Suv tiriklik manbaidir. Suvsiz uzog‘i bilan ilon, odam 3-4 kun, tu- ya esa 8-10 kungacha yashay olishi isbotlangan. Chivin (pashsha), qurt- qumursqa, kapalak va h.k.lar go‘yo suv iste’mol qilmaydiganday tuyula- di, lekin ular yer, tosh, havo namligidan ozuqa olib, yashash xususi- yatlari mavjud.
Jamiyat taraqqiyotida, ayniqsa ishlab chiqarish va mahsulot olishda (ekinlar, sanoat va turli xil sohalar) suvga teng keluvchi biror-bir omil yoki vosita yo‘q. Suvning o‘rnini bosadigan hech bir narsa yaratilgan emas. Suv faqat iste’mol yoki ekinlarni sug‘orish, buyumlarni yuvishda- gina (konlarning mahsuloti) emas, balki salomatlikni yaxshilash, jis- monan rivojlanishda ham o‘ziga xos xususiyatga ega. Suv ichish, unda cho‘milish va suzishning ham vaqti, me’yori bor va ularga amal qilish lozim bo‘ladi. Bularni har bir inson ongli tushunishi, bilishi, ulardan maqsadli foydalanishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |