Gipotezani ilgari surish va tekshirish. Sotsiologik tadqiqotda gipo-teza bu ijtimoiy obyektlar strukturasi, shu obyektni tashkil etgan elementlar va aloqalar xarakteri, ular faoliyati hamda rivojlanishining mexanizmi to‘g‘risida asosli ilmiy taxmindir.
Ilmiy gipoteza tadqiqot obyektini oldindan tahlil qilish natijasidagina shakllanadi.
Gipotezaning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini belgilash jarayoni sotsiologik tadqiqot paytida uni tekshirish va empirik asoslash jarayoni hisoblanadi. Gipotezani bunday tekshirish natijasida nazariyalar yo tasdiqlanadi, yoki inkor qilinadi.
Axborotlarni tahlil qilish. Sotsiologga kerak bo‘lgan axborot avval-lari biror joyda tartibsiz yoki bir tizimga solingan shaklda hujjat tarzida qayd etilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tadqiqotchilar hujjatlarni tahlil etishning quyidagi usullaridan foydalanadilar:
hujjatlarning sifat tahlili («Muammoli» qidiruv, tematik umumla-shuv);
hujjatlarning miqdoriy tahlili (kontent-analiz).
Tadqiqotchi o‘z manfaatlari va qo‘yilgan vazifaning yo‘nalishiga bog‘liq ravishda rasmiy axborotni – hujjatlar, dalillar, rasmiy statistika va boshqalarni tahlil qiladi, keyin ekspertlar, respondentlarning subyektiv baho hamda fikrlarini o‘rganib, ularni to‘ldiradi.
Sotsiologik so‘rov. Dastlabki axborot olishning eng keng tarqalgan usuli so‘rov hisoblanadi. Uning yordamida barcha sotsiologik ma’lumot-larning 90% i olinadi. So‘rov har doim bevosita ishtirokchiga murojaatni taqozo etadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzatish qiyin bo‘lgan jarayonga qara-tiladi. Shuning uchun ham, so‘rov ma’lum bir sharoitda, vaziyatga begona ko‘zdan chetda bo‘ladigan ijtimoiy, jamoa va shaxsiy munosabatlarni o‘r-ganishda katta ahamiyatga ega.
So‘rov o‘tkazish aniq ma’lumot beradi. Tanlov asosida so‘rov o‘tka-zish tejamli bo‘lsa ham ma’lumotlar nisbatan noaniqroq bo‘ladi Agar barcha aholi yoki uning o‘rganilayotgan bir qismi asosiy va umumiy maj-muyi deb olinsa, tanlov asosida so‘rov o‘tkaziladiganlar uning aniq, kich-raytirilgan nusxasidir. Bunda xato yoki farq bir necha foizdan oshmaydi.
Demak, tanlab olingan majmuyi asosiy tadqiqot obyektining aniq nus-xasi bo‘lishi kerak. Originaldan chetga og‘ish reprezentativlik xatosi deyi-ladi. Reprezentativlik xatosi juda katta bo‘lmasligi lozim, aks holda, sotsi-olog tadqiqot natijalarini e’lon qilmasligi kerak bo‘ladi. Reprezentatsiya qilish tanlab olingan (guruh, element) lar yordamida asosiy va umumiy majmuasini aniq aks ettirishi talab etiladi. Matematik statistika sotsiolog-larni bu borada eng zamonaviy usullar bilan qurollantirdi. Bu yerda mu-himi shuki, sotsiolog kim asosiy majmuaning tipik namoyandasi hisob-lanishini aniqlash va barcha odamlar tanlov guruhiga tushish imkoniga ega bo‘lishiga erishishi lozim. Kim so‘rov qilinishini tasodif va matematika hal qiladi.
Tanlov asosida tadqiqot o‘tkazish sotsiologiyaning anketa so‘rovi, in-tervyu, kuzatish, eksperiment, hujjatlar tahlili kabi usullarining asosini tashkil etadi.
Sotsiologik so‘rovning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
– anketa to‘ldirish;
– intervyu.
Anketa to‘ldirishda so‘roq qilinuvchi savolnomani to‘ldiradi. Bu usul o‘z shakliga ko‘ra individual yoki guruhli bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |