7 6 7 DARSLIKDAN FOYDALANISH BO ‘ YICHA UMUMIY KO ‘ RSATMALAR Har bir mavzuga oid materiallar quyidagi bandlarga bo‘lingan va ma’lum tartib
asosida darslik sahifalarida joylashtirilgan, ba’zi bandlar esa muayyan belgi ostida ajratib
ko‘rsatilgan:
I bob. Iqtisodiyotga kirish — iqtisodiyotni xo‘jalik yuritish tizimi sifatida tavsiflay olish va uni tarkibiy qism
-
larga ajrata olish;
— ehtiyojlarni farqlay olish;
— inson ehtiyoj larining poyoni yo‘qligini tushu nib yetish;
— resurslarning cheklanganligini asoslay olish;
— iqtisodiyotning asosiy muammosi mohiyatiga tushu nib yetish;
— tanlovning zarurat ekanligini anglab yetish;
— tanlovning muqobil qiymatini topa bilish;
— ishlab chiqarish omillarini ajrata bilish;
— mehnat unumdorli gining mohiyatini tu shunib yetish;
— mehnat unumdorli gini sodda misollarda hisoblay olish;
— mehnat taqsimo tining afzallik va kam chilik tomonlarini sa nash;
— mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning o‘zaro aloqadorligini tushunish;
— har qanday jamiyat oldida turgan uchta asosiy savolning mohiyatiga tushunib
yetish;
— iqtisodiy tizimlarni bir-biridan farqlay olish va taqqoslash.
Ushbu bobdagi materiallarni o‘rganish natijasida quyidagi bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz: Darslikdan foydalanishda quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilishni maslahat beramiz: Darslik bo‘yicha 30 ta dars va 4 ta (har bir chorakda bittadan) oraliq nazorat o‘tkazish maq-
sadga muvofiq. Har bir mavzuga oid materiallarni bitta dars davomida va uyda o‘rganish lozim.
Yangi mavzuni yoritishda, asosan yuqorida ta’riflangan 2– 5-band materiallari bilan ish-
lash kerak.
3-bandda berilgan materiallardan, asosan uyda o‘qish va o‘rganish uchun foydalanish lozim.
Dars mavzusini mustahkamlashni 6-banddagi savol va topshiriqlar hamda 7-banddagi
mashqlar yordamida amalga oshirgan ma’qul.
8-banddagi topshiriqlar kichik izlanish va tadqiqot sifatida o‘quvchilarga mustaqil ish qilib
berishga mo‘ljallangan.
9—12-banddagi savollar, o‘zak jumlalar va qadriyatlar mustaqil mushohada yuritish, bilimlarni
boyitish, amaliyotda qo‘llab ko‘rish va o‘z-o‘zini tekshirish maqsadida ishlatilgani ma’qul.
O‘quvchilar diqqati 4-banddagi kalit atamalar va 10-banddagi mavzuning o‘zak jumlalariga
qaratilishi lozim.
Uyga vazifalar darsda muhokama qilinmagan 9 — 10-band savol va topshiriqlari asosida
berilgani ma’qul.
Har bir bob oxirida berilgan takrorlash uchun savol va topshiriqlardan o‘tilganlarni mustaqil
ravishda takrorlab borish hamda oraliq nazorat ishlariga tayyorlanish maqsadida foydalanish
tavsiya etiladi.
1. Darsning tartib raqami va mavzu nomi.
2. Dars mavzusini yoritishga yordam beruvchi muammoli vaziyatga oid ko‘rgazmali
ma’lumot, rasm, jadval, diagramma va hokazolar.
3. Mavzuga oid, asosan uyda mutolaa qilishga mo‘ljallangan asosiy matn.
4. Berilgan muammoli vaziyatga doir faollashtiruvchi savol va topshiriqlar.
5. Dars davomida qo‘llaniladigan tayanch atamalarning ta’rifi.
6. O
‘ zlashtirilgan bilimlarni chuqurlashtirish, takrorlash va o‘z-o‘zini tekshirish
uchun berilgan savollar.
7. Hisob-kitob ishlarini talab qiladigan, amaliy tavsifga ega mashg‘ulot va mashqlar.
8. Izlanish va kichik tadqiqot olib borish uchun o‘quvchilarga alohida-alohida be-
riladigan mustaqil ish topshiriqlari.
9. Mustaqil fikrlash va bilimlarni chuqurlashtirish uchun berilgan savollar.
10. Mavzuning yodda saqlash lozim bo‘lgan o‘zak jumlalari.
11. Yurtimizga xos sharqona qadriyatlar, ularga oid savol va topshiriqlar.
12. Mavzuga oid dunyoqarashni kengaytiradigan qo‘shimcha ma’lumotlar.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov asarlaridan iqtiboslar.
14. Iqtisodiy tushunchalarni o‘zaro bog‘laydigan formulalar.