Mikrosotsiologiya – sotsiologiyada nisbatan katta bo‘lmagan ijtimoiy tizimlardagi ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni tahlil qilishga haratilgan, alo-hida olingan hodisalarning mikrodarajadagi (kichik) jarayonlar bilan aloqa-sini individlar, kishilar xulq-atvorini shaxslararo o‘zaro ta’sirda o‘rganadi.
Makrosotsiologiya – katta ijtimoiy guruhlar va tizimlarni (masalan, ja-miyat, sivilizatsiya va hokazo) jarayonlarni, harakatlarni va hodisalarni, shuningdek, guruhlar faoliyatini uzoq muddat davomida o‘rganadi. Bunda asosiy e’tibor har qanday jamiyat mohiyatini tushunishga yordam beruvchi xulq-atvor modeliga qaratiladi. Ushbu model yoki tarkiblar oila, ta’lim, din, iqtisodiy va asosiy tuzum kabi ijtimoiy institutlarni tashkil etadi. Makroso-tsiologiya jamiyatning turli qismlari orasidagi o‘zaro aloqa va ularning o‘z-garish dinamikasini o‘rganadi.
Sotsiologiya katta amaliy ahamiyatga ega. Amaliy sotsial islohotlar bir necha yo‘nalishda boradi. Ular, birinchidan, ijtimoiy vaziyatni to‘g‘ri tu-shunish, uni nazorat qilishga imkon beradi; ikkinchidan, sotsiologiya har qanday vaziyatda madaniy qadriyatlar orasidagi tafovutni baholashga sha-roit yaratadi, bizning dunyoni madaniy qabul qilishimizni o‘stiradi; uchin-chidan, biz o‘zimizning muayyan siyosiy dasturlar qabul qilish (qasddan, o‘ylab, o‘ylamasdan shoshma-shosharlik bilam) faoliyatimizga baho bera olamiz; to‘rtinchidan sotsiologiya insonning o‘z-o‘zini bilishiga, o‘rga-nishiga yordam beradi, individlar va guruhlarga o‘z yashash sharoitlarini o‘zgartirishga imkon yaratadi.
1.2. Sotsiologiyaning tadqiqot usullari va uslubiyati
Ma’lumki, usul bilimga erishish, axborot olish va voqelikni tubdan o‘zgartirish vositasi, maqsadga erishish yo‘li, muayyan tarzda tartibga solingan faoliyat hisoblanadi. Usul bilish vositasi sifatida o‘rganilayotgan obyektni tafakkurda qayta hosil qiladi.
Ijtimoiy reallik haqida ma’lumot olish usuli oxir-oqibatda insonning dunyoqarashi, fikri, baholari «yoshi», «daromadi», «oilaviy sharoiti», «kas-bi» bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham, sotsiologik bilish tadqiqot «obyekti»ning subyektivligini, tadqiqotchining obyektni tahlil qilishdagi obyektivligini ham e’tiborga oladi. Sotsiologiyada obyektivlik va subyek-tivlikning o‘zaro bog‘liqligi o‘ziga xos xarakterga ega, ya’ni, bilish ja-miyatni tahlil qilish darajasiga, turli soha xususiyatlariga, ichki va tashqi vo-qealar, kuzatilayotgan va kuzatilmayotgan jarayonlarga bog‘liq.
Uslubiyat muayyan fanda tadqiq, etiladigan tadqiqot usullarining maj-muyidir. Sotsiologik bilishning har qanday darajasida tadqiqotning o‘z uslubiyati mavjud. Empirik darajada tadqiq etilayotgan sotsial voqelik to‘g‘risida aniq haqqoniy ma’lumot olish maqsadida mantiqan izchil bo‘lgan usullarni, uslubiy va tashkiliy-texnik ishlarni o‘zida ifoda etgan sotsiologik tadqiqotlar o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |