Iqtisodiy bilim asoslari


Ishlab chiqarish miqyosining o‘sishidan doimiy ravishda olinuvchi samara



Download 14,87 Mb.
bet129/402
Sana17.09.2021
Hajmi14,87 Mb.
#177080
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   402
Bog'liq
Majmua Iqtisodiyot nazariyasi G va IBAO'M-2020-21

Ishlab chiqarish miqyosining o‘sishidan doimiy ravishda olinuvchi samara. Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisoslashuv tufayli boshqarish bo‘yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish imkoniyatini beradi.
2.Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi. Foydaning taqsimlanishi.

Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag’lar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Korxona, pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi.

Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o‘tadi:



birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chog’ida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qo‘shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon bo‘lmaydi;

ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan so‘ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko‘rinishida to‘liq namoyon bo‘ladi.

Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlarni katta hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar. Shunga ko‘ra, ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori bo‘lgan taqdirda foyda oladilar. Demak, ishlab chiqaruvchi foydasi (Fich) – bu mahsulot tannarxi (Т) va ulgurji narxi (Nu) o‘rtasidagi farqdan iborat:



.

Bundan ko‘rinadiki, mahsulot birligidan olinadigan foyda ikkita asosiy omilga bog’liq bo‘ladi: 1) mahsulot tannarxi darajasi; 2) ulgurji narxlar darajasi.



Тannarx – bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir. Bu o‘rinda mahsulot tannarxini uning qiymatidan farqlash lozim. Ma’lumki, mahsulot qiymati (Q) o‘z ichiga sarflangan ishlab chiqarish vositalari qiymati (QIV) hamda yangidan yaratilgan qiymat (QYa)ni to‘liq oladi. O‘z navbatida yangidan yaratilgan qiymat ish haqi (IH) va yalpi foydaga (Fya) ajraladi.

Foyda miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi ikkinchi omil – bu korxona o‘z mahsulotlarini sotuvchi narx darajasidir.

Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi (19-chizma). Chizmadan ko‘rinadiki, eng avvalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy sub’ektlarga turli to‘lovlar amalga oshiriladi. Bu to‘lovlarga boshqalarning yer va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan pul mablag’lari uchun to‘lanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari byudjetiga soliqlar to‘laydilar, turli hayriya va boshqa fondlarga mablag’lar kiritadilar. Mablag’larning qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi. U korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga, shuningdek jamg’arish (ishlab chiqarishni kengaytirish)ga, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqa maqsadlarga sarflanadi.

Shuningdek, sof foydadan korxona egasi o‘ziga tegishli bo‘lgan tadbirkorlik daromadini ham oladi. Agar korxona hissadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan bo‘lsa, u holda sof foydaning bir qismi barcha aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadi.



Korxona foydasining mutloq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.

Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga - korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablag’larga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir.

Bular quyidagicha aniqlanadi:

1. ,

bu yerda: R' – foyda normasi; P – foyda massasi; W – ishlab chiqarish xarajatlari;
2.

bu yerda: R' – foyda normasi; P – foyda massasi; Kavans (asosiy kapital+aylanma kapital) – korxona avanslangan mablag’lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o‘rtacha yillik qiymati.

Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g’ri mutanosib hamda ishlab chiqarish xarajatlari yoki avanslangan mablag’lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligining integral ko‘rsatkichi hisoblanadi.


Mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotning (tovar va xizmatlarning) taqsimlanish tamoyillari bo‘yicha turlicha nazariyalar mavjud. Bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarning ko‘pchiligida «uch omil» deb atalmish nazariya keng tarqalgan.

Bu nazariyaning asoschililaridan biri fransuz olimi J.B.Sey «ishlab chiqarishning uch omili» degan g’oyani ilgari surib, unda tovarlarni ishlab chiqarishda mehnat, yer va kapital bab-baravar qatnashadi, ular hamma daromadlar manbaidir va binobarin daromadlar ham shu omillar o‘rtasida taqsimlanadi, deb ko‘rsatadi.

Uning bu g’oyasi amerikalik iqtisodchi olim J.B.Klarkning qo‘shilgan omil (so‘nggi qo‘shilgan kapital yoki ishchi kuchi) unumdorligi degan g’oyasiga asos bo‘lib xizmat qiladi. J.B.Klark o‘zining «Boyliklarning taqsimlanishi» nomli asarida yaratilgan boylik uchala omil o‘rtasida ularning har biri yaratgan mahsulot miqdoriga (ya’ni unumdorligiga) qarab taqsimlanadi, deb ko‘rsatdi.

Mana shu yuqoridagi aytilgan nazariy fikrlarni va amaliy tajribalarni hamda hozirgi davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar talablarini hisobga olib, yaratilgan mahsulotni taqsimlashning asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatishga harakat qilamiz.

a) umuman olganda mahsulotni, binobarin daromadlarni taqsimlash ham doim bir xil bo‘lmay, balki shu davrda amal qilib turgan iqtisodiy munosabatlar tizimiga, jumladan mulkchilik munosabatlariga bog’liq bo‘ladi. Ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoitlari, ya’ni kapitalga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo‘lgan, yerga esa davlat mulki bo‘lib turgan sharoitda yaratilgan milliy mahsulot mulk egalari (davlat, jamoa, xususiy, shaxsiy) va ishchi kuchining egasi bo‘lgan ishchi-xizmatchilar o‘rtasida taqsimlanadi. Bunda daromadlarning bir qismi albatta umum jamiyat manfaatlarini ko‘zlab ish olib boruvchi davlat ixtiyoriga kelib tushadi;

b) milliy mahsulotdan eng avvalo shu mahsulotni yaratishda qatnashgan ishlab chiqarish vositalarining qiymati, aniqrog’i, amortizatsiya summasi ajratib qo‘yiladi, chunki bu summa asosiy ishlab chiqarish vositalarini (asosiy kapitalni) qayta tiklash uchun zarurdir;

v) undan keyin turli xil tabiiy ofat va boshqa turli xil favqulodda hodisalarning ta’sirini bartaraf qilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni o‘z maromida to‘xtovsiz olib borishni kafolatlash uchun sug’urta fondlari, qariyalar, bolalar, nogironlar va turli boshqa kam ta’minlangan oilalarni himoya qilish uchun nafaqa hamda ijtimoiy himoya fondlariga ajratiladi;



g) davlatni boshqarish, mamlakat mudofaasini mustahkamlash, aholining tinch hayotini va mehnatini qo‘riqlash, mamlakat miqyosida fan-madaniyatni, ta’lim tizimini, sog’liqni saqlashni rivojlantirish uchun fondlar ajratiladi (bu ajratmalar ko‘pdan-ko‘p davlat soliqlari tarzida amalga oshiriladi).

Yalpi ichki mahsulotning yuqorida aytilganlardan qolgan qismi hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital, yer egalari va ishchi kuchi egalari o‘rtasida taqsimlanadi va jamiyat a’zolarining ixtiyoriga kelib tushadi. Chunki bu jarayon natijasida ishlab chiqarishda qatnashgan ishchi kuchi egasi va boshqa omillar egalari - mulkdorlarning mahsulotdagi ulushi aniqlanadi hamda ularning omilli daromadlari sifatida shakllanadi. Bu ish haqi, foiz, renta va foyda shaklidagi daromad turlari ko‘rinishini oladi.


Download 14,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish