113
113
112
8 – E. Sariqov, B. Haydarov
4. Ish qanchalik xavfli, sog‘liqqa ziyon yetkazadigan yoki tavakkalchilikni talab
qiladigan bo‘lsa, shuncha qimmat baholanadi.
Iqtibos
Aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilishda ham jiddiy sifat
o‘zgarishlari ko‘zga tashlanmoqda. Biz uchun o‘ta dolzarb bo‘lgan bu masalani
yechishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan birga,
xizmat ko‘rsatish sohasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish,
qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga alohida ahamiyat
berilmoqda.
Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi,
O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» kitobidan
Mashq
Ishchi kuchi bozorida ishchi kuchiga talab va taklif quyidagi jadvalda berilgan:
Ishchi kuchining bozor narxini toping.
Ish haqi
300000
400000
500000
Ishchi kuchi taklif miqdori
Ishchi kuchiga talab miqdori
300
200
100
100
200
300
ISHSIZLIK
Ishchi kuchi bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi
muvozanat qator omillar ta’sirida buzilib turadi. Bu omillardan biri mehnat
bozorining boshqa tovarlar bozoriga bog‘liqligidir. Iste’mol tovarlariga bo‘lgan
talabning o‘zgarishi, ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishiga olib keladi. Masalan,
bir tovarni ishlab chiqarishga qaraganda boshqasini ishlab chiqarish foydali bo‘lib
qoladi. Ishchi kuchi bozorida ham shunga mos ravishda, birinchi sohada ishchilarni
yollash qisqarib, ikkinchi sohada ishchilarga bo‘lgan talab oshadi. Ishchilar bir
ishdan bo‘shab, ikkinchi ishga kirishlari lozim bo‘lib qoladi. Toki ular boshqa soha
bo‘yicha tovar ishlab chiqarish malakasini egallab, unga moslashib olgunlariga
qadar, ya’ni ishchi kuchining taklifi yangi talabga moslashguncha, mehnat bozorida
muvozanat buziladi. Kishilar ishlashni xohlasalar-da, o‘zlariga yarasha ishni topa
olmay qolishadi. Natijada, ishsizlar paydo bo‘ladi.
Ishsizlik mamlakatda ishga layoqatli, belgilangan maoshga ishlashni xohlovchi
va ish qidirib yurgan fuqarolarning borligi bilan ifodalanadi. Mehnatga layoqatli
aholi deganda, 16 yoshdan katta (respublikamizda 16 yoshdan boshlab mehnat
qilishga qonun bo‘yicha ruxsat etilgan) va mehnat qilishga qodir kishilar
tushuniladi. Mamlakatning barcha mehnatga layoqatli aholisi, uning ishchi kuchi
resurslarini tashkil qiladi. Mamlakatning mehnatga layoqatli aholisi safidan o‘z
Do'stlaringiz bilan baham: