Mehnat resurslari
— mehnat qilishga layoqatli kishilar, ularning bilimi, ish
tajribasi va mehnat mahorati.
Mehnat taqsimoti
— mahsulot ishlab chiqarish jarayonini ishchilar o‘rtasida
ishni taqsimlash asosida tashkil qilinishi.
Mehnat unumdorligi
— resurs birligidan foydalanib ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdori.
Menejer
— maxsus boshqaruv ilmini egallagan ish yurituvchi yoki
boshqaruvchi.
Menejment
— biror ko‘zlangan maqsadga erishish usullari, shakllari, vositalari
va boshqarish tamoyillarini o‘rganadigan fan.
Milliy daromad (MD)
— mamlakat aholisining bir yillik jami ish haqi, foiz,
renta kabi daromadlari va barcha korxonalar foydasining yalpi miqdori.
Moddiy kapital
— jamg‘arilgan daromadning moddiy mulkka aylangan qismi
va pul mablag‘lari.
Moliya bozori
— pul va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi jarayonlari amalga
oshiriladigan bozor.
Do'stlaringiz bilan baham: |