«iqtisod-moliya»



Download 3,55 Mb.
bet17/163
Sana29.12.2021
Hajmi3,55 Mb.
#98025
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   163
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Aksiyadorlik jamiyati. O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra, «Nizom jamg‘ar­ masi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyadorlik jamiyati, deb hi­ soblanadi».

53




1.7-chizma. Xo‘jalik shirkatini boshqarish tashkiliy tuzilmasi
Aksiyadorlik jamiyatlari ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari shaklida bo‘lishi mumkin.
Qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlar roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari ochiq aksiyadorlik jamiyati, deb hisoblanadi (1.8-chizma).
Aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati, deb hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatini aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi boshqaradi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi mutlaq vakolatlariga quyidagilar kiradi:
— jamiyat Nizomiga qo‘shimchalar kiritish, yangi tahrirdagi Nizomni tasdiqlash;
— jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish;

— jamiyat kuzatuv kengashining tarkibini belgilash, uning a’zolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugallash;


54


— e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;
— Nizom jamg‘armasini ko‘paytirish va kamaytirish, o‘z aksiyalarini qaytarib sotib olish;



1.8-chizma. Aksiyadorlik jamiyatini tuzilmasi
— taftish komissiyasi a’zolari (taftishchi)ni saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatish;

— yillik biznes rejalarini, hisobotlarni, buxgalteriya balanslarini tasdiqlash, foyda va zararlarni taqsimlash.



Jamiyat kuzatuv kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
— jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
— aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarini chaqirish, ular uchun kun tartibini tasdiqlash;

— obligatsiyalar va qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish;


— mol-mulkning bozor qiymatini belgilash;
— jamiyatning sho‘’ba va tobe filiallarini tashkil etish, vakolatxonalarini ochish.

55


Aksiyadorlik jamiyatining kundalik faoliyatiga rahbarlik yakka — boshchilik asosida — ijroiya organ (bosh direktor) yoki kollegial organ (direksiya, boshqaruv) tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida bozor infratuzilmalarini shakllantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, boshqaruv, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar boshqaruvini takomillashtirish jarayonida kompaniya, firma, konsern, korporatsiya, xolding hamda boshqa xo‘jalik birlashma va uyushmalari tashkil topdi.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish