111
111
110
ISHCHI KUCHI BOZORI
Inson mehnati, uning ishchi kuchi tovar hisoblanib, u ishchi kuchi bozorida sotiladi
va sotib olinadi. Bozorda ishchi kuchi mehnatga layoqatli aholi tomonidan sotiladi.
Ishchi kuchi unga muhtoj bo‘lgan korxonalar tomonidan sotib olinadi. Demak, ishchi
kuchiga talab — ish beruvchi korxonalar, ya’ni ishlab chiqaruvchilar tomonidan,
uning taklifi esa, ishga layoqatli aholi tomonidan shakllantiriladi. Kishilarning ishchi
kuchidan foydalanmaslik, bu jamiyat uchun boy berilgan imkoniyatdir. Ishchi kuchiga
bo‘lgan talab, ishlab chiqaruvchilar tomonidan shunchaki emas, balki shu ishchi kuchi
yordamida ishlab chiqariladigan tovarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |