V. Mustahkamlash.
O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha qo’yidagi jadvalni to’ldirish topshiriladi.
Bilardim
|
Bilib oldim
|
Ya’na bilishni istayman.
|
|
|
|
VI. O’quvchilar bilimini baholash.
Topshiriqni bajarish uchun atamalarga mos kelgan talqinlarni qo’ying.
Atamalar:
Tadbirkorlik
Biznes reja
Bank
Mulk
Raqobat
Soliq
Sug’urta
Talqinlar:
tovarni sotib olib, so’ng boshqaga sotishdan iborat tadbirkorlik faoliyati
xaridor va sotuvchini o’zaro uchrashtirib, tovar oldi – sotdi jarayonlarini tezlashtirishga qaratilgan faoliyat.
Aholi, firma va tashkilotlar pul mablag’larini jamg’aruvchi va ularni boshqalarga qarzga beruvchi, qimmatli qogozlar oldi –sotdisi va boshqa moliyaviy xizmatlar bilan shug’ullanuvchi moliyaviy muassasa.
Bozor ishtirokchilari manfaatlarining to’qnashuvidan yuzaga keladigan o’zaro kurash.
Fuqaro, firma va korxonalardan davlat xazinasiga undiriladigan, qonunda ko’rsatilgan majburiy to’lov.
Turli xil kutilmagan holatlar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan moliyaviy muammolardan muhofaza qilish.
Odamlar tomonidan o’zlashtirilgan va egalik qilish mumkin bo’lgan barcha narsalar.
Topshiriqlarning to’g’ri javoblari doskaga ilib qo’yilib, o’quvchilar nechta topshiriqni to’g’ri bajarganlarini so’rash va ularning dars jarayonidagi faoliyatini hisobga olgan holda baho e’lon qilinadi.
. VII. Uyga vazifa:
“Shaxsiy mulk” mavzusida qisqa referat tayyorlash.
Foydalanish uchun matnlar..
Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining dastlabki bosqichida, ya’ni 1991 yilda 2000 yilgacha bo’lgan davrda ulkan o’zgarishlarni amalgam oshirishda asosiy e’tiborimiz markazlashtirilgan ma’muriy – buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotining asoslarini, avvalambor, qonunchilik bazasini shakllantirish uchun sharoit yaratishga qaratildi.
Shu borada qabul qilingan o’ta muhim qonun va normativ hujjatlar qatorida Fuqarolik, Er, Soliq va Bojxona kodekslari, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tug’risida”, “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”, “Chet el investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risidagi”gi qonunlarni qayt etish mumkin.
Islohotlarimizning keyingi bosqichida “Tadbirkorlik faoliyati erkinliginining kafolatlari to’g’risida”, “Xususiy korxona to’g’risida”, “Valyutani tartibga solish to’g’risida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonunlar, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi va iqtisodiyni isloh qilish bo’yicha umumiy hisobda 400 dan ziyod qonun hujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilindi va joriy etildi. Ularning barchasi iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirish va medernizasiya qilishda nafaqat mustahkam huquqiy asos, balki amalga oshirilayotgan bozor islohatlarining ortga qaytmasligining kafolati bo’lib xizmat qilmoqda.
Islohatlarimizning mantiqi va izchiligi, ularning eng zamonaviy bozor normalariga muvofiqligini baholash iqtisodiyotni boshqarish tizimini yanada chuqurlashtirish, takomillashtirish va liberallashtirish bo’yicha jiddiy ehtiyoj mavjudlicini ko’rsatmoqda.
2. Xususiy mulkning xuquq va himoyasini mustahkamlashimiz, har qaysi xususiy mulkdor qonuniy yul bilan qo’lga kiritgan yoki yaratgan o’z mulkining daxlsizligiga aslo shubha qilmasligini ta’minlaydigan ishonchli kafolatlar tizimini yaratishimiz zarur. Har bir tadbirkor avvalo shuni aniq – ravshan bilib olishi kerakki, davlat xusisiy mulkdor huquqlarining himoyachisidir. Shuning uchun ham tadbirkorlar o’z biznesiga bexavotir investistiya kiritishi, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish mahsulot hajmi va olayotgan daromadini ko’paytirishi, o’z mulkiga o’zi egalik qilishi, foydalanishi, tasarruf etishi lozim. Ayni shu maqsadda bozor iqtisodiyotining negizi hisoblangan xususiy mulkka nisbatan davlat tomonidan berilayotgan asosiy kafolatlarni mustahkamlashga qaratilgan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilishi zarur.
Shunindek, boshqaruv tizimini takomillashtirish, ortiqcha byurokratik to’siqlarni bartaraf etish maqsadida “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib – qoidalari to’g’risida”gi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi davrida mamlakatimiz moliya – bank tizimi o’zining barqaror va ishonchli `kanini isbotladi.Ushbu mavzuni o’tishda 2010 yil 12 noyabrdagi Prezidetimiz Islom Karimovning O’bekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi “ Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasidan o’qituvchi dars jarayonida foydalanish tavsiya etiladi. “Ma’rifat” gazetasining 2010 yil 13 noyabr soni.
Iqtisodiy bilim asoslari fanidan“Tadbirkorlik”
mavzusidan ilg’or pedtexnologiya bo’yicha tayyorlangan dars ishlanmasining Texnologik xaritasi
Darsning mavzusi
|
Tadbirkorlik
|
Maqsad vazifalari
|
1.O’quvchilarga tadbirkorlik haqida tushuncha berish.
2. O’quvchilarda tadbirkorlik va uning xususiyatlari haqida bilim, ko’nikmalarni shakllantirish.
|
O’quv jarayonining mazmuni
|
Tadbirkorlik deganda kishilarning foyda olish maqsadida, tavakkalchilik asosida o’z mablag’lari, mulki, bilimi va imkoniyatlarini ishga solib, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish faoliyati tushuniladi. Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan faoliyatdir.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |