4. Davriy ishsizlik. Mamlakat iqtisodiyotining davriy o‘zgarishi bilan bog‘liq
ishsizlik davriy ishsizlik deb ataladi. Davriy ishsizlik mamlakat iqtisodiyotining
barcha sohalari inqirozga yuz tutgan davrda sodir bo‘ladi. Bu paytda iqtisodiy
faollik sustlashadi, yalpi talab kamayadi. Bu esa, o‘z navbatida, ishsizlik darajasining
keskin oshishiga olib keladi. Mamlakat iqtisodiyoti jonlangan davrda esa ishchi
kuchiga bo‘lgan yalpi talab oshadi. Bu esa, o‘z navbatida, ishsizlik darajasining
pasayishiga olib keladi va hokazo. Bunday ko‘rinishdagi ishsizlik davriy ravishda
goh o‘sib, goh pasayib turadi. Davriy ishsizlik jamiyat uchun juda og‘ir kechadi.
xohishi bilan ishlamayotgan va ish qidirmayotganlar, uy bekalari kabilar chiqarib
tashlansa, mamlakatning ishchi kuchi hosil bo‘ladi. Shunday qilib, mamlakatning
ishchi kuchi — ish bilan band va ish bilan band bo‘lmaganlardan tashkil topadi.
Mamlakatdagi ishsizlik darajasi ishsizlar sonining mamlakat ishchi kuchining
umumiy soniga nisbatan foiz miqdori bilan o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |