3-nazorat savollariga javoblar
1. Davlat jamiyatning oliy siyosiy instituti bo`lib, shu jamiyatda yashayotgan mamlakat fuqarolari
manfaatini himoya qilish uchun o`rnatiladi. Davlat mamlakat chegaralarini himoya qiladi, boshqa
mamlakatlar bilan aloqada bo`ladi, qonunchilik bilan shug`ullanadi. Davlat tushunchasi har bir zamonda
muhim o`rinda bo`lib kelgan. Dastlabki Davlatlar sug`oriladigan dehqonchilik hududlari – Misr,
Mesopatamiya, Elam, Hindiston va Xitoyda bundan 3.5-5 ming yillar muqaddam vujudga kelgan.
Davlatning tashkil topish jarayonida piramida shaklida bunyod etilgan jamiyat vujudga keldi: eng
yuqorida yagona hukmdor (podshoh, fir`avn, xon va x.), quyirog`ida – uning yaqin safdoshlari,
maslahatchilari (vazirlar, amirlar) turardi. Ulardan keyin quyi martabali amaldorlar, piramidaning asosini
esa qishloq jamoalari tashkil etardi. Demak bundan xulosa qilish mumkinki, davlatning asosini xalq
tashkil etadi. Va manashu xalqning birlashib, bir jamiyatni tashkil etilishi, bir xil qonun-qoidalarga
bo`ysunishi davlatni tashkil etadi.
2. Tadqiqotchiarning fikriga qaraganda, sun`iy sugorishga asoslangan dehqonchilik O`rta Osiyo
xo`jaligining asosi hisoblanib, bu jarayon janubiy Turkmaniston, Tojikiston va O`zbekistonning janubida
bronza davrida, Toshkent vohasi, Farg`ona vodiysi hududlarida esa ilk temir davrida shakllanib rivojlandi.
O`rta Osiyoda ilk davlat uyushmalari sun`iy sug`orish birmuncha qulay bo`lgan Amudaryo oqimlari
bo`ylarida, Murg`ob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllanib rivojlanadi. Bunday
holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar – Misr (Nil) va Mesopatamiya (Dajla va Frot) misolida ham
kuzatish mumkin.
Jamiyat hayotida metallning keng yoyilishi ham dastlabki davlatchilikning asosiy omillaridan biri
hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib, O`rta Osiyoning juda ko`plab bronza va ilk temir davriga oid
yodgorliklaridan ishlab chiqaruvchi xo`jalik bilan bevosita bog`liq bo`lgan metal qurollar topib
o`rganilgan. Mehnat qurollarining metaldan ishlanishi mehnat unumdorligining yanada oshishiga keng
imkoniyatlar yaratdi.
So`nggi bronza davriga kelib, kulolchilik charxining keng ishlatila boshlanishi natijasida turli shakldagi
yuqori sifatli spool idishlar bilan ishlab chiqarila boshlanadi. Kulochilikning rivojlanishi natijasida
Sopollitepa, Oltintepa, Gonur, Jarqo`ton, Afrosiyob kabilarda kulolchilik mahallalari paydo bo`ladi.
Shuningdek, hunarmandchilikning toshga, metallga, yog`ochga, suyakka ishlov berish turlari ham keng
tarqaldi. Hunarmandchilikning keng ixtisoslashuvi, alohida xo`jalik tarmog`I sifatida shakllanib
rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo`lib, davlatchilik paydo
bo`lishi uchun muhim bo`lgan qo`shimcha mahsulot ko`payishiga turtki bo`ldi. Ilk davlatlarning paydo
bo`lishida o`zaro ayirboshlash, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning ham ahamiyati nihoyatda kata
bo`lgan. Mesopatamiya, Misr, Hindiston, Eron, O`rta Osiyo yodgorliklaridagi so`nggi bronza va ilk temir
davri topilmalaridagi juda ko`pgina o`xshashliklar, bu hududlar o`rtasidagi o`zaro iqtisodiy va madaniy
aloqalardan dalolat beradiki, bu jarayon ham ilk davlatchilikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.