mavzusidan ilg’or pedtexnologiya bo’yicha tayyorlangan dars ishlanmasining Texnologik xaritasi
Darsning mavzusi
|
Daromad va boylik
|
Maqsad vazifalari
|
1.O’quvchilarga taklif va taklif qonuni haqida tushuncha berish.
2. O’quvchilarda taklif va taklif qonuni asosida sotuvchining muayyan vaqt davomida tovarni ma’lum narxda sotishi mumkinligi haqidai bilim, ko’nikmalarni shakllantirish.
|
O’quv jarayonining mazmuni
|
Taklifning faqatgina narxga bog’liq xususiyatlari taklif qonunida o’z ifodasini topgan.Taklif qonuni taklif miqdorining narxa nisbatan to’g’ri bog’liqligini ko’rsatadi, ya’ni narx oshganda taklif miqdori ham oshadi.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.
|
Metod: “Tushuncha tahlili” uslubi. Aqliy hujum. Og’zaki bayon qilish.
Forma: Kichik guruhlarda ishlash. Yakka tartibda ishlash.
Vosita: Tarqatma materballar. Tayanch tushunchalar ro’yxati, qalam (yoki ruchka) slayd.
Usul: Yozma materiallar;
Nazorat: Og’zaki nazorat, yozma javoblar.
Baholash: Rag’batlantirish, 5 balli tizim asosida.
|
Kutiladigan natijalar
|
1.O’quvchilarni bilimi, faolligini oshirish.
2.O’quvchilarni darsga qiziqishi ortadi.
3. Mustaqil va jamoa bo’lib, ishlashga o’rganadi.
4.O’z- o’zini nazorat qilishga o’rganadi.
|
Kelgusi rejalar (tahlili., o’zgarishlar).
|
O’qituvchi
O’z ustida mustaqil ishlash.
Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish.
Pedagogik mahoratini yanada oshirish.
O’quvchi.
Mustaqil ishlashni o’rganadi.
Qo’shimcha materiallar topadi.
|
Fan: " Iqtisodiy bilim asoslari"
8-sinf ( 22 – dars).
Mavzu: Taklif va taklif qonuni. Maqsadi: O’quvchilarga taklif va taklif miqdori tushunchalari haqida bilimlar olish.
Vazifalari:
taklif va taklif miqdori tushunchalarini farqlay olish;
taklif qonunining mohiyatini tushunib yetish;
taklif chizig’ini qura olish;
narxdan boshqa taklifga ta’sir etuvchi omilarni bilish va ularning ta’sirini sharhlay olish;
o’quvchilarda taklif va taklif miqdori haqida o’z fikrlari mustaqil shakllanadi.
Dars jarayonida egallashlari lozim bo`lgan asosiy atamalar:
taklif miqdori;
taklif, tovar, narx, talab, talab chizig’i.
Darsga tayorgarlik va darsga kerakli bo’lgan vosutalar;
1. Vositalar; darslik, Prezident I.A.Karimov ishlab chiqqan bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyili aks etgan slaydalar.(1-ilova).
2. Sinf tayorgarligi: Dars jarayoniga guruxni shakllantirish, sinf partalarini joylashtirish va stol ustiga tovar, bozor, menejer, pabrika, bozor rasmlari aks etgan kartochkalar qo’yiladi.
Darsning turi: yangi mavzuni bayon etish;
Darsda qollanilgan metodlar; guruhlar bilan ishlash, ko’rsatish, suhbat;
Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni esga solish;
|
4 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni yoritish:
a) guruhda ishlash - 6 daqiqa
b) taqtimot - 15 daqiqa
c) umumlashtirish - 4 daqiqa
|
25 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
6 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash va baholash
|
5 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism;
O’quvchilar sinfga kirishadi ularning har biriga stol ustidagi rasmlar aks etgan kartochkalar olish tavsiya etiladi va rasmlar bo’yicha stolga o’tirish kerakligi aytiladi
II. O’tilgan mavzular haqida suhbatlashish.
1. O’zaro bog’lik tovarlar deb nimaga aytiladi?
Javobi; (birining narxi o’zgarishi ikkinchisiga bo’lgan talabning o’zgarishiga olib keladigan tovarlar jufti).
2.Bir-birining o’rnini bosuvchi tovarlar deganda nimani tushunasiz? Javobi; (birgalikda foydalanishga mo’ljallangan tovarlar jufti).
3.Narxga bog’liq bo’lmagan omillar? Javobi; (1. Iste’molchilarning didi va yil mavsumining o’zgarishi.2. Bozordagi iste’molchilar sonining o’zgarishi. 3. Iste’molchilar daromadlarining o’zgarishi. 4.O’zaro bog’liq tovarlar narxining o’zgarishi. 5. Yaqin kelajakda iste’molchilar daromadlari va tovar narxi o’zgarishining kutilishi ).
4. Past tabaqali tovarlar deb nimaga aytiladi? Javob; (aholi daromadining kamayishi bilan unga bo’lgan talab ortadigan tovarlar).
III. Sizlar bilan taklif va talabga ta’sir etuvchi boshqa omillar haqida bilimlarimizni eslab oldek.
IV. Yangi mavzu: Taklif va taklif qonuni.
Mavzuning bayon qilish rejasi:
1).Taklif va taklif miqdori.
2). Taklif qonuni.
3). Tovar taklifi quyidagi jadvalda beriladi.
(Matnlar ilova qilinadi).
Yangi mavzuni guruxlardagi o’quvchilar mustaqil o’qish orqali amalga oshiriladi.
(Matnlar ilova qilinadi).
Yangi mavzuni guruxlardagi o’quvchilar mustaqil o’qish orqali amalga oshiriladi.
Guruxlarga: 1). Taklif va taklif miqdori.
2). Taklif qonuni.
3). Tovar taklifi quyidagi jadvalda beriladi.
Mavzular yozilgan kartochkalar har bir guruxlarga tarqatiladi.
Guruxlarga quyidagi topshiriqlar beriladi ya’ni 2010 yil 13 noyabrda chop etilgan “Ma’rifat” gazetasi tarqatiladi: Gazetada O’zbekiston Respublikasi Prezindenti I.Karimovning ”Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.
Ma’ruzani o’qib chiqing.
Ma’ruzani bir- biringizga so’zlab bering.
Ma’ruzadagi tayanch so’zlarni ajrating.
Sinfda taqdimot qilish tayorgarligi, gurux ishi uchun (6 daqiqa) vaqt ajratiladi.
Curuxlarning ishlash jarayonini o’quvchilarning ishtiroki kuzatib boriladi va kerak bo’lgan joylarga ko’rsatmalar beriladi.
Curuxlarning taqdimoti. (15 daqiqa).
Curuxlarning taqdimot qilish jarayonida o’quvchilar tinglaydilar va savol berishi aytiladi.
O’qituvchi tomonidan mavzular umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilinadi.
V. Mustahkamlash.
O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha qo’yidagi jadvalni to’ldirish topshiriladi.
Muammoning turi
|
Muammoni kelib chiqish
sabablari
|
Muammoni echish yullari va sizning xarakatlaringiz
|
|
|
|
VI. O’quvchilar bilimini baholash.
Topshiriqni bajarish uchun qaysi atamalarga murojat qilasiz?
O’zingiz bilgan dehqon bozorida sotilayotgan biror qishloq xo’jalik mahsulotini tanlang. Bu mahsulot taklifga qanday omillar ta’sir qilishi mumkinligini va bu omillar ta’sirida taklif qanday o’zgarishini mumkin. Bu topshiriqda qaysi atamalar ishlatilgan va uning mazmunini ayting. VII. Uyga vazifa:
Mavzuda ishlatilgan atamalardan “Boshqotirma” tuzing.
Foydalanish uchun matnlar.
Yangi mavzuni yoritishda o’quchilarga darslikning 80-betdagi “Taklif va taklif qonuni” mavzusida keltirilgan Farg’ona va Andijon bozor rastalaridagi guruchlar bilan tanishib chiqish topshiriladi. So’ng o’quvchilar diqqati mavzuning “Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar” bandiga qaratiladi va unda keltirilgan savillar asosida mavzu yoritiladi. O’quvchilarga mulohaza uchun quyidaci savollar beriladi.
Andijon dehqon bozorida guruch narxi 2600 so’m. Farg’ona bozorida esa 2400 so’m ekan. Dehqonlar qaysi bozorga ko’proq guruch taklif qiladilar, ya’ni olib borib sotishni xohlaydilar? Nega?
O’quvchilardan turlicha fikrlar eshitiladi va mulohaza jarayonida har bir o’quvchi o’z bildirgan fikrini asoslashi talab etiladi. Fikrlar jamlanib, ushbu javobga olib kelinadi: “Andijon bozoriga olib borib sotadi. Chunki daromad ko’proq keladi. Daromad qancha ko’p bo’lsa, foyda ham shuncha ko’p bo’ladi, dehqonlar foyda ko’proq keladigan bozorlarga olib borib sotishdan manfaatdordirlar”.
Aniq bir javobga kelingandan keyin “ Bozorga xaridorlarning ma’lum vaqt davomida tovarni turli narxlarda sotish uchun olib kelish imkoniyatlari – tovarning taklifi deb yuritilishi va muayyan narxda taklif etilayotgan tovar miqdori- taklif miqdori deb yuritiladi’- deb ta’kidlab o’tiladi.
Bozorga taklif qilinayotgan tovar miqdori va narxi orasida qanday bog’lanish bor deb o’laysiz? Bu bog’lanishni bitta jumla orqali ifodalang?
Ushbu savolga o’quvchilar fikri eshitiladi va yuqoridagi javob bog’lanadi. Fikrlar yig’ilib, xulosa qilinadi.
Bozorda tovar taklifi miqdori bilan uning narxi orasidagi bog’lanish quyidagicha bo’ladi. Agar tovarning narxi qancha yuqori bo’ladi, agar tovarning narxi qancha past bo’lsa, bu tovarning bozordaci taklifi shuncha past bo’ladi. Bu qonuniyat taklif qonuni deb ataladi.
Shu o’rinda mulohaza uchun savol beriladi. Agar guruch narxi Farg’onada 2000 so’mga tushib ketsa-chi?
U holda dehqonlar Farg’ona bozoriga ko’proq guruch taklif etishadi.
Xulosa: Demak, tovar narxi qancha yuqori bo’lsa, tovarning taklifi shuncha ko’p bo’ladi. Agar tovar narxi qancha past bo’lsa, tovarning taklifi shuncha kam bo’ladi.
Nima sababdan ishlab chiqaruvchilar tovarning narxi oshganda, uni ko’proq ishlab chiqarib sotishga moyil bo’ladilar?
Tovarning narxi oshganda ishlab chiqaruvchilar foydasi ko’proq bo’ladi. Shu bois ishlab chiqaruvchilar uni yana ko’poq foyda olish maqsadida, ishlab chiqarishga qaratishadi va natijada bozorga ko’proq tovar taklif etiladi.
O’quvchilar diqqati 80-81-betdagi jadvallarga qaratiladi.
Aytaylik, bozorda sotuvchilardan qandaydir bir tovar narxi mos ravishda sotib olinishini o’quvchilar bilan birgalikda talab va taklif chizig’larini doskaga chiqib birin – ketin jadvallarni to’ldirishlar taklif etiladi.
8-sinf .
Do'stlaringiz bilan baham: |