III. Barcha darajalardagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari texnik xodimlari lavozimlari
1. Texnik xodimlarning lavozimlari:
— agentlar, buyurtmalar bo‘yicha, tashishlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish bo‘yicha, yuklarni tashish bo‘yicha agentlardan tashqari;
— arxivariuslar;
— kutubxonachilar;
— ruxsatnoma byurosi navbatchilari;
— ish yurituvchilar;
— dispetcherlar;
— xo‘jalik mudirlari;
— ish haqi beruvchi va pul hujjatlarini bank tashkilotlariga yetkazib beruvchi kassirlar;
— omborchilar (kladovshik);
— mashinistkalar;
— ko‘paytiruvchi, nusxa ko‘chiruvchi texniklar, EHM operatorlari;
— rahbarlarning kotiblari, kotib-referentlar;
— hisobchilar;
— telefonistlar;
— hisoblash texnikasiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texniklar va muhandislar;
— ekspeditorlar, kod qo‘yuvchilar, korrektorlar, kuryerlar (feldegerlar), pasportistlar (pasport beruvchilar), ma’lumot va axborot materiallarini yig‘uvchilar va ishlov beruvchilar;
— xizmat ko‘rsatish sohasidagi buyurtmalar, tovarlarni qabul qilib oluvchilar, radiotexniklar, registratorlar, xo‘jalik xodimasi (sestraxozyayka), smetachilar, pochta jo‘natmalarini va bosma asarlarni navga ajratuvchilar, tabel to‘ldiruvchilar, taksirovkachilar, tarifikatorlar, telefonistlar, hisobchilar, xronometraj qiluvchilar, shifr qiluvchilar va boshqalar.
2. Yuqorida qayd etilgan ro‘yxatlarga boshqa lavozimlarni kiritish yoki ro‘yxatning tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining faoliyat xususiyatini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-avgustdagi 363-sonli qarorini bajarish maqsadlarida ishlab chiqilgan va muhofaza qiluvchi tuzilmalar vazirliklari va idoralari, huquqni himoya qilish organlari va sudlardan tashqari mulk shaklidan va moliyalashdan qat’iy nazar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining (keyinchalik-tashkilotlar va muassasalar) boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar sonining cheklangan nisbatini belgilash tartibini belgilaydi va qo‘llaniladigan asosiy ta’riflar:
a) xodimlar — korxona, tashkilot, muassasaning yollash asosida ishlaydigan va ishchilarning umumiy cheklangan soniga qo‘shiladigan barcha ishchilarning yig‘indisi:
b) xodimlarning cheklangan umumiy soni — korxona, tashkilot, muassasaning mehnatni tashkil qilish va texnologik rivojlanishning mavjud darajasida oldinga qo‘yilgan maqsad va
70
vazifalarga erishish uchun zarur bo‘lgan xodimlarning maksimal soni. Xodimlarning cheklangan umumiy soni quydagicha belgilanadi:
— hukumat qarorlariga muvofiq tashkil qilingan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar qarorlari bilan. Bunda, ularning hududiy va qaramog‘idagi bo‘linmalar uchun cheklangan umumiy soni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining umumiy cheklangan soniga qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |