Iqtisod kafedrasi


Tadqiqotda qo`llanilgan uslublar



Download 207 Kb.
bet5/12
Sana31.07.2021
Hajmi207 Kb.
#134198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Yosinov D. kurs ishi KRS

Tadqiqotda qo`llanilgan uslublar. Tadqiqot jarayonida tizimli va omilli tahlil qilish, iqtisodiy-matematik, statistik guruhlash va ekspert baholash kabi usullardan keng foydalanilgan.

Bitiruv malakaviy ishning tarkibi. Ish kirish, uchta reja, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan tashkil topgan. Uning umumiy hajmi 42 bet bo`lib, unda 4 ta jadval mavjud


  1. Kichik korxonalarning bozor faoliyatini kengaytirishda konstruktorlik va texnologik yangiliklarni joriy etishning dolzarbligi va muhim jihatlari

Korxona yuridik shaxs huquqiga ega mustaqil xo’jalik yurituvchi subekt bo’lib, mulkdan foydalanish asosida u mehnat jamoasi tomonidan maxsulot ishlab chiqaradi va sotadi, ishlar bajaradi va xizmat ko’rsatadi.

Korxona mulk shakliga ko’ra bir-biridan farqlanadi:


  • fuqarolar mulkiga asoslangan: xususiy, oilaviy korxona;

  • jamoa mulkiga asoslangan: korxona, ishlab chiqarish shirkatlari, shirkatlarga tegishli korxona, aktsionerlar jamiyati va boshqa xo’jalik jamiyatlari, ijtimoiy tashkilotlar, diniy tashkilotlar korxonasi;

  • davlat mulkiga asoslangan korxona.

Shuningdek, yuridik shaxs huquqiga ega ta‘sischilar uyushmasiga asoslangan ko’shma korxona xam tashkil etiladi. Ko’shma korxona ta‘sischilari jumlasiga chet ellik yuridik shaxslar va fukarolar xam krishi mumkin. Xo’jalik oboroti va ishlovchilar soniga boglik xolda korxonalar yirik, o’rta va kichiq bo’lishi mumkin.

Kichiq korxonalarni tashkil etish va ular faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari konun tomonidan belgilab ko’yiladi. Korxonalarning boshqa turlari masalan, ijara korxonalari xam mavjud. Korxonalar ko’ngilli asosda uyushma, xo’jalik assosatsiyalari, kontsern va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin. Bu birlashmalar zimmasiga ba‘zi ishlab chiqarish, xo’jalik vazifalarini markazlashgan xolda bajarish topshiriladi.

Korxonalar xalq xo’jaligining sanoat, qishloq xo’jaligi, kurilish, transport, aloka, fan, ilmiy tekshirish, savdo, moddiy-texnikaviy ta‘minot, xizmat ko’rsatish va boshqa tarmoklarida faoliyat yuritadilar. Ular bir vaqtning o’zida bir necha xil faoliyat turi – agrar-sanoat, sanoat-savdo, sanoat-kurilish, ilmiy-ishlab chiqarish faoliyatlari bilan shugullanishlari mumkin.

Korxonaning asosiy vazifasi – ijtimoiy extiyojlarni yuqori iste‘mol sifatlariga ega bo’lgan maxsulotlar bilan kam sarf qilib ta‘minlanishi, buning asosida butun jamoa farovonligi, korxona mulki egasi manfaatlarini ta‘minlashga erishishdir. Bu vazifani amalga oshirish yo’lida korxona kuyidagilarga erishishi lozim:



  • ishlab chiqarishning rivojlanishi va samaradorligi ortishi; uni xar tomonlama jadallashtirish, fan-texnikani tarakkiy ettirish, mehnat unumdorligini oshirish, resurslarni tejash, foydani ko’paytirish;

  • jamoani ijtimoiy jixatdan rivojlantirish, ijtimoiy soxaning zamonaviy moddiy asosini shakllantirish, yukori unumdor mehnat uchun imkoniyatlar yaratish, mehnatga karab taqsimot tamoyilini amalga oshirish, atrof muxitni ximoya qilish va yaxshilash;

  • mehnat jamoasining o’z-o’zini boshqarish, xar bir ishlovchini davlat, jamoa, xususiy mulkdan xakikiy mulkdor sifatida foydalanishga kiziqtirish, shuningdek, ularda jamoa va davlat ishlariga kizikish uygotish.

Korxona, odatda, mulk egasi yoki uning vaqili bo’lgan tashkilot, korxona, muassasa qarori bilan, yo bo’lmasa, jamoa qarori bilan ta‘sis etiladi. Korxona mulki egasi rozi bo’lgan xolda va korxona tomonidan avval olingan majburiyatlarni bajargan xolda, tashkilotlarning bir yoki bir necha bo’linmasi shu bo’linma jamoasi qarori bilan ajralib chiqishi mumkin. Korxonani ta‘sis etish va uning faoliyatini yuritish uchun yer maydoni ajratish, zarur bo’lgan xolda tabiiy resurslardan foydalanish uchun ruxsat tuman yoki shaxar xokimliklari tomonidan beriladi. Korxona davlat ro’yxatidan o’tgan kundan boshlab ta‘sis etilgan va yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan xisoblanadi. Davlat ro’yxatidan o’tish tuman, shaxar xokimliklarida amalga oshiriladi. Korxona davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’grisida o’n kun muddat ichida moliya vazirligiga yagona davlat ro’yxatiga kiritish maksadida e‘tibor beriladi.

Korxona davlat ro’yxatidan o’tish uchun xokimiyatga uni ta‘sis etish to’grisida qaror, korxona nizomi va boshqa xujjatlar takdim etiladi. Agar korxona uch kun muddatda ro’yxatdan o’tkazilmasa, yoki ro’yxatdan o’tish rad qilingan takdirda, ta‘sischi rad etish asoslanmagan deb xisoblagan xolda u sudga murojaat etishi mumkin. Korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun konunda ko’rsatilgan mikdorda badal olinadi. To’plangan mablaglar korxona ro’yxatidan o’tgan shaxar, tuman byudjetiga o’tkaziladi.

Yangi ta‘sis etilgan korxona yuridik shaxs hisoblanadi, o’z shaxobchasini ochish, shuningdek joriy xisob rakamiga ega bo’lgan boshqa tashqiliy birliklar ta‘sis etish huquqiga ega bo’ladi.

Bunday bo’linmalar va korxonalarni joylashtirish masalasi maxalliy xokimiyatlar bilan belgilangan tartibda xal etiladi. Korxona o’z ta‘sischisi tomonidan tasdiklangan nizom asosida faoliyat yuritadi. Korxona nizomida korxona nomi, manzili, faoliyat maksadi, boshqaruv va nazorat tashkilotlari, ularning vakolatlari, korxona mulki shakllanishi va foyda (daromad)ni taksimlash tartibi, korxonani kayta tashkil etish yoki faoliyatini to’xtatish, shartlari ko’rsatiladi. Nizomda shuningdek, korxona faoliyati bilan boglik, konunga zid bo’lmagan boshqa koidalar xam ko’rsatilishi mumkin.

Korxona mulki, bu – uning asosiy aylanma fondlari xamda kiymati korxonaning mustakil balansida aks ettirilgan boshqa boyliklardir. Korxona mulki nizomga muvofik unga to’lik mulkdorlik va egalik qilish huquqi bilan tegishli bo’ladi. Ta‘sischilarning pul va moddiy badallari, maxsulot sotish va xizmat ko’rsatish, shuningdek, xo’jalik faoliyatining boshqa turlari natijalari; bank va boshqa kreditorlar karzlari; byudjetdan kapital ko’yilma va dotatsiyalar, tashkilot va fukarolarning beғaraz va xomiylik badallari, konun tomonidan takiklanmagan boshqalar korxona mulki manbasi bo’lib xizmat kiladi.

Korxona konunchilikka muvofik xolda yer, suv, yer osti, o’rmon va boshqa tabiiy resurslarni kuriklash, tiklash va munosib ravishda foydalanish me‘yorlari va talablariga o’z faoliyatida amal qilish bo’yicha javobgarlikka ega.

Korxona ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish mehnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish maksadida ko’shimcha mablaglarni jalb qilish uchun kimmatli kogozlar chiqarish huquqiga ega.

Davlat korxona mulkiy huquqlarini ximoya qilishni kafolatlaydi. Davlat tomonidan korxona asosiy va aylanma fondlari va boshqa boyliklarini fakat konunda ko’rsatilgan xollardagina tortib olinishi mumkin.

Korxonaning mulkiy huquqiga fukarolar, yuridik shaxslar, davlat tashkilotlari tomonidan keltirilgan zarar sud qarori bilan kaytariladi.

Davlat mulk ko’mitasi va uning raxbarligida tuzilgan joylardagi mulk ko’mitalari korxona mulkini xususiylashtirish bo’yicha qaror qabul kiladi va bu jarayonni tartibga soladi.

Korxona xo’jalik mexanizmi - bu xo’jalik yuritishning tamoyil, usul va shakllari ko’lami bo’lib, ular yordamida ishlab chiqarish jarayoni va mehnat jamoasini boshqarish, mehnat jamoasini boshqarish munosabatlar tizimi bilan ishlab chiqarish asosiy vositalari o’rtasida aloka va o’zaro ta‘sir amalga oshiriladi. Bu murakkab tashqiliy – iqtisodiy tizim bo’lib, rejalashtirish xo’jalik xisobi, moddiy texnika ta‘minoti, boshqarish tamoyillari va usullari, korxona kadrlar va ularning korxonaning boshqarishdagi katnashuvi, fan-texnika tarakkiyoti va maxsulot sifatini oshirish, mehnat faoliyatini ijtimoiy rivojlantirish, mehnatni va unga xak to’lashni tashkil etish, kredit va xisob kitoblar, tabiatdan foydalanish va atrof-muxitni ximoya qilish, xisob, xisobot, nazorat, korxonaning yukori tashkilotlar va maxalliy xokimiyatlar bilan munosabatlar, tashki iqtisodiy alokalarni kamrab oladi. mehnat jamoasi faoliyatini, uning ishlash usullari va yo’llarini baxolash uchun mos me‘yor va ko’rsatkichlar, korxona ishini tartibga solish esa huquqiy xujjatlar, standart, me‘yorlar vositasida amalga oshiriladi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida korxona xo’jalik mexanizmi barcha bo’ginlarning ishini yaxshilash bo’yicha tartiblar amalga oshirilmokda: korxona boshqaruvining butun tizimi puxtalashtirilmokda, xo’jalik faoliyati yakuniy natijalarga karatilmokda, boshqarishning tashqiliy tartibi, tamoyil va usullari takomillashtirilmokda; mehnatni tashkil etish va xak to’lashning ilmiy asoslari joriy etilmokda; korxona faoliyati me‘yor va ko’rsatkichlari o’zgarmokda; korxonini boshqarishda oshkoralik va demokratizm kengayishi, xar bir ishlovchi daromadi uning ko’shgan xissasi va korxona faoliyati natijasi bilan aniklanishi muvoffakiyatli unumdor faoliyat uchun asos yaratmokda, kator iqtisodiy va tarbiyaviy masalalar xal etilmokda.

Korxonani texnikaviy jixatdan kayta jixozlash korxonani rivojlantirish, fan, texnika fondi, xamda bank kreditlari xisobidan amalga oshiriladi. Moddiy-texnikaviy ta‘minotni belgilash uning samarali va barqaror ishlashi moddiy resrslardan samarali foydalanish zaruratidan kelib chiqadi. Korxona moddiy resurslarga bo’lgan extiyojini aniklab ularni ulgurji bozoridan sotib oladi. U iste‘molchilar, savdo va moddiy ta‘minot korxonalariga xo’jalik shartnomasiga asosan maxsulot sotadi va xizmat ko’rsatadi, yoki o’z savdo shaxobchalarida ularni sotishi mumkin. Korxona faoliyatini baxolovchi muxim me‘yor buyurtma va shartnomalarni o’z vaktida bajarishdir. Korxona talabni o’rganishi va reklamani amalga oshirishi lozim.

Ishlab chiqarish samaradorlikni oshirish, unda ishlovchilar xo’jalik va mehnat faoliyatini ko’chaytirishning muxim omili bo’lgan faol ijtimoiy siyosat olib borish korxona faoliyatining muxim yo’nalishi bo’lmogi lozim. U, shuningdek, mehnatkashlar, ular oilasi, urush va mehnat fayriylarining mehnat va turmush sharoitini yaxshilash xakida gamxo’rlik qilishi lozim. Korxona jamoasi ijtimoiy extiyojlarini kondirish imkoniyatlari uning faoliyati natijalari, sof foyda bilan belgilanadi.

Korxona o’z ijtimoiy faoliyatini maxalliy tuman va shaxar xokimiyatlari bilan xamkorlikda amalga oshiriladi.

Yangi xo’jalik mexanizmini shakllantirishni butun boshqaruv tizimini islox kilmay amalga oshirib bo’lmaydi. Bu isloxot fakat korxonalar iqtisodiy xayoti boshqaruvining markaziy bo’ginlari tarkibi va vazifalar, iqtisodiy ta‘sir va ragbatlantirishning tashki ko’rinishini o’zgartiribgina kolmay, balki iqtisodiy tizi munosabatlarini yangilashi xam lozim.

Korxonaning gullab-yashnashi, raqobat kurashiga dosh berish, o‘z quvvatini saqlab turish yoki oshirib borishi, uning o‘zgarib borayotgan sharoitlarga moslashishida tashkiliy struktura muhim omil bo‘lib qoladi.

“Struktura” so‘zi lotincha bo‘lib, narsalar tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liq ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi.Korxonaning boshqarish strukturasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funksiyalarni bajaruvchi bir-biri bilan bog‘langan turli boshqaruv organlari va bo‘g‘inlarining majmui tushuniladi. Hozirgi kunda kompaniyalarning o‘z tashkiliy strukturasini qayta transformatsiya qilib, faoliyati va funksiyalarini iste’molchi talab-istaklariga to‘la moslashtirishga harakat qilmoqdalar.

XX asrning 90-yillarida dunyodagi ko‘pgina kompaniyalarda beqiyos darajada strukturaviy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bunday o‘zgarishlardan maqsad iste’molchilarga xizmat qilish darajasini oshirish, keraksiz boshqaruv bo‘g‘inlarini yo‘qotish, yangi tovarlar kashf etuvchi va ishlab chiqaruvchi ishchi guruhlar tashkil qilishdan iborat. Ya’ni kompaniyada tashkiliy tizimni o‘zgartirish tadbirlari o‘tkazish orqali tez o‘zgaruvchan muhitga moslashib, keskin raqobat kurashini yengib, korxona samaradorligini oshirishdan iboratdir. Kichik biznes korxonasini bozor talabiga moslashishi uning vertikal tashkiliy strukturasini atroflicha tahlil qilishni talab qiladi. Tahlil asosida qayta tuzilgan struktura biznes faoliyatini yuqori darajada olib boradi, bozorning barcha subyektlari bilan doimiy aloqani ta’minlaydi. Korxona boshqaruvining tashkiliy tuzilma (struktura)si - bu bo‘limlar, ishlovchilar o‘rtasidagi maxsus ishlab chiqilgan aloqalar va munosabatlarning yaxlit tizimini o‘z ichiga oladi va uning doirasida ishlovchi odamlar oldiga qo‘yilgan maqsadga eng samarali yo‘l bilan erishish vazifasini bajaradi. Kichik biznes korxonasini samarali ishlashi uchun unga qaysi ixtisosdagi mutaxassislar qanday malakada, qanday shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lgan qancha odamni birlashtirishi kerakligini aniqlab olishi kerak.

Ko‘pgina biznes korxonalarining tashkiliy strukturalari doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bunday o‘zgarishlar nafaqat vertikal boshqarish tizimini gorizontal boshqarish tizimiga o‘tkazish bilan kifoyalanadi, balki ushbu strukturalar orqali biznes korxonalari bozorning barcha subyektlari bilan aloqa qilib, samarali biznes faoliyati olib borishi lozim. Tashkiliy strukturalar boshqaruv bo‘g‘inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo‘ladi. Korxona tuzilmasida quyidagi elementlar ajratib ko‘rsatiladi: rahbarlik va aloqa (gorizontal va vertikal) o‘rinlar (bo‘limlar), darajalar (bosqichlar). Bo‘lim bu tashkiliy jihatdan alohida, mustaqil boshqaruv tashkilotidir. Bo‘lim (odamlar guruhi) tomonidan muayyan vazifaning bajarilishi uni shakllantirishning asosiy maqsadi hisoblanadi. Bo‘limlar o‘rtasidagi aloqalar gorizontal tusga ega. Bosqichlar o‘rtasidagi aloqalar bu vertikal bo‘yicha aloqadir. Ular qo‘yi darajalardan boshlab yuqori darajagacha erkin ifodalangan izchil bo‘ysunish tusiga ega

Har qanday, xatto kichik korxonada ham, yuqorida bayon etilgan tuzilma elementlarning hammasi mavjudligini aniqlash mumkin. Tadbirkor u tashkil etgan korxonaning mulkdori bo‘lib, uning ishiga rahbarlik qiladi. Vertikal bo‘yicha unga uning xodimlari bo‘ysunadi.Vertikal tashkiliy struktura o‘zaro subordinatsiya asosida bog‘langan bir necha boshqarish bosqichlaridan iborat.Boshqarish bosqichi iyerar-xiyaning muayyan darajasida amal qiladigan bo‘g‘inidir. Boshqarish bosqichlari bir boshqarish bo‘g‘inining ikkinchisiga, odatda quyi bo‘g‘inining yuqori bo‘g‘iniga izchillik bilan buysinishini ko‘rsatadi, ya’ni vertikal bo‘yicha bo‘linishidir.Ushbu barcha bo‘g‘in va bosqichlarning tarkibi va ularning o‘zaro bo‘ysinish tartibi, har bir boshqaruv organi va bo‘g‘inining huquq va burchlari, shuningdek, ular o‘rtasidagi munosabatlar tartibi, funksional bo‘limlarini vujudga keltirish, axborot bilan ta’minlash kabi boshqarishning tashkiliy tomonlari vertikal boshqarish tizimini tashkil etadi. Bularni mazmun va muddatlariga ko‘ra kelishib olish ishlab chiqarishning ko‘pgina unsurlarini tutashtirish ishlarini turli xizmatlar bajaradi. Ayrim hollarda funksional xizmatlar o‘rtasidagi bunday gorizontal aloqalar juda cho‘zilib ketadi, bir qancha bahs va nizolar bilan amalga oshiriladi va bu ishni muvofiqlashtirish juda qiyin kichadi.

Ma’lumki, biznes korxonalari tashkiliy bo‘limlari funksional, geografik, tovar, bozor prinsiplari asosida yoki ularning birgalikda (kombinatsiya asosida) qo‘llanilishi orqali tashkil topadi.

Hozirgi vaqtda samarali faoliyat olib borayotgan biznes korxonalari o‘z tashkiliy strukturalarida iloji boricha kamroq boshqarish bo‘g‘inlaridan tashkil topib, o‘z faoliyatlarida buyurtmalarni bajarish, yangi tovarlar kashf etish va ishlab chiqarishni rejalashtirish tovarlarni taqsimlash iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish kabi jarayonlarga katta e’tibor bermoqdalar.

Bu biznes korxonalarida boshqarish bo‘g‘inlarini qisqartirilib bir bosqichli boshqarish tizimini joriy qilinmoqda va boshqaruvchi (menedjer)lar sonini kamaytirmoqdalar.

Korxonaning turli vazifalarini (tashkilotchiliq marketing, buxgalteriya va xokazo) bajarayotgan xodimlari o‘rtasida gorizontal aloqalar o‘rnatiladi. Ular bevosita bo‘ysunish tusida bo‘lmaydi, lekin, ko‘pincha korxona turli ishlab chiqarish (amaliy) operatsiyalarining izchilligi va o‘zaro bog‘liqligini belgilaydi.

Aloqa tizimi barcha boshqaruv organlari o‘z vazifalarini bir-birlari bilan mustaxkam aloqada bajaradilar, degan ma’noni anglatadi. Aloqani yo‘qotish - boshqarishni yo‘qotish, degan ma’noni bildiradi. Aloqalar turli shaklda: chizikli (vertikal), funksional (gorizontal), tarmoqli, mintaqaviy bo‘lishi mumkin.

Kichik biznes korxonalari boshqaruv tuzilmalarining quyidagi tashkiliy turlari mavjud:


  • chiziqli;

  • chiziqli-funksional;

  • loyihalanadigan va matritsali;

  • venchur va firma ichki innovatsiyali.

Boshqaruvni chiziqli tashkil etish bevosita lavozim vazifalarini shu tarika taqsimlash asosida quriladiki, bunda, har bir xodim firma oldida turgan vazifalarni bajarishga eng ko‘p darajada yo‘naltirilgan bo‘ladi. Barcha vakolatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (chizikli) belgilanadi. Ular yuqori boshqaruv bo‘ginidan qo‘yi boshqaruv bo‘ginlariga qarab o‘zgaradi.

Boshqaruv tuzilmasini chizikli-funksional tashkil etish o‘z ichida ham chizikli, ham funksional boshqaruv elementlarini mujassamlashtiradi, ya’ni chiziqli boshqaruv maxsus yordamchi xizmatlar bilan mustaxkamlanadi.

Loyixaviy tuzilma maxsus loyixani ishlab chiqish va unga rahbarlik qilishda qo‘llanadi. U dasturiy-maqsadli deb ham nomlanadi. Matritsali yoki katakli tashkiliy tuzilma ana shu tuzilmaning takomili hisoblanadi.

Loyixaviy tuzilma --bu aniq vazifani hal etish uchun tashkil etiladigan vaqtinchalik tashkilotdir. U funksional bo‘linma ichida tashkil etiladi.

Matritsali tuzilma loyixaviy tuzilmalarining rivoji (takomili) hisoblanadi. U taqsimlashning ikki turi: vazifalar bo‘yicha va mahsulot bo‘yicha taqsimlashning uyg‘unlashuvidir.

Venchur va innovatsiya tuzilmalari loyixaviy (dasturiy-maqsadli) tashkiliy tuzilmalarining zamonaviy ko‘rinishi hisoblanadi. Biznesda tavakkal ish innovatsiyalar, ya’ni yangi texnologiyalar, tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etishda qo‘llaniladi.





  1. Download 207 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish