Investitsiya siyosatini amalga oshirishda maqsadli davlat investitsiya dasturlarining o’rni


kapitalni eksport qiluvchi mamlakatlar (Yaponiya, Shveytsariya)



Download 4,72 Mb.
bet38/49
Sana10.07.2022
Hajmi4,72 Mb.
#769281
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49
Bog'liq
Investitsiya siyosatini va kapital qo\'yilmalar


kapitalni eksport qiluvchi mamlakatlar (Yaponiya, Shveytsariya);



  1. kapitalni import qiluvchi mamlakatlar (AQSH, Buyuk Britaniya);



  1. taxminiy muvozanatdagi mamlakatlar (Germaniya, Frantsiya).



Boshqa guruh ko’rsatkichlar esa kapitalni eksport-import qilish darajasiga bog’liq holda mamlakatlarning XKM dagi taqsimlanishini aks ettiradi. Ular quyidagilardir:

1) Kapital importi koeffitsienti (Kik) - xorijiy kapital (XK)ning mamlakat YaIMdagi ulushini aks ettiradi: evropa mamlakatlari ichida eng yuqori ko’rsatkich Belgiya va Lyuksemburgda;

2) Kapital eksporti koeffitsienti (Kek) - eksport qilinadigan kapitalni (EK) mamlakat YaIMga nisbatini aks ettiradi: evropa mamlakatlari ichida maksimal ko’rsatkich Niderlandiyaga tegishli;

3) Mamlakat iqtisodiyotiga sarflanayotgan kapital qo’yilmalarning umumiy hajmida xorijiy kapital ulushini aks ettiruvchi ko’rsatkich:

bu erda; Kex – ehtiyoj koeffitsienti, XK – xorijiy kapital, D(K) – mamlakatda kapitalga bo’lgan talab. AQSHning kapitalga bo’lgan ichki ehtiyojlarining 33% xorijiy kapital hisobiga qondiriladi;

4) Boshqa nisbiy ko’rsatkichlar – milliy ishlab chiqarishda xorijiy yoki aralash kompaniyalarning ulushi, o’tgan davrga nisbatan kapital eksporti (importi)ni o’sish sur’atlari, mamlakat aholisining har biriga to’g’ri keladigan xorijiy investitsiyalar summasi va boshqalar.


6.2. Bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalar

Maqsadiga ko’ra, xorijiy investitsiyalar bevosita va portfel investitsiyalarga bo’linadi. Bevosita investitsiyalar – kapitalning to’g’ridan-to’g’ri eksporti bo’lib, investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Bunda korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi shaxobchasiga aylanadi. Bevosita xorijiy investitsiya(BXI)lar asosan xususiy tadbirkorlik kapitali shaklida bo’ladi.

Xalqaro statistikada investitsiyalarni BXIlar turiga kiritish bo’yicha har xil yondashuvlar mavjud. Xorijiy investorlar tomonidan nazorat qilish huquqini belgilovchi ko’rsatkich sifatida ular ega bo’lgan aktsionerlik kapitalining hissasi ko’rsatkichidan foydalaniladi. Bu ko’rsatkich AQSHda 10%, Frantsiya va Buyuk Britaniyada 20% ga yaqin, Germaniyada 25%dan 50% gacha, O’zbekistonda esa 49% darajasida belgilangan. Shuningdek, shu korxonaning boshqaruvida bevosita amalga oshirilayotgan investitsiyalarning uzoq muddatli ekanligi ham uning muhim belgilaridan biridir. Investitsiyaning bu ko’rinishi tavakkalchilikni, investitsiyalardan foydalanish samaradorligi uchun mas’uliyatni davlat va aholi zimmasiga yuklamasdan, balki ularni tadbirkorlik tizimlari o’rtasida taqsimlashning eng yaxshi va sinalgan usuli hisoblanadi.

BXI borasidagi yana bir yondashuv bu turdagi investitsiyalarni faqat mulkchilik ko’lami bilan, ya’ni aktsionerlik kapitalidagi ulushi bilan bog’liq, deb ko’rsatadi. Unga muvofiq BXIlarni:

a) xorijda aktsiyalarni sotib olish orqali;

b) foydani qayta investitsiyalash yordamida;

v) firma ichki qarzlari va qarzdorliklari orqali amalga oshirish mumkin.

Ko’pchilik iqtisodchilar bu shakllar etarli emas, deb hisoblashadi va asosli ravishda turli xil noaktsioner shakllar orqali bu ro’yxatni davom ettirishadi (subkontraktlar, boshqaruv kelishuvlari, francheyzing, litsenzion kelishuvlar va boshqalar).

BXIlarning shakl va usullariga bog’liq tushunchalar bilan bog’liq turli yondashuvlarning ko’payishi qator muammolarni keltirib chiqardi. Bu muammolar umumbashariy xarakterga ega bo’lib, nostandart yondashuvlar echimini talab etadi.


Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish