadi.

VII. Uyga vazifa:

Har bir o’quvchi o’zining oila budjetini hisoblab kelish.

Foydalanish uchun matnlar..

1).Iste’molchilarning daromad manbalari bo’yicha ma’lumot berish.

Kishining ma’lum vaqt davomida (bir oyda yoki yilda) ishlab topgan va qo’lga kiritgan barcha moddiy hamda pul tushumlari daromad deb ataladi. Daromad bevosita mehnat yoki biror mulk (boylik)ni ishlatish evaziga hosil qilinishi mumkin. Bu darsda daromadning bevosita mehnat evaziga hosil qilinadigan turi haqida to’xtab o’tiladi.Ish haqi mehnat evaziga olinadigan daromad bo’lib, u iste’molchilar daromadining asosiy qismini tashkil qiladi.

Ish haqining quyidagi turlari bolishi haqida ma’lumot berish:



  • Ishchining bir oy davomidagi mehnat faoliyati uchun qat’iy belgilangan muayyan pul miqdori – oylik maosh.

  • Ishchining tayyorlagan mahsulot miqdori yoki bajargan ishiga qarab to’lanadigan pul miqdori – ishbay ish haqi.

  • Ishchining ishlagan vaqti miqdoriga qarab to’lanadigan pul miqdori – vaqtbay ish haqi:

  • Aralash ish haqi:

Davlat tashkilotlarida ishlovchilar, asosan, oylik maosh ko’rinishdagi ish haqi oladilar. Zavod va fabrikalarning ishchilariga ko’pincha ishbay ish haqi beigilanadi. O’qituvchilar, odatda, o’tgan darslari uchun vaqtbay ish haqi olishadi. Shunindek, ba’zi korxona va tashkilotlarda aralash ko’rinishda ish haqi belgilanadi, ya’ni ishchilarga qat’iy oylik maosh tayinlanishi bir qatorda, bajarilgan ish hajmiga bog’liq ravishda qo’shimcha ishbay ish haqi beriladi.

2).Majburiy xarajatlar.

- oziq –ovqat mahsulotlarini sotib olish;

- kiyim – kechak va oyoq kiyimlar sotib olish;

- uy- joydan foydalanganlik uchun to’lovlar;

- gaz, elektrik energiyasi, ko’mir, o’tin va boshqa yonilg’ilarni sotib olish;

- uy- ro’zg’or buyimlarini xarid qilish;

- uy- ro’zg’ordagi maishiy xizmatlar uchun to’lovlar;

- shasiy ehtiyoj buyumlari va xizmatlar uchun xarajatlar;

- avtomobildan foydalanish xarajatlar;

-madaniy hordiq, sayohat va dam olish xarajatlari.

3). Erkin xarajatlar.

- transport xarajatlari;

- daromad solig’i, mulk solig’i va boshqa soliq hamda majburiy to’lovlar;

- ta’lim va kasb – hunar o’rganish xarajatlari;

- uy – joy sotib olish yoki qurish xarajatlari;

- avtomobil, qimmatbaho jihozlar va buyumlar sotib olish;

- qimmatbaho qog’ozlar sotib olish;

- to’y va har xil marosimlarni o’tkazish xarajatlari;

- olingan qarzni va uning foizlarini qaytarish to’lovlari.

4). Engel qonuni.

Nemis iqtisodchi olimi Ernest Engelning ko’p yillik izlanishlari oila daromadining oshishi bilan oilaning xarajatlari tarkibi o’zgaradi, degan xulosaga olib keldi. Oila daromadlari miqdori oshganda jami xarajatlarga nisbatan oziq – ovqatga sarflanadigan xarajatlarning salmog’i kamayadi, kiyim – kechak, uy-joy va energiya manbalariga sarflanadigan xarajatlar salmog’i esa o’zgarishsiz qoladi, madaniy va nomoddiy xarajatlae salmog’i esa ortib boradi.




O’qituvchiga qo’shimcha material
Dars faollashtiruvchi savol va topshiriqni tahlil qilish bilan boshlanadi. 1-ilovada tasvirlangan 12 dona varaqchalar o`quvchilarga tarqatiladi va shunday vazifa qo`yiladi: “Aytaylik, siz varaqchada tasvirlangan tovar egasisiz. Uni xaridor yoki sotuvchi sifatida qanchaga sotgan yoki sotib olgan bo’lar edingiz? Darvoqe, 6- varaqchada qora quti tasvirlangan bo’lib, sizning tovaringiz uning ichida yotibdi”.

O’quvchilarga o’ylash uchun 2 daqiqa vaqt beriladi. So’ng navbat bilan har bir tovar sotuvchisi xaidori javoblari tinglanadi.

Har bir o’quvchidan “Narx beigilayotganingizda nimalarga e’tibor berdingiz? Sizga qanday ma’lumotlar kerak bo’lib qoldi?”, deb so’raladi. Javoblar qisqacha doskaga yozib boriladi. Savol – javoblar oxirida yakun qilinadi.

Savol – javoblar yakuni va tahlili bilan yangi mavzuni yoritish boshlanadi. Doskada savol- javoblar natijasi quyidagi jadvalda qayd qilib boriladi:



Tovar nomi

Sotuvchi bahosi

Xaridor bahosi

DVD – pleyer

Qo’l telefoni

Pentum - 4

Velosiped

Darslik

Qora quti ichidagi noma’lum tovar








Shundan so’ng sotuvchi va xaridorlar bozorga taklif qilinadilar. Ular o’rtasida 3 daqiqalik savdolashuv, oldi-sotdi jarayoni “Bozor” o’yini o’tkaziladi.

Tovarlar orasida oldi – sotdi jarayoni sodir bo’lganlari aniqlandi. Bu tovarlar xaridori va sotuvchisiga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi: “Tovarning bahosi necha so’mni tashkil qildi? Sizning har biringiz bu bahoga rozimisiz. Rozi bo’lmaganingizda nima bo’lar edi?”. Shu savol-javob natijasiga ko’ra tovarning narxi – xaridor to’lashga, sotuvchi esa sotishga rozi bo’lgan narx ekanligiga urg’u beriladi.

A. O’quvchilar e’tibori Rossiya telekanalidan har juma kuni beriladigan “ Mo’jizalar maydoni “ ko’rsatuvida qora quti yordamida sovg’a tanlash savdosiga qaratiladi. Ma’lumot yetarli bo’lmagani uchun arzimas pulga avtomobildan voz kechilgan holatlar eslatiladi.

B. “Bozor” o’yinida 6-raqamda sotuvchi va xaridor rolida ishtirok etgan o’quvchilar doskaga taklif qilinadilar. Ular nima sababdan oldi – sotdi jarayonida qatnasha olmaganliklari so’raladi. Ularga buning uchun qanday ma’lumotlar zarur bo’lgani surishtiriladi. O’quvchilar javoblari tinglanadi.

D. Shundan so’ng bozordagi narxlarning quyidagi uchta vazifasi haqida ma’lumot beriladi:

Axborot bering.

Rag’batlantirish.

8-sinf .


Download 151,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish