Korxona rahbarini yollash (tayinlash, saylash) va bo‘shatish korxona mol-mulki egasining huquqi bo‘lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek, o‘zi vakolat bergan idoralar yoki korxona kengashi orqali amalga oshiradi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida korxonalarning quyidagi turlari faoliyat ko‘rsatmoqda:
Xususiy korxona. O‘zbekiston Respublikasining «Xususiy korxona to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra, «Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan
tijoratchi tashkilot xususiy korxona», deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi. Xususiy korxonaning tashkiliy tuzilmasi quyidagicha (1.5-chizma) bo‘lishi mumkin.
1.5-chizma. Xususiy korxonaning tashkiliy tuzilmasi
Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka tarzda boshqaradi. Uning asosiy funksiyalari quyidagilardan iboratdir:
— nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
— xususiy korxonaning Nizom jamg‘armasini belgilash va shakllantirish;
— reja va hisobotlarni tayyorlash hamda tasdiqlash;
— xususiy korxonani rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
— xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
— xususiy korxona mulkini tasarruf etish (boshqa shaxsga, ijaraga berish, garovga qo‘yish, boshqa korxonalar nizom jam g‘armasiga hissa tariqasida kiritish va hokazolar).
Mas’uliyati cheklangan jamiyat. O‘zbekiston Respublikasining «Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar
1.6-chizma. Mas’uliyati cheklangan jamiyat boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi
to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan, «Bir yoki bir necha shaxs tomonidan tashkil etilgan, Nizom jamg‘armasi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga
bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi» (1.6-chizma).
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun qo‘shgan hissalari qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari esa, jamiyat majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-mulklari bilan hamma uchun bir bo‘lgan va qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda mustaqil tarzda javobgar bo‘ladilar. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari javobgarligining eng yuqori miqdori qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning Nizomida nazarda tutiladi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin. Bunday jamiyat bir shaxs tomonidan ham ta’sis etilishi mumkin bo‘lib, u jamiyatning yagona ishtirokchisiga aylanadi. Umuman esa, jamiyat ishtirokchilarining soni 50 kishidan oshmasligi lozim. Jamiyat ishtirokchilarining soni belgilangan me’yordan oshib ketsa, jamiyat bir yil ichida ochiq aksiyadorlik jamiyati etib qayta tuzilishi kerak.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyat boshqaruvining oliy organi hisoblanadi. Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish jamiyatning yakka boshchilik asosidagi ijro etuvchi organi tomonidan yoki jamiyatning kollegial organi tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |