Tadqiqot ob`ekti va predmeti. Tadqiqot ob`ekti sifatida O`zbekiston Respublikasida faoliyat ko`rsatayotgan kichik korxonlarda konstruktorlik va texnologik yangiliklarni joriy etishning faoliyati tanlangan. Tadqiqotning predmeti kichik korxonalar faoliyatini qo`llab-quvvatlash va moliyalashtirish mexanizmi hamda uni takomillashtirish bilan bog’liq tashkiliy – iqtisodiy munosabatlarni o`z ichiga oladi.
Tadqiqot maqsadi –O`zbekistonda iqtisodiyotni barqaror o`sish sur`atlarini ta`minlash jarayonlarida kichik korxonalarning innovatsion faoliyatini rag’batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish va moliyalashtirishning samaradorligini oshirish yo`llarini tadqiq qilish hamda tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.