Barcha darajalardagi davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining boshqaruv xodimlari, mutaxassislari:
— bosh mutaxassislar, yetakchi mutaxassislar, 1-, 2-, 3-toifali mutaxassislar va toifasiz mutaxassislar, jumladan, marketing va menejment bo‘yicha mutaxassislar; ma’muriy boshqaruvchilar (savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari) tomosha ko‘rsatuvchi muassasalarning ma’muriy boshqaruvchilari, navbatchi ma’muriy boshqaruvchilar, ma’lumot bazasi, tarmoqlari, zallar va boshqalarning ma’muriy boshqaruvchilaridan tashqari);
— afonomlar, auditorlar, arxeograflar, arxeologlar, arxitektorlar, loyiha va rejalashtirish ishlari bajaruvchilaridan tashqari;
— brokerlar, dillerlar;
— barcha nomdagi buxgalterlar;
— geologlar, gidrologlar;
— hujjat yurituvchilar;
— muhandislar;
— konstruktorlik, loyihalash va texnologik ishlarni bajaruvchilar;
— loyihalar, matematik ta’minot, algoritmlar va axborot ishlash dasturlarini ishlab chiqishda band bo‘lganlar;
— patent, ixtirolar, ratsionalizatorlik ishlari bilan, ilmiy-texnika axborotlari bilan band bo‘lganlar;
— ishlab chiqarish laboratoriyalaridagi;
— metrologiya va standartlashtirishda band bo‘lgan muhandislardan tashqari;
— instruktorlar, jismoniy tarbiya va sport, madaniy-ommaviy ishlar, ishlab chiqarish va mehnatning ilg‘or usullari bo‘yicha instruktorlardan tashqari;
— fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruvi bo‘yicha hududlarga biriktirilgan organlari, mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha tumanlar, shahar bo‘linmalari xodimlari;
— nazoratchilar, nazorat, saqlash, qimmatbaho va yarim qimmatbaho metallarni navlarga ajratish va berish bo‘limlari nazoratchilari va mutaxassislaridan tashqari;
— mexaniklar, asbob-uskunalarni ishlatish, sozlash va ta’mirlashda band bo‘lgan mexaniklardan tashqari;
— farmakologlar, farmatsevtlar (dorishunoslar);
— energetiklar, epidemiologlar, ekspertlar, olimlardan tashqari;
— haydovchilar (boshqaruv xodimlariga xizmat ko‘rsatuvchi);
— komendantlar;
— binolar va inshootlarga joriy va mukammal ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi ishchilar;
— san’atshunoslar;
— marksheyderlar;
— normirovshiklar (normalovchilar, me’yorchilar);
— barcha nomdagi iqtisodchilar, loyihachilik va
konstruktorlik tashkilotlarining ishlab chiqarish bo‘linmalarida loyihalarni texnik-iqtisodiy asoslashda band bo‘lganlardan tashqari;
— maslahatchilar, jumladan, iqtisodiy maslahatchilar, referentlar;
— ustki kiyim-boshni qabul qilib oluvchi (garderobchi);
— lifterlar;
— chilangar-santexniklar;
— inspektorlar, pensiya va nafaqalarni tayinlash, to‘lash, nafaqaxo‘rlarga, qariyalarga va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha inspektorlardan tashqari;
— kartograflar, koloristlar;
— metodistlar, o‘quv muassasalari, madaniy-ma’rifiy muassasalar, metodik kabinetlar (metodik xonalar)ning metodistlaridan tashqari;
— taftishchilar, muharrirlar;
— statistikachilar, mehnatni tashkil qilish bo‘yicha sotsiologlar, texnologlar, mehnat bo‘yicha fiziologlar;
— yuriskonsultlar va boshqaruv xodimlarining boshqa mutaxassislari.
Do'stlaringiz bilan baham: |