Iqtisodiy bilim asoslaridan

Download 151,57 Kb.
bet8/8
Sana23.12.2019
Hajmi151,57 Kb.
#31406
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8 9 sinflar uchun iqtisodiy bilim as

Darsning turi: yangi mavzuni bayon etish;

Darsda qo’llaniladigan metodlar; guruhlar bilan ishlash, ko’rsatish, suhbat;

Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni esga solish;

4 daqiqa

3

Yangi mavzuni yoritish:

a) guruhda ishlash - 6 daqiqa

b) taqtimot - 15 daqiqa

c) umumlashtirish - 4 daqiqa

25 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

6 daqiqa

5

Darsga yakun yasash va baholash

5 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism;
O’quvchilar sinfga kirishadi ularning har biriga stol ustidagi rasmlar aks etgan kartochkalar olish tavsiya etiladi va rasmlar bo’yicha stolga o’tirish kerakligi aytiladi

II. O’tilgan mavzular haqida suhbatlashish.

1.Valutaning ayirboshlov kursi? Javobi; (bir davlat valutasining boshqa davlat pul birligida ifodalangan narxi).

2.Konvertatsiya nima? Javobi; (bir davlat valutasini boshqa davlat valutasiga almashtirish imkoniyatiga aytiladi).

3.Valuta kursi qanday aniqlanadi? Javobi; (ikki davlat bir – biri bilan import – eksport savdo – sotiq aloqalarini olib borar ekan, birinchi davlatning ikkinchi davlat valutasiga, ikkinchi davlatning birinchi davlat valutasiga ehtiyoji paydo bo’ladi. Bu esa har bir davlat valutasiga nisbatan, xuddi tovarlarga bo’lgandek, talab va taklifni keltirib chiqaradi. Davlat valutasining kursi unga bo’lgan talab va taklifga nisbatan shakllanadi).

4. Valuta kursi nega o’zgaradi? Javob: (Valuta kursining o’zgarishiga, odatda, unga bo’lgan talab va taklifning o’zgarishi sabab bo’ladi. Ba’zida, davlat tashqi savdoni tartibga solish, mfmlfkat ichki bozorini himoya qilish maqsadida, valuta kurslarini rasmiy ravishda oshirishi yoki kamaytirishi ham mumkin. Bunga, muomaladagi milliy valutani ko’proq chiqarish yoki kamaytirishi ham mumkin )

III. Sizlar bilan Valuta kursi, valuta bozori, Valuta kursi nima?, Valuta kursi qanday aniqlanadi? Valuta kursi nega o’zgaradi degan savollarga javob oldek va bilimlarimizni mustahkamladek.

IV. Yangi mavzu: Jahon iqtisodiyoti muammolari.

Mavzuning bayon qilish rejasi:

1). Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining boshlanish sabablari va oqibatlari.

2). Global moliyaviy-inqiroz holati va uning oqibatlari yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari tomonidan o’rganilishi.

3). O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li.

4). Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining respublika rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’siri.

(Matnlar ilova qilinadi).

5). Yangi mavzuni guruxlardagi o’quvchilar mustaqil o’qish orqali amalga oshiriladi.

Guruxlarga: 1. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining boshlanish sabablari va oqibatlari.

2. Global moliyaviy-inqiroz holati va uning oqibatlari yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari tomonidan o’rganilishi.

3. O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li.

4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining respublika rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’siri.

Mavzular yozilgan kartochkalar har bir guruxlarga tarqatiladi.

Guruxlarga quyidagi topshiriqlar beriladi:

1.Mavzuni o’qib chiqing.

2.Mavzuni bir- biringizga so’zlab bering.

3. Matnga oid tayanch so’zlarni ajrating.

4. Sinfda taqdimot qilish tayorgarligi, gurux ishi uchun (6 daqiqa) vaqt ajratiladi.

6) .Curuxlarning ishlash jarayonini o’quvchilarning ishtiroki kuzatib boriladi va kerak bo’lgan joylarga ko’rsatmalar beriladi.

7).Curuxlarning taqdimoti. (15 daqiqa).

Curuxlarning taqdimot qilish jarayonida o’quvchilar tinglaydilar va savol berishi aytiladi.

8).O’qituvchi tomonidan mavzular umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilinadi.

V. Mustahkamlash.

O’qituvchi dars mavzusini o’quvchilar qanday o’zlashtirganini bilish maqsadida har bir o’quvchiga test savollari yozilgan varaqlarni beradi:

1. Jahon moliyaviy inqirozi qachon va qayerda boshlangan?

a) 2008 yil AQShda ipotekali kreditlash tizimidagi tanglik holatidan boshlandi;

b) 2008 yil fond bozorlarida eng yirik kompaniyalarining indekslari va aksiyalari tushib ketganidan boshlandi;

c) 2009 yil dunyodagi moliya-bank tizimidagi inqirozdan boshlandi.

2. 2008 yilning noyabrida Vashingtonda jahon yalpi mahsulotning 85 %ini ishlab chiқaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokidagi sammitda ...

a) jahon moliyaviy inqirozining oldini olish haqida so’z bordi;

b) inqirozdan chiqish yo’llari izlandi;

c) inqirozning oqibatini bartaraf etish dasturi qabul qilindi.

3. Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlaydigan bank nomini toping.

a) “O”zsanoatqurilishbank”

b) “Mikrokreditbank”

c) “Tadbirkorbank”.

4. Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O’zbekiston eksport qiladigan qanday maxsulotlarga narxlar pasaydi?

a) paxta, qorako’l teri, ipak, atlas;

b) charm-garanteriya, sholi, bug’doy, quruq mevalar;

c) paxta, uran, neft, rangli metal, mineral o’g’it.

5. Jahon moliyaviy inqirozining ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun O’zbekistonda zarur shart-sharoitlar mavjudmi?

a) mamlakat iqtisodiy va moliyaviy salohiyatining puxta poydevori mavjud;

b) moliya-bank tizimining ishonchli boshqaruv mexanizmlarini shakllangan;

c) barchasi to’g’ri.

1

2

3

4

5

a

b

b

c

c

VI. O’quvchilar bilimini baholash.

O’quvchilardan tuzilgan “ekspert” guruhi testlarni tekshirguniga qadar o’qituvchi mavzuni o’rganishni yanada chuqurlashtirish uchun “debat” deb nomlangan rolli mashg’ulotga o’quvchilarni taklif etadi. Sinf o’quvchilarini 2 guruhga ajratish uchun o’qituvchi 1 va 2 raqamlaridan foydalanadi. Hamma o’quvchilar 1 va 2 ni aytib bo’lishgach, ikki guruhga bo’linadi.

Shu vaqt ichida o’qituvchi tayyor bo’lgan test natijalarini e’lon qiladi va baholaydi.

Tashkil bo’lgan guruhlar qur’a tashlash orqali guruhlar “Moliyaviy inqiroz” va “Inqirozni bartaraf etish” guruhiga bo’linadilar. Har bir guruhga o’z nomini himoya qilish aytilib, 2-guruhning fikrlariga qarshi fikr bildirish lozim bo’ladi.

“Moliyaviy inqiroz” guruhi:

1-o’quvchi: Jahon moliyaviy inqirozi AQShdagi ipoteka banklaridan boshlandi. Lekin bu O’zbekistondan ancha olisda sodir bo’lmoqda.

2-o’quvchi: Yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidligi (to’lov qobiliyati) zaiflashdi, O’zbekistonda ham shunday bo’lmoqda.

3-o’quvchi: Jahon moliyaviy inqirozining mamlakatlarga ta’siri shu mamlakatning moliya-iqtisodiy tizimi va bank tizimlarining nechog’liq barqaror ekaniga bog’liq. O’zbekistonda bu sohada himoya mexanizmlari unchalik kuchli emas.

4-o’quvchi: Jahon moliyaviy inqirozining asosiy sababi banklar likvidligining zaiflashuvidir. Respublikamizdagi banklarda pul bo’lsa ham aholiga, tadbirkorlarga kredit berish mexanizmi yaxshi ishlab chiqilmagan.

5-o’quvchi: O’zbekiston o’ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Jahon moliyaviy inqirozi respublikamizni chetlab ўtadi.

“Inqirozni bartaraf etish” guruhi:

1-o’uvchi: Jahon moliyaviy inqirozi O’zbekistondan ancha olisda, AQShda boshlangan bo’lsa, u jahon miqyosida kengaydi va uning shabadalari yurtimizga ham kirib keldi.

2-o’quvchi: Men bu fikrga qo’shilmayman. O’zbekiston moliyaviy, iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, korxonalar va tarmoqlarning barqaror ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada zahira va resurslarga ega.

3-o’quvchi: O’zbekistonning ўziga xos taraqqiyot yo’li bor, bozor tizimiga bosqichma-bosqich o’tish, “Yangi uyni qurmasdan turib, eskisini buzmang”, degan hayotiy tamoyilga amal qiladi, bank aktivlari hajmining oshishi yaqqol ko’zga tashlanmoqda. “Mikrokreditbank”ning faoliyati bunga misol bo’la oladi.

4-o’quvchi: Men sinfdosh do’stimning fikrlariga qarshi yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash sohasida “Mikrokreditbank”ning faoliyatini ko’rsatmoqchiman. 2007-2008 yillarda bu bankning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlashi ham 4 barobar oshdi. Shunday faktlarni boshqa banklar misolida ham ko’rishimiz mumkin.

5-o’quvchi: Albatta, yurtimizda chuqur va keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Lekin bu jahon moliyaviy inqirozi bizni chetlab o’tadi, deyishga asos bo’lolmaydi. Chunki O’zbekiston global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu bois global moliyaviy inqiroz va uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’sir etmoqda.

O’qituvchi: bunday o’zaro do’stona bahs-munozara va tortishuvlar ko’pchilikka ijobiy ta’sir ko’rsatadi va uzoq vaqt esda saqlanib qoladi. “Debat” mashsuloti sizda qanday hissiyotni uyg’otdi?

“Moliyaviy inqiroz” guruhi o’quvchisi: O’zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, iqtisodning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zahiralar yaratilgani va zarur resurslar bazasi mavjud ekanligi haqida tushunchaga ega bo’ldim.

“Inqirozni bartaraf etish” guruhi o’quvchisi: Men yurtimizda jahon moliyaviy inqirozining ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini bartarf etish uchun bizda barcha zarur shart-sharoitlar mavjudligiga ishonch hosil qildim va ko’nglim taskin topdi.

O’quvchilar: Terminlarning lug’aviy ma’nosini va mazmunini tushunib oldik va ularni biz bundan keyingi mavzularda bemalol qo’llay olamiz.

Oqituvchi darsda faol ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantirib, baholaydi. VI . Uyga vazifa. Jahon iqtisodiyoti muammolari mavzusidan qisqacha referat tayorlash.
Download 151,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha

yuklab olish