Investitsiya siyosatini amalga oshirishda maqsadli davlat investitsiya dasturlarining o’rni


Operatsion yoki investitsiyadan keyingi risklar



Download 4,72 Mb.
bet31/49
Sana10.07.2022
Hajmi4,72 Mb.
#769281
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49
Bog'liq
Investitsiya siyosatini va kapital qo\'yilmalar

3. Operatsion yoki investitsiyadan keyingi risklar:
  1. operatsion (harakat) qarorlarni qabul qilish jarayoni tartib-qoidalari va davomiyligi;


  1. foyda va uni taqsimlash masalalari bo’yicha qaror qabul qilish jarayonida ta’sir ko’rsatish darajasi;


  1. menejmentni tashkil etish masalalari, shu jumladan investitsiya loyihasi infratuzilmasini, xodimlarni boshqarish, moliyaviy menejmentni tashkil etish;


  1. mahalliy xomashyodan foydalanish imkoniyatlari va uni olish tartiblarini hal qilishning davomiyligi;


  1. mahalliy bozor marketingi;


  1. malakali mahalliy ish kuchining topilishi;


  1. jamoat havfsizligi, shu jumladan ushbu mamlakatda ishlayotgan xorijlik xodimlar uchun xavf-xatarsiz ishlash sharoitlari.


Har bir kompaniya o’zining investitsiyalash strategiyasi, raqobat ko’rashidagi o’z o’rnidan kelib chiqqan holda investitsiya riski majmuini mustaqil baholaydi va u yoki bu mamlakatga investitsiya kiritadi. Keyingi o’n yillarda rivojlangan mamlakatlardagi kompaniyalar bilan sanoat jihatidan jadal rivojlanayotgan mamlakatlarning kompaniyalari o’rtasidagi farqlar yaqqol ko’zga tashlana boshladi.

Rivojlangan mamlakatlardagi kompaniyalar g’oyat sinchkov va pishiqligi bilan ajralib turadilar. Ular mamlakatdagi siyosiy– iqtisodiy vaziyatni uzoq o’rganadi, tahlil etadi va shundan keyingina bu mamlakatga investitsiyalar kiritish yoki kiritmaslik haqida bir qarorga keladi. Yangi sanoati rivojlangan mamlakatlardagi kompaniyalar ularga qaraganda faolroq. Ularning strategiyasi hujumkorligi va tezkorligi bilan ajralib turadi. Bu kompaniyalar uchun yangi bozorlarga tez kirish hamda u erda etakchi mavqeni egallash asosiy masala hisoblanadi.

Bozorga kirishning ham birinchi, ham ikkinchi strategiyasiga ko’plab misollar keltirish mumkin. Ammo ularning qaysi biri yaxshi, qaysi biri yomon degan savolga javob berish qiyin. Bu strategiyalar umuman boshqa-boshqa, har biri mazkur mamlakatlarning tarixiy tajribasi, biznes olami an’analari, kishilarning mentaliteti (dunyoqarashi) asosida shakllangan.

O’zbekistonda mustaqillikka erishgandan so’ng xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish tizimini yaratishga kirishildi. Bu borada bir qator qonunlar va Prezident farmonlari chiqarildi. "Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida", "Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlarini takomillashtirish to’g’risida"gi qonun va farmonlari shular jumlasidandir. Bu qonun va farmonlar ma’lum ma’noda xorijiy investitsiyalarni jalb etishning huquqiy asosini tashkil etadi.

Jahon statistikasining dalolat berishicha, uch yildan ortiq faoliyat ko’rsatgan firmalarning 30 foizi muassislarning o’zaro da’volari hal etilmasligi oqibatida yopilib qolmoqda. Tadbirkorlarning professional bilimlari etarli emasligi mazkur firmalar tugatilishining yana bir sababidir. O’zbekiston iqtisodiyotining rivojlanib va o’sib borayotgan sektorlarida yangi barpo etilayotgan KO’B (kichik o’rta biznes) korxonalari (elektronika, informatika tizimlari, kompyuter texnikasi sohasidagi korxonalar) o’sib, kengayib borayotganligi bilan an’anaviy biznes sohasidagi KO’B korxonalaridan farq qiladi. Kengayish strategiyasiga amal qiluvchi bu korxonalar an’anaviy biznes korxonalaridan farqli o’laroq, turli sohalarda: marketing, yangi tovarlar, ishlab chiqarish, moliyalashtirish muammosi mazkur sohalar orasida eng muhimdir. Amalda, yangi tashkil etilgan KO’B korxonalari aylanma kapitalni shakllantirish uchun o’z mablag’iga ega bo’lmaydi, asosiy kapitalga investitsiya qo’yish haqida gap yuritmasa ham bo’ladi.

O’sishning mutanosib emasligi, qarz majburiyatlarining ko’payib borishi o’z kapitali, odatda, venchur investitsiyalar hisobiga shakllanadi. Venchur kapitalning investori o’zining barcha mablag’idan mahrum bo’lishi mumkin, ammo bu kapital 10 va hatto 50 baravar ko’payish ehtimoli ham bor. Venchur kapitalidan foydalanish imkoniyati esa fond bozorining holatiga bevosita bog’liqdir. Venchur kapital egalari hamisha hayotiy qobiliyatga ega bo’lgan va faol kapital bozorini izlash jarayonida bo’ladilar. Ularni doimiy ravishda yuksak texnologiya sohasidagi loyihalar qiziqtiradi.

An’anaviy biznes sohasidagi kichik korxonalar kengayish maqsadini ko’zlamaydi. Odatda, ular bir-ikki korchalonga juda qaram bo’ladi va ularning ixtisoslashuvi uchun deyarli imkoniyat bo’lmaydi. Qabul etiladigan qarorlar esa bir yoki bir necha menejerlarning xohish-irodasiga bo’ysunadi, istiqbolda esa strategik maqsadlarni aniqlash juda qiyin vazifaga aylanadi. Qarorlarning ko’p qismi durustroq tahlil etilmay qabul qilinadi. Kapital korxona egalarining mablag’i hisobidan shakllantiriladi, ularda esa mablag’ etishmasligi sezilib turadi.

KO’B korxonalari byudjet mablag’laridan, fond bozoridan foydalana olmaydi, ularning jamg’armasi ham yo’q. Qarzga olinadigan kreditlar va bank ssudalari ularni moliyalashtirishning asosiy manbalaridir. 2000 yilda KO’B sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi 92 mlrd. so’mdan yuqori bo’ldi va 2,5 baravar oshdi, shu jumladan 12,9 mlrd. so’m mikrokredit tarzida berildi. Byudjetdan tashqari fondlardan KO’B loyihalarining moliyalashtirilishiga 2000 yilda 4,4 mlrd. so’m, yoki 1999 yildagiga nisbatan 1,7 baravar ko’p mablag’ ajratildi.33 2000 yilda tijorat banklari tomonidan KO’B korxonalariga berilgan kreditlar umumiy hajmining tarkibiga qisqa muddatli ssudalar 65 foizini tashkil etdi. Buning ma’nosi shuki, KO’Bning investitsiya loyihalarini amalga oshirishga kreditlarning atigi 35 foizi yo’naltirilgan.

2000 yilda kichik firmalarga va yakka tadbirkorlarga mikrokredit berishning yangi tartibi qabul qilindi. Bu tartib mikrokreditlar olish qoidasini osonlashtiradi, garovga nisbatan yumshoqroq talablar qo’yadi va mikrokreditlar 50 foizgacha bo’lgan qismini naqd pul bilan olish imkonini beradi. Shu bilan birga, KO’B korxonalarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mexanizmi zarur. Qishloq ho’jaligi sohasida KO’B korxonalari uchun kredit ittifoqlari (kooperativlari) kredit olishning juda muhim tuzilmasi bo’lishi mumkin. Ular orqali qishloq xo’jaligi mahsuloti etishtirish, qayta ishlash va sotishni kreditlashni uyushtirish mumkin bo’lur edi.





Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish