137 136 137 N Mulkdor — mulkka egalik qiluvchi shaxs.
Muqobil imkoniyat — birini tanlaganda boshqasidan voz kechiladigan
imkoniyat.
Murosali tanlov — bir vaqtning o‘zida bir necha imkoniyatlardan qisman-
qisman foydalanish.
Muvozanat miqdor — tovarning bozor muvozanat narxiga mos talab (yoki
taklif) miqdori.
Narx — bir birlik tovar yoki xizmat uchun xaridor to‘lashga, sotuvchi esa
uni sotishga rozi bo‘lgan pul miqdori.
Narxlar vositasida raqobatlashish — tovar narxini tushirish yoki oshirish
yordamida raqobatchilarga ta’sir ko‘rsatish.
Narxlar vositasisiz raqobatlashish — tovar narxini o‘zgartirmasdan,
uning sifatini yaxshilash, reklamani kuchaytirish kabi omillar orqali
raqobatchilarga ta’sir ko‘rsatish.
Natsionalizatsiya — xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish.
Nominal daromad — daromadning pul shaklidagi ifodasi.
Normal tovarlar — aholi daromadining oshishi bilan talab oshadigan tovar-
lar.
Oila budjeti — oilaning ma’lum davrga rejalashtirilgan daromad manbalari
va xarajatlari hisob-kitobi.