Ish haqi
— korxona tomonidan yollanib ishlayotgan xodimga bajarilgan ish
uchun to‘lanadigan pul.
Ishbay ish haqi
— ishchiga tayyorlagan mahsulot miqdoriga qarab to‘lanadigan
pul miqdori.
Ishlab chiqarish
— ehtiyojlarni qondirish uchun zarur mahsulotlarni ishlab
chiqarish.
Ishlab chiqarish vositalari bozori
— korxona va firmalar ehtiyojlari uchun zarur
tovar va xizmatlar sotiladigan bozor.
Ishlab chiqaruvchilar
— tovar va xizmatlarni yaratadigan korxonalar.
Ishsizlar
— mamlakatning ishga layoqatli, belgilangan ish haqi evaziga
ishlashga rozi, lekin ish topa olmagan yoki ish qidirib yurgan fuqarolari.
Ishsizlik darajasi
— mamlakatdagi ishsizlar sonining mamlakat ishchi
kuchining umumiy soniga nisbatan foiz miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: |