Ipak texnologiyasi



Download 8,22 Mb.
bet10/33
Sana01.01.2022
Hajmi8,22 Mb.
#286413
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
Bog'liq
IICHQIJNA chuvish ma'ruza 97

Tayanch so’z va iboralar: paxtasimon los, barabanli los tozalagich, chang tozalagich, los tozalovchi valiklar.
Bu jarayondan maqsad losni tozalash orqali pillalarni bir-biridan ajratish. Buning natijasida pillalarni kalibrlash va sifatli saralash osonlashadi. Paxtasimon los 2 marotaba tozalanadi. Pillalar dastadan terilganda va fabrikaga olib kelinganda. Chunki tashish, yuklash, tushirish davrida yana los paydo bo‘ladi. Bir necha tipdagi los ajratgichlar mavjud: gorizontal, vertikal, barabanli. Shulardan pilla chuvish korxonalarida barabanli los tozalagichdan keng foydalaniladi. UzNIISHP sitemasidagi barabanli los tozalagich ham losni, ham changni tozalaydi. Bu dastgoh barabandan, uning pastki qismida joylashgan los tozalovchi valiklardan iborat.

Baraban gorizontga nisbatan 30 burchak ostida joylashgan. Barabanning pastki qismida 14 ta los tozalagich valigi mavjud. Baraban aylanishlar chastotasi 18 min-1, valikniki 400-500 min-1. Dastgohning ish unumdorligi 150 kg/soat gacha. Bitta ishchi ishlaydi. Kamchiligi: ko‘p ipakni losga chiqarib yuboradi, ezilgan pillalar ko‘p chiqadi, valikka o‘ralgan losni qo‘lda tozalab olinadi (2-rasm).



2-rasm. Maznitsin P.G. sistemasidagi los tozalagich. a) yon tomondan ko‘rinishi. b) old tarafdan ko‘rinishi. 1-bunker, 2-baraban, 3-orqa aylana, 4-ta’minlash lotogi, 5-chang yig‘ish bunkeri, 6-los ajratgich valiklar, 7-tushirish lotogi, 8-pilla yuklash lotogi, 9-rolik, 10-yuritmaning tishli aylanasi.

SNIIPPNSH da ishlab chiqilgan SA-70 los tozalash dastgohi bu kamchiliklardan holi. SA-70 los tozalash dastgohi ta’minlash bunkeri qiyalikka ega, qiyalikning ichki qismi teshiklardan iborat bo‘lib, chang va kichik iflosliklardan holi qilishni ta’minlaydi. Bunkerning tashqi pastki qismining oxiriga chang yig‘gich joylashtirilgan. Baraban 2 gardishdan iborat bo‘lib, bitta valda o‘tirib, perimetri bo‘yicha 15 ta blokni o‘z oralig‘ida birlashtirilgan. Baraban aylanayotganda los tozalagich shlitseli valiklar ish zonasiga kirishib, uning pastki qismining podshivnik korpusi bilan birgalikda barabanning 2 tomoniga o‘rnatilgan harakatsiz kapir ta’sirida olib o‘tiladi. Ish zonasiga kirgizilgan valiklar pillalardan paxtasimon losni tozalab, pastga tushgan davrida esa unga o‘ralgan losni avtomatik ravishda tushiriladi. Pilla losini tozalaydigan shlitseli valiklar konussimon tuzilishga ega bo‘lib, 4 ta ko‘ndalang kanallar shlitseli vtulkadan chiqqan joylari kirishi uchun mo‘ljallangan. Mashinaning yuqori qismida ta’minlash bunkeri va baraban oralig‘ida gorizontga nisbatan 15-180 burchak ostida uch qator ajratgich o‘rnatilgan bo‘lib, pillalarni valiklardan ajratib turuvchi ajratgich sektordagi o‘qda erkin o‘tiradi. Mashina 4 kichik parakli baraban-losni tushiruvchi bilan jihozlangan bo‘lib, valiklarni tamoman losdan tozalash uchun xizmat qiladi. Ish unumi 120-130 kg/soat




3-rasm SNIIPPNSH sistemasidagi SA-70 los tozalash mashinasi.

1- baraban, 2-shlitseli valiklar, 3- kopir, 4- pillalarni yo‘naltirgich, 5-ta’minlash bunkeri, 6-chang yig‘gich,7 - trasporter, 8- paxtasimon los yig‘gich , 9-los tozalagich, 10-yurituvchi tasma, 11-otrajatel, 12-sektor o‘qi, 13-vint, 14- prujina




Pillalarni o‘lchami bo‘yicha sarash dastgohi kuzatilganda, barabanning qiyaligiga e’tibor qaratilib, pillalarning o‘lchami bo‘yicha saralanish uchun o‘rnatilgan qobirg‘alardan o‘tayotgan pillalar o‘lchami o‘lchab ko‘riladi.

Mavzu: Pillalarni chiziqli o`lchamlari bo`yicha saralash (kalibrlash) dastgohlari va ularning ishlash printspi

Reja:


1. Pillalarni chiziqli o`lchamlari bo`yicha saralashdan maqsad.

2. Kalibrlash dastgohi turlari.


Tayanch so’z va iboralar: pillalarni о‘lchami bо‘yicha sarash, kalibrlash, seksiyalar, qо‘shaloq g‘umbak pillalar, yupqa qobiqli pillalar, qorqpachoq pillalar.

Pillalarni о‘lchami bо‘yicha sarash dastgohi kuzatilganda, barabanning qiyaligiga e’tibor qaratilib, pillalarning о‘lchami bо‘yicha saralanish uchun о‘rnatilgan qobirg‘alardan о‘tayotgan pillalar о‘lchami о‘lchab kо‘riladi. Mavjud kalibrlash mashinalari kichik diametrga ega bo’lgan pillalarni saralaydi. Katta o’lchamli oillalarni kalibrlash mashinalari yaratilmagan.



Saralashdan maqsad о‘lchamlari - uzunligi va kengligi bо‘yicha guruhlab ishlab chiqarish partiyalariga yig‘ish. Pillalar yarim sharlar qirqim diametrining eng kattasiga qarab 3-4 ta kalibrga bо‘linadi. Valikli, barabanli va pnevmatik kalibrlash dastgohlari mavjud bо‘lib, shulardan UzNIISHP sistemasidagi barabanli kalibrlash dastgohi keng kо‘lamda ishlatiladi. Asosiy mexanizm baraban 3 ta seksiyaga bо‘lingan bо‘lib, seksiyalar temir chiviq bilan о‘rab chiqilgan, chiviqlar orasidagi teshik birinchi seksiyada 15 mm, ikkinchisi 18 mm, uchinchi 21 mm yoki mos holda 16: 19: 22 mm bо‘lishi mumkin. Baraban 1,8-20 qiya joylashganligi sabab, bir seksiyadan ikkinchi seksiyaga pillalar о‘ta oladi. Barabanning aylanishlar soni 12 min-1. Dastgohning ish unumdorligi 150 kg/soat (4-rasm)

4-rasm. UzNIISHP sistemasidagi kalibrlash mashinasi. 1-rolikli tayanch, 2-baraban, 3-shetka, 4-kolosnik, 5-chuyan aylana, 6-lopast.

Har bir partiyadagi pillalarni berilgan rejim bо‘yicha kalibrlash uchun, saralash sexida turli tirqishli mashinalarning bir nechtasi о‘rnatiladi. Aks holda partiyalardagi pillalarga moslash uchun saralashdagi berilgan rejimga moslab kolosnikni almashtirishga tо‘g‘ri keladi. Ayrim pilla chuvish fabrikalarida bir liniyaga о‘rnatilgan ikkilangan kalibrlash dastgohidan foydalaniladi.Bunday mashina olti seksiyaga bо‘lingan bо‘lib о‘ltita kalibrga: 14 gacha, 16,18,20,22 va 22 dan kattaga bо‘lib saralaydi. Har bir seksiya teng uch bо‘lakka bо‘lingan bо‘lib, 15-20 sm planka bilan ajratilgan, barabanning о‘rtasiga saralanmagan pillalarni olib chiqish uchun xizmat qiladi. Barabanning aylanishi va qiya joylashishi hisobiga pillalar oldinga siljiydi.Bunda eni birinchi seksiya planka tirqishidan kichik bо‘lgan pillalar tushiruvchi konveyerga tо‘kiladi. Qolganlari seksiyadan seksiyaga siljib boradi.

Yо‘l yо‘lakay barabanning tirqishidan tushib, pillalar о‘lchami bо‘yicha saralanadi. Yеg‘uvchi lotoklar yashiklar yoki qoplar bilan ta’minlangan bо‘ladi. Bunda 1-seksiyadan mayda pillalar tushishi bilan pachoqlangan (yupqa qobiq va qora pachoq) pillalar ham tushadi. Ikkinchi seksiya tirqishidan о‘rta kalibr va qisman yupqa qobiq va qora pachoq pillalar ham tushadi. Uchinchi seksiya tirqishidan yirik pillalar va qisman qо‘shaloq g‘umbak pillalar tushadi. Juda yirik va qо‘shaloq g‘umbak pillalar barabanning orqasidan tushadi.

5-jadval


Kalibrlash mashinalarining seksiyalar bо‘yicha guruhlash, pillalar miqdori va turi


Baraban seksiyasi

Pilla kalibri

Umumiy partiyaga nisbatan nuqsonli pillalarning chiqishi,%

Qо‘shaloq g‘umbak

Yupqa qobiqli

Qorapachoq

Birinchi

Mayda

-

58-90

78-100

Ikkinchi

О‘rta

0,5-1

7-41

14-30

Uchinchi

Yirik

17-28

3-4

0-7

Mashinaning orqa qismi

Juda yirik

70-74

-

-

Kalosnikli baraban tirqishiga tiqilib qolgan pillalar dumaloq yoki tekis kapronli yoki о‘tsimon chetka bilan tozalanadi. Mashina los tozalash mashinasi bilan agregat bо‘lib ishlaydi. Ular lentali transporter bilan bog‘lanib, los tozalash mashinasi kalibrlash mashinasidan yuqori joylashtiriladi. Bunda losdan ajratilgan pillalar о‘z yо‘li bilan kalibrlash mashinalari seksiyasiga tо‘kiladi.

Ba’zi fabrikalarda los ajratish va kalibrlash mashinasi pnevmatik trasporter bilan ulanadi. Unda pillalar qabul qilish varonkasidan (1) los ajratish mashinasiga bog‘langan trubaprovod (3) orqali siklonga (4) tushadi. Trubaprovoddagi havo va pilla 12-13 m/s tezlikda harakatlanadi. Siklonda havoning tezligi kamayadi. Bunda truboprovod devorlariga urilayotgan pilladan chiqayotgan chang havo bilan birga havo chiqarish trubasi (5) orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Pillalar esa pastga latok orqali kalibrlash mashinasiga tо‘kiladi. Trubaprovodda havo aylanishini ta’minlash uchun 2-tipdagi Sirokko №3 ventelyatoridan foydalaniladi. Shuni ham ta’kidlash lozimki havo о‘tuvchi truba devorlariga urilishi natijasida pilla iplari uzilishi mumkin. Shu sababli lentali trasportyorni ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ba’zi fabrikalarda aralashtirish, losdan tozalash va kalibrlash mashinalari bitta agregatga birlashtirdilar.Bunda aralashtirish mashinasi kо‘p ishsiz turib qoladi va xizmat qiluvchi ishchilar soni keskin qisqaradi.

5-rasm. barabanli kalibrlash mashinasining kinematik sxemasi va pnevmatik trasporteri.


UzNIISHP sistemasidagi kalibrlash mashinasining harakatlanishni uzatish kinematik chizmasi rasmda keltirilgan. Bu sxema bо‘yicha barabanning aylanishlar chastotasini aniqlash mumkin, qaysiki:
nb=ne(d1 z1 d3/ d2 z2 d4)
bu yerda: ne – elektrodvigatel aylanishlar soni, ayl/min; d1-elektrodvigatel validagi shkiv diametri (75 mm); d2- uzatuvchi valikdagi shkiv diametri (520 mm); z1 va z2- tishli shesternalar, har birida 16 tadan tishi bor; d3 – friksion shkiv diametri (120 mm); d4-baraban obodi tashqi diametri (1120 mm)

Mavzu: Pillalarning tashqi belgilari va qattiqligi boyicha saralash



Reja:

  1. Pillalarni sifatli saralash.

  2. Pillalarni saralash konveyeri.



Download 8,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish