VII. Uyga vazifa:
Har bir o’quvchi o’zining oila budjetini hisoblab kelish.
Foydalanish uchun matnlar..
1).Iste’molchilarning daromad manbalari bo’yicha ma’lumot berish.
Kishining ma’lum vaqt davomida (bir oyda yoki yilda) ishlab topgan va qo’lga kiritgan barcha moddiy hamda pul tushumlari daromad deb ataladi. Daromad bevosita mehnat yoki biror mulk (boylik)ni ishlatish evaziga hosil qilinishi mumkin. Bu darsda daromadning bevosita mehnat evaziga hosil qilinadigan turi haqida to’xtab o’tiladi.Ish haqi mehnat evaziga olinadigan daromad bo’lib, u iste’molchilar daromadining asosiy qismini tashkil qiladi.
Ish haqining quyidagi turlari bolishi haqida ma’lumot berish:
Ishchining bir oy davomidagi mehnat faoliyati uchun qat’iy belgilangan muayyan pul miqdori – oylik maosh.
Ishchining tayyorlagan mahsulot miqdori yoki bajargan ishiga qarab to’lanadigan pul miqdori – ishbay ish haqi.
Ishchining ishlagan vaqti miqdoriga qarab to’lanadigan pul miqdori – vaqtbay ish haqi:
Aralash ish haqi:
Davlat tashkilotlarida ishlovchilar, asosan, oylik maosh ko’rinishdagi ish haqi oladilar. Zavod va fabrikalarning ishchilariga ko’pincha ishbay ish haqi beigilanadi. O’qituvchilar, odatda, o’tgan darslari uchun vaqtbay ish haqi olishadi. Shunindek, ba’zi korxona va tashkilotlarda aralash ko’rinishda ish haqi belgilanadi, ya’ni ishchilarga qat’iy oylik maosh tayinlanishi bir qatorda, bajarilgan ish hajmiga bog’liq ravishda qo’shimcha ishbay ish haqi beriladi.
2).Majburiy xarajatlar.
- oziq –ovqat mahsulotlarini sotib olish;
- kiyim – kechak va oyoq kiyimlar sotib olish;
- uy- joydan foydalanganlik uchun to’lovlar;
- gaz, elektrik energiyasi, ko’mir, o’tin va boshqa yonilg’ilarni sotib olish;
- uy- ro’zg’or buyimlarini xarid qilish;
- uy- ro’zg’ordagi maishiy xizmatlar uchun to’lovlar;
- shasiy ehtiyoj buyumlari va xizmatlar uchun xarajatlar;
- avtomobildan foydalanish xarajatlar;
-madaniy hordiq, sayohat va dam olish xarajatlari.
3). Erkin xarajatlar.
- transport xarajatlari;
- daromad solig’i, mulk solig’i va boshqa soliq hamda majburiy to’lovlar;
- ta’lim va kasb – hunar o’rganish xarajatlari;
- uy – joy sotib olish yoki qurish xarajatlari;
- avtomobil, qimmatbaho jihozlar va buyumlar sotib olish;
- qimmatbaho qog’ozlar sotib olish;
- to’y va har xil marosimlarni o’tkazish xarajatlari;
- olingan qarzni va uning foizlarini qaytarish to’lovlari.
4). Engel qonuni.
Nemis iqtisodchi olimi Ernest Engelning ko’p yillik izlanishlari oila daromadining oshishi bilan oilaning xarajatlari tarkibi o’zgaradi, degan xulosaga olib keldi. Oila daromadlari miqdori oshganda jami xarajatlarga nisbatan oziq – ovqatga sarflanadigan xarajatlarning salmog’i kamayadi, kiyim – kechak, uy-joy va energiya manbalariga sarflanadigan xarajatlar salmog’i esa o’zgarishsiz qoladi, madaniy va nomoddiy xarajatlae salmog’i esa ortib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |