1-bob. SOTSIOLOGIYA FANINING PREDMETI, OBYEKTI, TARKIBI, TADQIQOT USULLARI VA USLUBIYATI. SOTSIOLOGIYA VA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR
1.1. Sotsiologiya fanining predmeti, obyekti, tarkibi, tuzilishi
Sotsiologiya – lotincha «sotsiatos» – jamiyat va yunoncha «logos» – ta’limot, tushunchalarining birligidan tashkil topgan bo‘lib, jamiyatning di-namik rivojlanishi haqidagi, jamiyat tarkibiga kiruvchi alohida institutlar, tizimlar, guruhlar va ular orasidagi ijtimoiy munosabatlar to‘g‘risidagi fandir.
Sotsiologiya – insoniyatning bir necha yillik tarixiy taraqqiyoti davo-mida yaratilgan madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
XVIII asrda kishilik jamiyati, uning qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan sifatida tarix falsafasi shakllandi. Ijtimoiy hayotning murakkablashuvi va ilmiy bilimlarning tabaqalanishi sotsiologiyaning falsafadan ajralib, mus-taqil fanga aylanishini muqarrar qilib qo‘ydi. XIX asrgacha sotsiologiya falsafaning tarkibiy qismi bo‘lib keldi. XVIII-XIX asr klassik falsafasi va adabiyotining ijtimoiy voqelikka noilmiy munosabati sotsiologiyaning fan sifatida shakllanishini taqozo etdi. XIX asr boshlaridan u falsafadan ajralib chiqish imkoniga ega bo‘ldi. Ushbu asrning 30-yillarida fransuz faylasufi Ogyust Kont «sotsiologiya» atamasini fanga kiritdi. U «Sotsiologiya» fa-nining asoschisi hisoblanadi. O.Kontning fikricha, sotsiologiya bir butun organizm hisoblangan jamiyat haqidagi barcha bilimlarni birlashtirish va dalillarni izchil o‘rganish orqali unga ilmiy asos berishi kerak.
Shuning uchun ham, sotsiologiya o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
– jamiyatni bir butun tizim sifatida o‘rganish;
– jamiyatni ilmiy vositalar yordamida o‘rganish;
– ijtimoiy munosabatlarni o‘rganish.
Demak, sotsiologiya jamiyat to‘g‘risidagi fan bo‘lib, ijtimoiy muno-sabatlar, ularning amal etish qonuniyatlari, hamda istiqbollarini o‘rganadi. Ayni paytda, sotsiologiya jamiyatdagi me’yoriy va patologik holatlarni aniqlaydi, natijada insoniyatni noxush holatlar, qiyinchiliklardan qutulish yo‘llarini ko‘rsatadi. XIX asrda sotsiologiya sotsial gigiyena deb ham tushunilgan.
Respublikamizning mustaqillikka erishuvi, milliy istiqlol yo‘lidan izchil borayotganligimiz, rivojlanish tendensiyasida O‘zbekistonning o‘ziga xos va mos besh ustuvor tamoyilga asoslanib, harakat qilayotganligi, xususan:
– iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi va bunda iqtisodiyotning mafku-radan holi bo‘lishi;
– hozirgi vaziyatda davlat jamiyatning bosh islohotchisi rolini o‘ynashi;
– qonun hamma joyda hamma narsadan ustun turishi;
– mamlakatimizda istiqomat qiluvchi turli millatlar va ijtimoiy guruhlar manfaatlarini hisobga olib, insonparvarlik bilan yo‘g‘rilgan kuchli ijti-moiy siyosat o‘tkazish lozimligi;
– bozor iqtisodiyotiga sobitqadamlik bilan bosqichma-bosqich, tadri-jiy rivojlanish tamoyiliga izchil rioya etish orqali o‘ta borish, bugungi kun-da jamiyatimiz turli jabhalarini atroflicha o‘rganib borish ijtimoiy voqe-likdagi fikr rivoji va uni maqsadli boshqarish masalalarini kun tartibiga qo‘yadi.
Sotsiologiya fani jamiyatda quyidagi o‘rinni egallaydi:
Sotsiologik tafakkur jamiyatni yaxlit tizim sifatida o‘z qonuniyatlari yordamida faoliyat ko‘rsatgani va rivojlanishini o‘rganadi, ijtimoiy ele-mentlarning umumiy sotsial tizimdan mustaqil holda harakat qilishini in-kor etadi.
Real mavjud ijtimoiy munosabatlarni konkret o‘rganishni nazariy va amaliy jihatdan asoslaydi.
3. Voqelikni o‘rganishda amaliy usullarga tayanadi, ilmiy-amaliy asos-langan xulosalarni ilgari suradi.
Demak, sotsiologiya jamiyatni dalillarni tahlil va ilmiy umumlash-malar orqali emas, balki mavhum tarzda o‘rganuvchi falsafadan, shuning-dek, ijtimoiy xulq-atvor va o‘zaro ta’sirning tipik guruhiy emas, balki indi-vidual namoyon bo‘lishida o‘rganuvchi psixologiyadan farq qiladi.
Bugungi kunda ikki xil – akademik sotsiologiya (jamiyat haqidagi umumnazariy tizim) va amaliy sotsiologiya (aniq ijtimoiy voqea va dalil-larni o‘rganish uchun ilmiy apparat) shakllandi. XX asrning ikkinchi yar-midan mana shu ikki xil sotsiologiya uyg‘unlashib, birlashib, ayrim olin-gan hodisa va jarayonlarning rivojlanishini aniq dalillarni nazariy umum-lashtirish usuli yordamida bayon etish nazariyasi vujudga keldi.
AQShlik sotsiolog J.Smelzer o‘zining «Sotsiologiya» darsligida «Sotsiologiya – jamiyat to‘g‘risidaga fan» ekanligini ta’kidlaydi. O.Kont esa sotsiologiyani «jamiyat to‘g‘risidagi pozitiv fan», deb baholaydi. Fransuz mutafakkiri E.Dyurkgeym esa «Sotsiologiyaning predmeti – ijti-moiy faktlardan iborat» deb bilgan.
Nemis sotsiologi G.Zimmel ta’rificha, «Sotsiologiya xususiy ijtimoiy fanlarning bilish nazariyasidir». Nemis sotsiologi M.Veberning fikricha «Sotsiologiya ijtimoiy xulq-atvor to‘g‘risidagi fandir». U ijtimoiy xulq-atvorni insoniy munosabatlardan iborat, deb bilgan. Insoniy xulq-atvor esa ijtimoiy mohiyatga ega.
Rus sotsiologi P.Sorokin esa ushbu fanning predmeti – «jamiyat yoki ijtimoiy hodisalardan iborat», deb hisoblaydi. V.Yadovning fikricha esa Sotsiologiya jamiyatning bir butun organizm ekanligini, ijtimoiy muno-sabatlarning bir butunligini o‘rganadi. Sotsiolog G.Osipov «Sotsiologiya» deb nomlangan o‘quv qo‘llanmasida «Sotsiologiya ijtimoiy tizimlarning faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi, umumiy va o‘ziga xos ijtimoiy qonun hamda qonuniyatlarning shaxs, ijtimoiy birliklar, sinflar, xalqlar faoliyatida vujudga kelish va amal qilish shakllari to‘g‘risidagi fan», deb ta’riflagan.
Demak, sotsiologiya inson hayot faoliyati yoki ijtimoiy tashkilotlar-ning hamkorlikdagi shakllarini o‘rganuvchi va inson hamjamiyatining ri-vojlanishi hamda xulq-atvori to‘g‘risidagi fandir.
Xulosa qilib aytganda, sotsiologiyaning obyekti uning nimani o‘rga-nishi kerak, degan savolga javob bersa, predmeti o‘sha obyektning qay ji-hatlarini o‘rganadi, degan savolga javob beradi. Sotsiologiyaiing obyektini jamiyatni boshqaruvchi tafakkur qonuniyatlari, ratsional vositalari tashkil etadi.
Sotsiologiya ijtimoiy hayot jarayonlarini uch bosqichda o‘rganadi:
aniq-empirik;
maxsus;
3) umumiy.
Shunga muvofiq ravishda sotsiologiya empirik, maxsus va umumsotsi-ologik tadqiqot jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Sotsiologiyaning vazifasi jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydigan eng qu-lay variantlarni, ijtimoiy madaniy modellarini topishdan iborat. Bular jami-yat va insonning o‘z-o‘zini takomillashtirishga qaratilgan qonuniyatlardir.
Sotsiologiyaning vazifasi, shuningdek, murakkab ijtimoiy dunyoni tash-kil etuvchi o‘zaro birikib harakat qiluvchi tuzilma va mexanizmlar mohi-yatini aniqlashdan hamda ularning rivojlanish tendensiyalarini belgilashdan iborat.
Sotsiologiyaning tadqiqot predmeti tarkibiy tuzilish jihatidan quyi-dagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Umumiy sotsiologiya – turli sotsial tizimlarda uchrab turadigan ijti-moiy hayotga oid me’yorlarni, bu tizimlarning yashash tarzi va taraq-qiyotining eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi.
2. Maxsus sotsiologiya – ijtimoiy faoliyatning alohida sohalarini ko‘p omilli tizim sifatida tadqiq etadi. Maxsus sotsiologiyaning bir qancha tar-moqlari bor: 1) industrial sotsiologiya; 2) shahar sotsiologiyasi; 3) demo-grafik sotsiologiyasi va b.
3. Bevosita empirik sotsiologik tadqiqotlar – tadqiq qilinayotgan hodisalar, individlar bilan bevosita aloqa va ularning hayot faoliyatlaridagi faktlar to‘plami bo‘lib, so‘roq, kuzatuv, eksperiment va hujjatlarini o‘rga-nish usullarini tajriba yordamida bilishdir.
Sotsiologlar jamiyatni makro va mikro darajadan o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |