Tayanch so’z va iboralar: kalibr, rang, ipakchanlik miqdori, uzluksiz uzunligi, xom ipak chiqishi, tirik pilla.
Pilla chuvish korxonalarining asosiy xom ashyosi – pilladir. Hozirgi kunda pillani sifatiga katta e’tibor berilyapti. Sifatli pilladan ipak chiqish miqdori yuqori bо‘ladi va ishlab chiqarish samaradorligi oshadi. Xom ashyoga quyidagi talablar qо‘yiladi:
Pilla bir turda, о‘rtacha kalibrda bir xil rangda bо‘lishi kerak.
Ipakchanlik miqdori – 50-54% dan kam bо‘lmasligi kerak.
Uzluksiz uzunligi 800-850 m dan kam bо‘lmasligi kerak
Ipakning umumiy uzunligi 1400-1500 m dan kam bо‘lmasligi kerak.
Xom ipak chiqishi 42% dan kam bо‘lmasligi kerak.
Pilladan chuvilgan ipak 45 % dan kam bо‘lmasligi kerak.
Pilla qobig‘idagi seritsin miqdori 25 % dan kam bо‘lmasligi kerak.
Loyihalanayotgan korxonaga keltirilayotgan xom ashyolardan sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun yangi zot va duragay ipak qurtlari о‘ragan pillalarni qilishimiz zarur.
Zamonaviy pillachilik va pilla sanoatini xom ashyo ba’zasini rivojlantirishsiz tasavvur qilish qiyin, ya’ni xom ipak va pilla ipini sifatlari bо‘yicha ma’lum darajada yuqori bо‘lgan yangi zot va duragay ipak qurtlari seleksiyasiz bо‘lmaydi. O’zbekistonda rayonlashtirilgan yaxshi duragaylarga asosiy talablar:
- 1 gramm qurtdan olinadigan hosil 4-5 kg kam bо‘lmagan.
Tirik pillaning о‘rtacha vazni 1,8 – 1,9 gramm.
Tirik pillaning ipakchanligi 24 % dan kam bо‘lmasligi kerak.
Rangi oq; Shakli oval; Kalibri bо‘yicha bir teks (17-19 mm) va uzunligi (32-36 mm)
Pilla qobig‘idan erigan moddalar darajasi 25 % dan kam bо‘lmasligi kerak.
Pilla duragaylari texnologik xususiyatlari
2-jadval
Texnologik tavsifnomasi
|
Duragay nomi
|
Farg‘ona-6
|
О‘zbekiston-6
|
Quruq pillaning о‘rtacha vazni,gr
|
0,823
|
0,918
| Navli pilla miqdori ,% |
90,2
|
90,0
|
Kalibrlar bо‘yicha pilla miqdori,%
Mayda (16 mm-dan kichik)
|
1,5
|
1,5
|
о‘rta (17-19 mm)
|
51,7
|
40,2
|
Yirik (20-22 mm)
|
46,4
|
57,7
|
(22 mm-dan katta)
|
0,4
|
0,6
|
Ipakchanlik %
|
49,5
|
50,2
|
Xom ipak chiqishi %
|
39,2
|
40,3
|
Chuvish darajasi %
|
83,3
|
87,6
|
Pilla ipining umumiy uzunligi, metr
|
977
|
1107
|
Uzluksiz chuviluvchan uzunligi, m
|
459
|
430
|
Pilla ipini chiziqli zichligi, teks
|
327
|
360
|
О‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish davlat markazining xom ipak uchun standartiga muvofik bir necha pilla iplarini birlashtirib chuvib olishdan hosil bо‘lgan, chiziqli zichligi 1,56; 1,89; 2,33; 3,23; 4,65 tekslardan iborat xom ipaklarga taalluqlidir.
yuqorida keltirilgan xom ipak turlaridan 2,33 va 3,23 teksli xom ipaklardan keng miqiyosda foydalaniladi. chunki bulardan krep, arqoq, tanda va shunga о‘xshash bir qancha iplar ishlab chiqarishda, eshilgan ip sifatida ishlatiladi. bundan tashqari bu assortimentlardan abrli gazlamalar ishlab chiqarishda tanda va arqoq iplari sifatida ishlatiladi.
bundan tashqari bu assortimentlar nafaqat tо‘quvchilikda, balki jarrohlikda, kosmik maqsadlarda xarbiy sohalarda ham ishlatiladi. bu assortimentlarnig chidamligi juda yuqori.
yuqoridagilarni hisobga olib, loyihalayotgan korxona uchun 2,33 teksli xom ipakni ishlab chiqarish qabul qilindi.
Xom ipak sifat va miqdoriy kо‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi.
Sifat kо‘rsatkichlari ham о‘z navbatida asosiy va ikkinchi darajali sifat kо‘rsatkichlariga bо‘linadi.
Asosiy sifat kо‘rsatkichlar. Chiziqli zichligi bо‘yicha notekisligi, qayta о‘rash qobiliyati va yirik nuqsonlar bо‘yicha tozaligi (3-jadval).
3-jadval
Nominal chiziqli zichligi,teks
|
Konditsion chiziqli zichlikni nominaldan nisbiy farqi,%
|
Chiziqli zichlikni variatsiya koeffitsiyenti,%dan ortiq emas
|
Qayta о‘rash qobiliyati, uzuqlar soni, quyidan oshmasligi kerak
|
Yirik nuqsonlardan tozaligi,% dan kam emas
|
1,56
|
+7,7
-6,4
|
12,8
15,9
19,7
|
39
60
121
|
95
90
85
|
2,33
|
+6,0
-5,6
|
12,0
14,0
18,0
|
18
37
68
|
93
88
82
|
3,23
|
+6,5
-5,0
|
10,6
12,6
16,0
|
11
19
49
|
91
86
80
|
Ikkinchi darajali sifat kо‘rsatkichlar. Mos kelmaslik, nisbiy uzish kuchi, uzishdagi chо‘zilish, mayda nuqsonlar bо‘yicha tozaligi, kalavalar holati, bog‘lanuvchanlik (4-jadval).
4-jadval
Naminal chiziqli zichlik, teks
|
Kalavalar holati, xolati balda ortiq emas
|
Noteksli-gi, balda ortiq emas
|
Mayda nuqsonlar-dan toza-ligi,%dan kam emas
|
Solishtirma uzilish kuchi,mn/teks (gs/teks) dan kam emas
|
Uzilish-dagi chо‘zilish% dan kam emas
|
Jipsligi, karetkani yurish sonidan kam emas
|
1,56
2,33
3,23
|
25
25
25
|
8
7
7
|
83
82
80
|
294 (30,0)
294 (30,0)
303 (31,0)
|
16,0
17,0
17,0
|
25
30
30
|
Xom ipak 7 ta navga bо‘linib, asosiy sifat kо‘rsatkichlarining eng yomoniga qarab qо‘yiladi, agar berilgan normaga ikkinchi darajali sifat kо‘rsatkichlari tо‘g‘ri kelsa. Agar ikkita kо‘rsatkichi bо‘yicha normadan past bо‘lsa unda bitta navga pastga tushadi.
Miqdoriy kо‘rsatkichlarga о‘rtacha haqiqiy chiziqli zichligi, namlik, qaytmas chiqindi va vaznini yо‘qolishi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |