Ipak texnologiyasi


partiyasi, mog‘or, qobiqxо‘r, kemiruvchilar, saqlash, tagliklar, omborlar



Download 8,22 Mb.
bet4/33
Sana01.01.2022
Hajmi8,22 Mb.
#286413
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
IICHQIJNA chuvish ma'ruza 97

Tayanch so’z va iboralar: pillalar partiyasi, mog‘or, qobiqxо‘r, kemiruvchilar, saqlash, tagliklar, omborlar.
Pillalar partiya bilan qabul qilinadi va topshiriladi. Partiya deb-xohlagan miqdordagi quruq pillalarga bir mavsumda yetishtirilgan, bir zot va duragayga mansub, bir xil usulda va bir xil quritgichda quritilgan pillalarga aytiladi. Saralanmagan quruq pillalarni davlat standarti bо‘yicha qabul qilinadi. Quruq pillalarni saqlashda omborxonada qoplarni qо‘yish uchun tagliklardan foydalaniladi.

Quruq pillalar 30 kg li qoplarda oftob tushmaydigan, yog‘in-sochindan himoyalangan quruq joyda saqlanadi. Qoplar yerdan 0,5 m balandlikda kо‘pi bilan 7 qator qilib taxlanishi mumkin. Fabrikada pillalar 7-8 oylik zahira bilan saqlanishi sababli ularni zararkunandalardan saqlash kerak. Ular mog‘or, qobiqxо‘r va kemiruvchilardir. Omborxonada namlik yuqori, yoki pilla yaxshi qurimagan bо‘lsa mog‘or bosishi mumkin. Shu sababli ham pillalarni meyorlangan namlikka keltirib saqlash va omborxonani namlanib ketishiga yо‘l qо‘ymaslik kerak. Omborxonaga kemiruvchilar kelmasligi uchun pol qismi albatta sement bilan qoplab chiqiladi. Ular kо‘payib ketsa albatta zaxarlovchi usullar bilan ularga qiron keltirish kerak.

Quruq pillalarni omborda saqlanish davrida turli qobiqxо‘r zararkunandalar pilla sifatini pasaytiradi. Qobiqxо‘r qо‘ng‘izlarning 9 xili ma’lum bо‘lib, eng havflisi Dermestes Lardarius va Tragoderma versicolalar hisoblanadi.

1-rasm. Dermestes Lardarius qobiqxо‘r qo’ng‘izi: a-lichinkasi; b-qо‘ng‘izi.


Qobiqxо‘rning paydo bо‘lishi pillani dastlabki ishlash bazalaridan boshlanib, ular uchib yurganligi sababli pilla chuvish fabrikalariga ham kelib qolishi mumkin. Qobiqxо‘rlar birinchi navbatda g‘umbaklari kasallikdan о‘lib qolgan pillalarni kо‘proq zararlaydi.

Dermestes Lardarius va Tragoderma versicola qobiqxо‘r qо‘ng‘izlari rivojlanish bosqichlarining hammasini-tuxumlik, qurtlik, g‘umbaklik va qо‘ng‘izlik davrlarini kechiradi. Bahor oxirida urg‘ochi dermestes qо‘ng‘iz urug‘langanidan keyin tuxum qо‘yadi; 3-4 kundan sо‘ng tuxumlardan tuk bilan qoplangan qurtchalar chiqadi, ular juda tez rivojlanadi, pillaning pо‘stini kemirib teshadi-da, ichiga kirib g‘umbakni yeydi. Tuxumdan chiqgan dermestes qurtlari 40-50 kundan sо‘ng yetuk qо‘ng‘izga aylanadi, qо‘ng‘izlar ham pillani zararlaydi. Dermestes bir yil mobaynida bir necha avlod beradi.

Asosan, qobiqxо‘rga qarshi kurashilganda zaharli moddalardan foydalaniladi. Agar bu moddalar bilan ishlov berilgan taqdirda ham qо‘ng‘iz paydo bо‘lsa, ularni 900S temperaturada 15 min davomida quritilib, kechiktirilmagan holda chuvishga berish kerak.

Saralanmagan quruq pillalarni O’zRST 630-95 davlat standarti, hamda xalqaro davlat standarti GOST 31256-2004 boyicha qabul qilinadi. Quruq pillalarni saqlashda omborxonada qoplarni qoyish uchun tagliklardan foydalanamiz. Yog’ochdan ishlangan tagliklardan yerdan va devordan 0,3 m masofada joylashtiramiz. Qoplarga solingan quruq pillalarni taglik ustiga shaxmat shaklida joylashtiramiz. Saralanmagan quruq pillalar omborida 9 oylik zahira va 10% rezerv bilan hisoblaymiz.

Keladigan qoplar soni: nq=

Tagliklar soni: nq=

9 oylik zahira uchun pilla miqdori: m=

Omborxonada saqlanadigan qoplar soni: nqop=

ntag=

Qopning o’lchami lxExh 1,8x0,9x0,8

Taglik o’lchami lxExh 9x3,6x6

1 ta taglikdagi umumiy qoplar soni: lxExh= 10x2x8=160 ta

Ombordagi ustunlar orasidagi masofa 6x6 12x6

Uzunligiga qoplarning joylashishi: St=3,6x9x24=777

Foydali yuza: Sfoy=42x36=1512

Omborning yuzasidan foydalanish koeffitsiyenti: Ks=

Omborning xajmidan foydalanish koeffitsiyenti: KV=


Saralanmagan pillalarni saqlash ombori


3,6




9



42

4






3,5

3,5


36


Mavzu: Xom-ipak assortimentlari

Reja:


  1. Xom-ashyo- pillaga qо‘yilgan talablar.

  2. Tayyor mahsulot – xom ipakka qо‘yilgan asosiy talablar.



Download 8,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish