133
132
133
An’anaviy iqtisodiyot
— iqtisodiyotning asosiy
savollariga jamiyatda
an’analarga asoslanib javob beradigan iqtisodiy tizim.
Aralash iqtisodiyot
— bozor iqtisodiyoti va markazlashgan rejali iqtisodi-
yotning maqbul tomonlarini o‘zida mujassamlashtirgan
zamonaviy
iqtisodiy tizim.
Ayirboshlash
— bir mahsulotni sotish yoki
sotib olish yoki boshqasiga
almashtirish.
Bir-birining o‘rnini to‘ldiruvchi tovarlar
—
birgalikda foydalanishga
mo‘ljallangan tovarlar jufti.
Bir-birining o‘rnini bosuvchi tovarlar
— bir xil
ehtiyojlarni qondirishga
mo‘ljallangan tovarlar jufti.
Boylik
— kishining barcha insoniy va moddiy kapitallari yig‘indisi.
Bozor
— xaridor va sotuvchilar oldi-sotdi
jarayoni amalga oshadigan,
uchrashadigan makon.
Do'stlaringiz bilan baham: