Iqtisod 9 sinflar Mavzu: Tadbirkorlik



Download 461 Kb.
bet61/114
Sana29.12.2021
Hajmi461 Kb.
#79561
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   114
Bog'liq
9sinf kanspekti iqtisod yillik

Iqtisodiy o’sish : Davlatning eng muhim vazifalaridan biri - mamlakatda iqtisodiy o'sishni boshqarib turishdan iborat. Chunki aholi soni oshib, ularning ehtiyojlari kundan kunga o'sib boradi. Demak, borgan sari ko'proq tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish lozim bo'ladi. Bunday sharoitda davlat mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini yuksaltirishi, ya'ni iqtisodiy o'sishni ta'minlashi lozim bo'ladi. Iqtisodiy o'sish deb mamlakatda muttasil ravishda yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshib borishiga aytiladi. Iqtisodiy o'sish darajasini bir necha usullarda hisoblash mumkin. Odatda, iqtisodiy o'sish - mamlakatdagi real YalMning o'sish darajasi bilan o'lchanadi. Yuqorida ko'rilgan misolda 2005 - 2008-yillari YalM ning real qiymati 1,27 marta oshgan bo'lib, bu - mamlakatda ko'rib chiqilayotgan davrda iqtisodiy o'sish kuzatilganligidan dalolat beradi. Ba'zida, iqtisodiy o'sish - YaMMning o'sish darajasi bilan yoki aholi jon boshiga to'g'ri kelgan real YaMM ning (yoki YalMning) oshish darajasi bilan ham o'lchanadi.

Iqtisodiy o'sishga ikki xil: ekstensiv va intensiv yo'llar bilan erishish mumkin. Ekstensiv o'sishga qo'shimcha miqdordagi ishlab chiqarish resurslarini ishlab chiqarishga jalb etish bilan erishiladi. Buning uchun yangi yerlar o'zlashtiriladi, ko'plab miqdorda foydali qazilmalar va mehnat resurslari ishlab chiqarishga jalb etiladi. Intensiv o'sish bor resurslardan samarali foydalanish orqali ta'minlanadi. Unga fan va texnika yutuqlari, yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, mehnat unumdorligini, ishchilarning bilim va malakalarini oshirish kabi yo'llar bilan erishiladi.

Iqtisodiy rivojlangan va rivojlangan davlatlar: Mamlakatda boy va kambag'al oilalar bo'lgani singari, dunyoda ham boy va kambag'al davlatlar bor. Xalqning boy yoki kambag'alligi unung iqtisodiy o'sish darajasi, ya'ni aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi milky mahsulot hajmi bilan o'lchanadi. Aholi jon boshiga to'g'ri kelgan YaMM miqdorining ko'p yoki kamligiga qarab, davlatlar rivojlangan va rivojlanayotgan guruhlariga bo'linadi. Rivojlangan davlatlarga AQSH, Kanada, Avstrahya, Yangi Zelandiya, Yaponiya va Yevropaning qator davlatlari, jami 24 davlat kiritilgan bo'lib, ulardagi aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YaMM qiymati 7510 dan 42000 dollargachani tashkil qiladi. Bu davlatlar iqtisodiyoti zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari, malakali mutaxassislar bilan ta'minlangan bo'lib, asosan, sanoat ishlab chiqarish sohalariga ixtisoslashgan. Rivojlanayotgan davlatlarning o'zi yana ikkiga: daromadlar darajasi o'rtacha va past bo'lgan davlatlarga bo'linadi. Daromadlar darajasi o'rtacha bo'lgan davlatlarga 67 ta davlat kiritilgan bo'lib, aholi jon boshiga to'g'ri kelgan YaMM qiymati 670 dan 7510 dollargachani tashkil qiladi. Bu davlatlar iqtisodiyoti asosan xomashyo eksporti va qishloq \o laligiga ixtisoslashgan. O'zbekiston daromadlar darajasi o'rtacha bo'lgan rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kiradi. Daromadlar darajasi past bo'lgan davlatlarga esa 42 ta davlat kiritilgan bo'lib, ularda aholi jon boshiga to'g'ri kelgan YaMM qiymati 60 dan 670 doll.irgachani tashkil qiladi. Bu davlatlarga Afrika qit'asi davlatlari va Hindiston kiradi. Bu ilavlatlarda aholi daromadining nihoyat darajada past bo'lganligi uchun ishlab chiqarishni i ivojlantirishga sarflanadigan sarmoyalar (investitsiyalar) ham juda kam bo'ladi. Natijada, mehnat unumdorligi pastligicha qoladi. Ishlab chiqarish hajmi kamayib, o'sib borayotgan aholi daromadlari borgan sari kamayaveradi. Rivojlangan mamlakatlardagi aholi jon boshiga to'g'ri kelgan YalM qiymati (Xalqaro Valuta fondi ma'lumotiga ko'ra, 2008- yil)


Download 461 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish