Dastlabki bosqichda inson maktabda o‘qiydi, o‘rta maxsus, oliy ma’lumot oladi. Bu, odatda, 25 yoshgacha davom etadi. Ana shu davrgacha o‘zining ehtiyojlari va imkoniyatlariga javob beradigan faoliyat turini topish uchun bir necha xil ish bilan shug‘ullanishi mumkin. Agar u shunday faoliyat turini topa olsa, uning shaxs sifatida ijtimoiy shakllanishi boshlanadi.
Tiklanish bosqichi taxminan besh yil — 25 dan 30 yoshgacha davom etadi. Ana shu davrda xodim kasb egallaydi, zarur ko‘nikmalar hosil qiladi, uning malakasi shakllanadi, mustaqillikka erishishga ehtiyoj tug‘iladi. Odatda, shu davrda inson oila quradi. Shuning uchun uning mehnatiga to‘lanadigan haq miqdoriga qiziqishi kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |