Omonat foizi
— omonatga topshirilgan pul mablag‘idan foydalanganlik
uchun to‘lanadigan haq.
Oylik maosh
— ishchiga bir oy davomidagi mehnat faoliyati uchun qat’iy
belgilangan pul miqdori.
Ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati
— aksiyalari istalgan shaxsga sotiladigan
jamiyat.
Past tabaqali tovarlar
— aholi daromadining oshishi bilan talab kamayadigan
tovarlar.
Proteksionizm
— davlat tomonidan tashqi savdoni cheklashga qaratilgan
chora-tadbirlar.
Pul
— mahsulot va xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishga mo‘ljallangan
universal ayirboshlov vositasi.
Pul emissiyasi
— davlat tomonidan muomalaga pul chiqarish.
Pul massasi
— mamlakatdagi muomalada bo‘lgan jami pul mablag‘lari
yig‘indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |