Inson tanasining biologik xususiyatlari va ularga jismoniy tarbiyaning ta’siri
Insonning morfologik tuzilishi (anatomiya) va undagi biologik, fiziologik hamda psixologik jarayonlarning kechishi bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Buni oddiy misolda ko‘rish mumkin:
oziq-ovqat, suv, havoning organizm oziqlantirishi;
qon aylanishi, yurak urushi, nafas olish va chiqarish, hazm qilish organlarining ishga solishi;
Organizmning tirikligi va turli harakatlar qilishda kuch, quvvatni oziq-ovqatlarning hazm qilinishi, issiqlikning (qon orqali tabiiy ravishda paydo bo‘lishi) orqali;
oziqlanish, quvvat va harakatlar orqali bosh miyaning fikrlovchi qobiliyatga ega bo‘lishi;
so‘z va amaliy faoliyatlarning bosh miyada aks etishi hamda ularning yuzaga kelishi va h.k.
Inson tanasidagi har bir ichki va tashqi a’zolarning o‘z faoliyati (funktsiya) mavjud. Bu faoliyat bosh miya orqali yurak, qon tomirlari, asab tolalari, nafas olish va chiqarish yo‘llari va boshqa a’zolar ishida ko‘rish mumkin.
Umuman olganda, tanada modda almashish, hazm qilish (assimu- lyatsiya va distimilyatsiya) jarayonlari ko‘proq biokimyoviy yo‘llar bilan amalga oshiriladi.
Olimlar inson tanasining tuzilishi va ularning faoliyatlarini ulkan va betakror mashinaga o‘xshatadi. Ichki a’zolarda (jigar, o‘t, buyrak, taloq, oshqozon va h.k.) kechadigan biokimyoviy va fiziologik jarayon- larni esa eng katta, murakkab laboratoriya, deb atash mumkin.
Bu jarayonlar o‘quvchi-yoshlar va talabalarga anatomiya, fiziolo- giya, biologiya, kimyo, psixologiya va boshqa fanlardan ma’lum.
Yuqoridagi fikr-mulohazalar va asosli xulosalardan aytish mumkinki, inson tanasidagi barcha funktsiyalar, hatto uxlash, uyg‘onish, harakat-mehnat qilish, ovqatlanish, hayotdan huzurlanishda biologik va fiziologik jarayonlar tabiiy ravishda amalga oshadi. Ularni bosh miya- dagi markazlar boshqaradi, xotira, tafakkur va ongning ustuvorligi tufay- li barcha faoliyatlar yuzaga chiqadi.
Insonlar, umuman barcha jonzodlar havo, suv, yorug‘lik, issiqlik va oziq-ovqatlar bilan hayotdir. Ular tabiatda, shuningdek, inson tana- sida o‘zaro birikmalar hosil qiladi va turli xil reaksiyalar natijasida tana- da his qilinadi.
Inson nimalar bilan oziqlanmasin yoki suyuqliklarni (suv, shirin- lik, spirtli ichimliklar v.h.k.) iste’mol qilmasin, ularning qonida rang o‘zgarmaydi, ya’ni qizillik yo‘qotilmaydi. Buning ososiy siri nimada? Ya’ni qondagi oq va qizil tanachalar o‘rtasidagi kurashlar (reaktsiya) buni doimiyligini ta’minlaydi.
Tananing asosiy tirikligi va issiqlik quvvatini (harorat) ta’min- lovchi birdan-bir omil qon hisoblanadi. Qonda salbiy o‘zgarishlar yuz bersa, tananing harorati odatdagidan (360) baland ko‘tarilishi, turli kasalliklarning alomati, ayniqsa qon bosimining pasayishi yoki ko‘ta- rilishidan dalolat beradi. Bunday jarayonlar u yoki bu sabablar bilan (ko‘proq kimyoviy jarayonlar) yuzaga kelishi mumkin. Ularning oldini olish, kasalliklarga yo‘l ko‘ymaslik uchun qon tarkibi, uning bosimini (normal 70/120) vaqti-vaqti bilan tekshirib borish, doimiy kuzatish zarur. Bu yo‘lda jismoniy tarbiya vositalari, ayniqsa sport turlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Jismoniy mehnat, faol harakatlarning fiziologik ta’sirlari haqida yuqorida ta’kidlangan edi. Ularni yana bir bor eslash zarurdir. Ya’ni yurish, yugurish, sakrash, yuk ko‘tarish, suvda suzish, kurash, boks, shtanga, tennis va umuman barcha sport turlari (shaxmat va shashka bundan mustasno) bilan shug‘ullanish faol va yuqori darajada harkat
qilishga olib boradi. Bu esa mushaklar, bo‘g‘inlar, umurtqa pog‘onalari harakatini tezlashtiradi. Shu asosda nafas olish va chiqarish tezlashib, chuqurlashib boradi. Bu jarayonlar yurak urishi va tomirlarda qon aylanishini tezlashtiradi. Natijada oshqozon, ichak, buyrak va boshqa a’zolarning ish qobiliyatini oshiradi. Shu sababdan qonlar to‘qima va hujayralarga tez etib boradi va ularni oziqlantirish bilan bir qatorda issiqlik quvvatini (harorat) beradi. Keyinchalik harorat ortsa, hujayra va to‘qimalardagi ortiqcha suv, tuz va boshqa keraksiz moddalar tez yuzaga chiqadi. Bunday kimyoviy, biologik va fiziologik hodisalar jismoniy tarbiyaning ijobiy ta’siri deb ta’riflanadi.
Ta’kidlash lozimki, talabalar tanadagi kimyoviy, biologik, fiziolo- gik o‘zgarishlarni tegishli fanlar, ilmiy-nazariy maqolalardan bilib olish- lari ularni o‘z ustilarida tajribadan (laboratoiya qismida) o‘tkazishlari maqsadga muvofiqdir. Chunki, bu ovqatlanish tartibi, me’yori, hajmi va vaqtlarini yaxshi bilishga yordam beradi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugu’llanib, organizm- da modda almashish, tana a’zolarini kuchsiz, o‘rta va kuchli (sekin, o‘rta va tez) haroratlarga keltirish yo‘li bilan ularning bir zaylda yaxshi ishlashi, chiniqishiga erishish mumkin. Bu, asosan bo‘yin, yelka, qo‘llar, oyoqlar, gavdadagi bo‘g‘inlar hamda umurtqa pog‘onalarining elastikligi, burilish, egilish, tortilish va h.k. harakatlar yengil bo‘lishi ta’minlaydi.
Demak, jismoniy mashqlarni doimo bajarib borish qon aylanishi hamda oziqlantirish, issiqlik quvvati bilan ta’minlashning manb’ai, de- yish mumkin. Shu sababdan ham jismoniy tarbiya bilan muntazam shu- g‘ullanuvchilar sog‘lom, tetik, chaqqon, yengil bo‘ladi va ishda tez toli- qib qolmaydi. Mahoratli sportchilarning gavda tuzilishi ko‘rkam bo‘ladi, mushaklari bo‘rtib turadi, boks, kurash, shtanga ko‘tarish, gimnastika mashqlarini bajarish, yugurish va sakrash jarayonlarida mushaklar (to- nus), tez ko‘zga tashlanadi.
Xulosa qilib aytganda, inson tanasining rivojlanishi va chiniqishi uchun to‘g‘ri va me’yorida ovqatlanish, to‘gri dam olishni ta’minlash, o‘z vaqtida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanib borish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |