BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Bu haqda o‘ylab ko‘ring!
XV asr buyuk geografik kashfiyotlar asri bo‘lib, Ispaniya davlatining xazinasi
Amerika qit’asidan olib kelingan oltin va kumushga to‘lib bordi. Shunday
bo‘lsa-da, Ispaniyada bir necha asrlardan beri o‘zgarmasdan kelayotgan narxlar
keskin osha boshladi. Ispaniyada ishlab chiqarilgan tovarlar narxining oshib
ketishi, ularning Yevropa bozorlaridan quvilishiga olib keldi. Natijada, Ispaniya
iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutib, bir muddat Yevropaning qoloq davlatlaridan
biriga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |