«iqtisod-moliya»



Download 3,55 Mb.
bet19/163
Sana29.12.2021
Hajmi3,55 Mb.
#98025
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   163
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Korporatsiya (lotincha «corporatio» — «birlashma», «hamjamiyat» so‘zidan) biron-bir faoliyat yuritish uchun uyushgan aksiyadorlar jamiyati. Hozir bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xo‘jalikning barcha tarmoqlarida asosiy mavqega ega. Korporatsiyalar asosan bir xil mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradi. Investitsiya kapitali markazlashuviga yordam beradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti, mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlaydi.
Korporatsiyalar mulk egaligi ma’nosiga ko‘ra davlat, xususiy, qo‘shma (aralash), tarmoqlar bo‘yicha esa, sanoat, qishloq xo‘jaligi, aloqa va boshqalarga bo‘linadi.
Firma (italyancha «firma» — «imzo» so‘zidan) korxona, kompaniya va tijorat tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni, mulk shakli, xuquqiy holat va boshqalarga ko‘ra xilma-xil firmalar mavjud. Firmalarda band bo‘lganlar soni 2 — 3 kishidan 20 — 30 mingtagacha bo‘lishi mumkin.

Firmalarning quyidagi turlari farqlanadi:


affilirlangan (qo‘shilgan) — filial, sho‘’ba korxona shaklida yirikroq turdosh bosh korxona tarkibida faoliyat ko‘rsatadigan firmalar;
broker — tijorat maqsadini ko‘zlaydigan va mijoz topshirig‘iga ko‘ra va uning hisobidan vositachi sifatida faoliyat yuritadigan firmalar;
venchur — kichik va o‘rta investitsion firmalar hisob­ lanib, ilmiy tarkiblar va muhandislik ishlanmalarini amalga oshiradi;
investitsion — investitsiyalash va qimmatli qog‘ozlar bilan­ bog‘liq operatsiyalarni o‘tkazadigan firmalar;

57


injiniring — muhandislik maslahati ko‘rsatishga ixtisos­ lashgan firmalar;

innovatsion — yangi texnologiyalarni yaratish uchun barpo etiladigan firmalar;

konsalting — maslahat xizmati ko‘rsatishga ixtisos­ lashgan firmalar;

ishlab chiqarish firmalari — aniq bir mahsulot tayyor­ lashga ixtisoslashgan bo‘ladi;

savdo firmalari — savdo-sotiq bilan shug‘ullanadi;

rieltor firmalari — ko‘chmas mulk sohasidagi amallarga ixtisoslashgan bo‘ladi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barcha sohalarida 250 mingdan ortiq firmalar faoliyat ko‘r­ satmoqda.

Xolding (inglizcha «holding» — «egalik» so‘zidan) asosiy faoliyati korxonalar aksiyalarini o‘z tasarrufiga olish orqali ularning ishini nazorat qilish va boshqarishdan iborat bo‘lgan kompaniya, bosh korxona. Xolding tarkibida asosiy korxona yoki sho‘’ba korxona, yoxud bir necha sho‘’ba korxonalar mavjud bo‘ladi. Xolding kompaniyasining o‘zi ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanmasligi ham mumkin. Lekin, ko‘p hollarda xolding kompaniyalar aksiyalarini boshqarish bilan bir qatorda, moliya-kredit, savdo, transport va boshqa faoliyat
turlari bilan shug‘ullanadilar.


Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish