Bevosita va portfelli investitsiyalar o’rtasidagi farqlar34
Belgilar
|
Bevosita investitsiyalar
|
Portfel investitsiyalar
|
Kapital chiqarishdan asosiy maqsad
|
Xorijiy firma ustidan nazorat o’rnatish
|
Yuqori foyda olish
|
Maqsadga erishish yo’llari
|
Xorijda ishlab chiqarishni tashkil etish va olib borish
|
Xorijiy qimmatbaho qog’ozlarini sotib olish
|
Maqsadga erishish usullari
|
a) xorijiy firmaga to’liq egalik qilish
b) aktsiyalar nazorat paketini sotib olish (XVJ nizomiga binoan kompaniya aktsioner kapitalining 25%dan kam bo’lmasligi kerak)
|
Xorijiy firma aktsioner kapitalining 25%dan (AQSH, Yaponiya, Germaniyada 10%dan) kamini sotib olish
|
Daromad shakllari
|
Tadbirkorlik faoliyati foydasi, dividendlar
|
Dividendlar, foizlar
|
6.3. Xorijiy investitsiya eksporchilari va imporchilari
70-yillarda boshlangan va tobora kengayib borayotgan kapitallar bozorining baynalmilallashuv jarayoni bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar o’rtasidagi kapital oqimi hajmining ortib borishi bilan ajralib turadi. Xalqaro kapitallar oqimi ishlab chiqarish omillaridan birining harakatidir. Bunda alohida tovar va xizmatlar boshqa mamlakatlardagi ishlab chiqarishning iqtisodiy afzalligi tufayli o’sha tomonga oqib o’tadi. Bu haqda bevosita va portfelli investitsiyalar hajmining umumiy o’sishi, qisqa va uzoq muddatli kreditlar hajmining ortishi, evrovalyuta bozorlaridagi operatsiyalar miqyosining oshib borishi va boshqalar darak beradi.
Xalqaro kapitallar migratsiyasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda etakchi o’rinlardan birini egallar ekan, u o’z navbatida jahon xo’jaligi rivojiga sezilarli ta’sir o’tkazadi. Bu ta’sir, avvalombor, kapitallar migratsiyasi jahon iqtisodiyotining o’sish sur’atlarida o’z aksini topadi. Kapital ishlab chiqarishning qulay investitsiya muhiti mavjud sohalarini izlab, chegaralarni kesib o’tadi. Xalqaro investitsiyalar ko’pchilik retsipient mamlakatlar uchun ishlab chiqarishdagi kapital etishmasligi muammosini hal etish, investitsiya salohiyatini oshirish va iqtisodiy o’sish sur’atlarini tezlatish imkonini beradi.
Kapitalning chetga chiqishi xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatlararo kapitallar harakati ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar va hamkorlikni mustahkamlaydi, ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvini chuqurlashtiradi.
Xalqaro kapitallar migratsiyasi jahon savdosi rivojini rag’batlantirar ekan, u mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro tovar ayirboshlash hajmini oshiradi, jumladan, xalqaro korporatsiyalar filiallari o’rtasidagi oraliq mahsulotlar ayirboshlanishini tezlashtiradi. Moliyaviy bozorlarning o’zaro integratsiyalashuv va baynalminallashuv sharoitida kapitalning xalqaro takroriy ishlab chiqarilishi ta’minlanadi hamda xalqaro iqtisodiy aloqalar mexanizmining samaradorligi oshadi. Boshqa tomondan esa nazorat qilinmaydigan kapitallar oqimi mamlakat to’lov balansi muvozanatining buzilishiga va valyuta ko’rsining sezilarli darajada tebranishiga olib keladi.
Deyarli barcha mamlakatlar amalda investitsiyalarning ham eksporchisi, ham imporchisi hisoblanadi (chunki, BXIlar asosan TMK orqali amalga oshiriladi) yoki investitsiyalarni etkazib beruvchi (qaerda TMK bosh boshqaruv bo’limi joylashgan bo’lsa) hamda qabul qiluvchi (TMK o’z shahobchalari, bo’limlariga ega bo’lsa, ular BXIlar asosida harakat qiladi) sifatida ishtirok etadi.
BXIlarning dunyo mamlakatlari o’rtasida taqsimlanishini xorijiy kapitalni jalb qiluvchi – imporchi va kapitalni chetga chiqaruvchi – eksporchi mamlakatlarga bo’lib tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. XX asrning 90-yillarida rivojlangan mamlakatlar BXIlarning asosiy eksporchilari va imporchilari bo’ldi. Ular hissasiga jami BXIning uchdan ikki qismi to’g’ri kelardi.
BXIning dunyo bo’yicha oqimiga salbiy omillarning ta’siri bo’lishiga qaramasdan, u yildan yilga o’sib borib, 2007 yilda uni chetga chiqarish 649 mlrd.doll.ga teng bo’lib, jalb etish esa 644 mlrd.doll.ni tashkil etdi.
5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |