Investitsion loyihalarni moliyalashtirish


Investitsiya loyihasi bo’yicha biznes-reja tuzish



Download 90,11 Kb.
bet8/9
Sana11.06.2022
Hajmi90,11 Kb.
#654401
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xisobot 4

5. Investitsiya loyihasi bo’yicha biznes-reja tuzish.
Biznes reja - bu biznesni amalga oshirish rejasi hisoblanadi. Unda firma to’g’risida, ishlab chiqariladigan tovar to’g’risida, ishlab chiqarishni tashkil etish to’g’risida, mahsulotni sotish bozori to’g’risida va umuman ishlab chiqarishni tashkil etish va uning samaradorligini asoslash bilan bog’liq ma’lumotlar aks ettirilishi kerak.
Biznes-rejani ishlab chiqishdan maqsad firmaning xo’jalik faoliyatini qisqa yoki ma’lum bir muddatga bozor talablari va kerakli resurslarni jalb qilish imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda rejalashtirish hisoblanadi.
Biznes-reja - tadbirkorlik faoliyatini boshlashdan avval uning tavsifi, faoliyat davri, ko‘zda tutilayotgan sarf-xarajat va kutilayotgan foyda kabi muhim jihatlari bayon etilgan tashkiliy-iqtisodiy tavsifdagi hujjat. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, biznes-reja har qanday tadbirkorlik faoliyati uchun muhim va zarurdir. Agar tadbirkor o‘z faoliyatini biznesrejasiz boshlasa, mo‘ljallangan maqsadga erisha olmasligi mumkin. Biznes- reja tadbirkorlik faoliyatining xaritasi hisoblanib, uning aniq maqsadi, yo‘nalishlari va asosiy bosqichlarini belgilab beradi. Tadbirkorlik faoliyati boshlanganidan keyin olingan natijalar reja bilan solishtirib boriladi, mavjud muammolar aniqlanadi. Aks holda, tadbirkorlik faoliyatini boshqarish qiyinlashib ketadi.
Siz biznesga birinchi qadam qo’yayotgan paytingizda yoki yangi bir loyihani amalga oshirish jarayonida quyidagi qiyinchiliklarga duch kelasiz:

  • birinchidan, moliyaviy mablag’larning yetishmasligi;

  • ikkinchidan, oldindan belgilanmagan, kutilmagan holatlar ko’pligi.

Biznes-reja korxona (firma)ning strategik istiqbolini belgilab beradigan asosiy xujjat hisoblanadi va uni 3-5 yilga tuzishni tavsiya etiladi. Biznes-rejaning birinchi va ikkinchi yillariga ko’rsatkichlarni (topshiriqlarni) kvartallarga taqsimlangan xolda berilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi va faqat uchinchi yildan boshlab yillik ko’rsatkich (topshiriq)lar bilan chegaralanish mumkin. Biznes-reja quyidagi asosiy masalalarni xal etadi, ya’ni:

  • tadbirkorlarga korxona (firma)lar strategiyasini ishlab chiqish uchun asosi bo’libgina qolmay, uni muvaffaqiyatli amalga oshishiga kafolat ham beradi;

  • bozor iqdisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, tartibga solish va bajaralishini nazorat qilishning asosiy quroli bo’lib xizmat qiladi;

  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida to’satdan yuzaga kelgan salbiy holatlar yuzasidan tadbirkorlarni ogoxlantiriladi va ularni o’z vaqtida bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqishga yordam beradi;

  • tadbirkorlik faoliyati yuzasidan banklar, investorlar va qarz beruvchilarga tegishli ma’lumotlar olishga imkon beradi.

Bundan tashqari, biznes-reja tuzib chiqishning ikkita asosiy sababi mavjud:

  • tashqaridagi sarmoyadorlarni sizning biznesingizni maqsadga muvofiqligi xaqida yoki ssuda berishga ishonch xosil qildirish,

  • ko’zlangan maqsadni saqlab qolishga yordam berish, to’satdan yuzaga kelgan holatlarda tanlangan maqsaddan voz kechmaslikni ta’minlash.

Bundan tashqari biznes-reja tadbirkorlarning quyidagi savollariga javob ham beradi:

  • biznesning joriy holati (biz qayerda turibmiz);

  • ko’zlangan maqsad (qaysi tomonga xarakat qilmoqdamiz);

  • eng qulay yo’l (maqsadga qanday erishamiz).

Bunda shuni xulosa qilishimiz mumkinki, biznes-rejada xozirgi holatda ko’zlagan maqsadga erishishning samarali yo’llari ko’rsatilishi, joriy maqsadlarga erishishi va o’rta va uzoq davrlardagi vazifalari xal etilishi aks ettiriladi.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, biznes-reja tadbirkorlarning ish quroli bo’lib, rivojlanayotgan kichik-o’rta biznes, xususiy va yakka tadbirkor, firmalar faoliyatida katta ahamiyatga ega. Biznes-reja xaqida gap yuritishdan oldin biznesni baholash bosh rolni o’ynaydi. Bu yerda biz biznesni taxlil etishimiz lozim.
Biznes-reja - bu biznesni amalga oshirish rejasi hisoblanadi. Unda firma to’g’risida, ishlab chiqariladigan tovar to’g’risida, ishlab chiqarishni tashkil etish to’g’risida, mahsulotni sotish bozori to’g’risida va umuman ishlab chiqarishni tashkil etish va uning samaradorligini asoslash bilan bog’liq ma’lumotlar aks ettirilishi kerak.
Xozirgi kunda jaxon amaliyotida biznes-rejalarning besh bo’limlardan tortib 18 bo’limgacha tuzib chiqilgan ko’rinishlari mavjud. Biznes-rejalar tarkibi odatda biznes mazmuni, moxiyati, doirasi va darajasidan kelib chiqib belgilanadi. Aniq tasavvur xosil qilish maqsadida, ayrim misollar keltiramiz. Biznes-rejalar taxminiy tuzilishi. 1-bo’lim. Firma imkoniyatlari (kirish). 2-bo’lim. Tovarlar (xizmatlar) turlari. 3-bo’lim. Tovarlarni (xizmatlar)sotish bozorlari. 4-bo’lim. Sotish bozorida raqobat holati. 5-bo’lim. Marketing rejasi. 6-bo’lim. Ishlab chiqarish rejasi. 7- bo’lim Tashkiliy reja. 8-bo’lim. Firma faoliyati xuquqiy ta’minoti. 9-bo’lim. Tavakkalchilikni baholash va sug’urta. 10-bo’lim. Moliya bo’limi. 11-bo’lim. Moliyalashtirish strategiyasi.
Investitsiya loyihasining dastlabki tahlili va samaradorligini baholash natijalari dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash (DTIA) va texnik-iqtisodiy asoslashni (TIA)ni tayyorlashda qo’llaniladi.
Texnik-iqtisodiy asoslash - bu loyihaning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini ko’rishga imkon beruvchi boshlanYoich ma’lumotlar, shuningdek asosiy texnik va tashkiliy qarorlar, hisob-smeta, baholash va boshqa ko’rsatkichlarni o’zida mujassamlashtiruvchi hisob-analitik hujjatlar to’plami.
Texnik-iqtisodiy asoslashni loyihaning maqsadliligi yuzasidan olib
boriladigan texnik-iqtisodiy tadqiqotlar sifatida ifodalash mumkin.
Investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy maqsadi
investitsiya loyihalarining milliy valyutadagi kabi xorijiy valyutada ham
qoplanishini aniqlash hisoblanadi.
TIA investorga kelgusi korxonaning moliyaviy barqarorligini va to’lovga layoqatliligini tasdiqlash uchun qo’llaniladi. TIA loyihachi va buyurtmachi o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan loyihalashtirish ishlarini amalga oshirish uchun litsenziyasi bo’lgan loyihachilar tomonidan ishlab chiqiladi.
Konsalting - bu intellektual faoliyat turi bo’lib, uning asosiy vazifalariga buyurtmachining taqdim etgan masalani taxlil qilish, hamda ilmiy, texnik va tashkiliy-iqtisodiy innovatsiyalardan foydalangan xolda muammo echimi va uning istiqboldagi taraqqiyotinig asoslash demakdir.
O’z o’rnida konsalting boshqaruv, iqtisodiy, moliyaviy, korxonalarning investitsion faoliyatini, strategik rejalashtirish, kompaniyalarning umumiy faoliyatini optimizatsiyalash, biznes yuritish, bozor talablarini o’rganish va prognoz qilish, narx-navoning o’zgarishini o’rganish va boshqa masalalarni xal qiladi. Boshqacha qilib aytganda, konsalting - bu u yoki bu masalani xal qilishda tashqi konsultantlar tomonidan ko’rsatiladigan yordamning barcha ko’rinishidir. Konsaltingning asosiy maqsadi bu boshqaruv sifatini oshirish, kompaniya faoliyati samaradorligini ko’tarish va har bir ishchining shaxsiy mexnat unumdorligi oshirishdir.
Injiniring (ing. Injineering - ixtirochilik,) muhandislik maslahat xizmatlari - tijoratchilik qoidalariga asoslangan holda ishlab chiqarishni tashkil etishni ta’minlash, mahsulot sotishni uyushtirish va b. yuzasidan maslahat berish. Bu ish bilan maxsus ixtisoslashgan Injiniring firmalari, bevosita yirik sanoat va qurilish firmalari shug’ullanadi, ular bir vaqtning o’zida bir necha mijozlarga xizmat qiladi. Eksport injiniring firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko’rsatadi, murakkab va katta loyihalarni amalga oshiradi. Injiniring firmalari bozorning muhim ishtirokchisi hisoblanadi. Xalqaro injiniring xizmati ishning texnik-tashkiliy va tijorat tomonlari ko’rsatilgan kontrakt shaklida rasmiylashtiriladi. Injiniring mohiyati bilan muayyan pulli xizmatlarga buyurtmaning bir ko’rinishidir. Injiniring xizmatlari ikki guruhga bo’linadi: ishlab chiqarish jarayonini tayyorlash bilan bog’liq xizmatlar, ishlab chiqarish va mahsulotni sotish jarayonini me’yorda bo’lishini ta’minlash bo’yicha xizmatlar. O’zbekistonda davlat injiniring kompaniyalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- loyihaoldi hujjatlarini, shu jumladan DTIA/DTIH va TIA/TIHlarni ishlab chiqish, xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihaoldi hujjatlarini O’zbekiston Respublikasining texnik tartibga solish va standartlar sohasidagi normativ hujjatlariga moslashtirish;

  • loyihalarni texnik kuzatish, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlari loyihalarining tender savdolari (loyihalashtirishga taalluqli qismida) tashabbuskorlari bilan birgalikda ularni o’tkazish va kuzatish;

  • iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini tarkibiy o’zgartirish, geologiya, yoqilg’i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati ob’ektlarini modernizatsiyalash va texnik rekonstruktsiya qilishning tarmoq idoralari tomonidan ishlab chiqilgan kontseptsiyalarini ko’rib chiqish va kelishish;

  • iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini qurish va modernizatsiya qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturiga kiritish uchun taqdim etilgan investitsiya loyihalarini ko’rib chiqishda ishtirok etish;

  • xorijiy loyiha va injiniring tashkilotlarini jalb etgan holda, ilg’or xorijiy tajribaga asoslangan loyiha ishlarini tashkil etishning progressiv usullarini loyihalash jarayonlariga tatbiq etish;

  • investitsiya loyihalarining loyiha (ishchi) hujjatlarini mustaqil ishlab chiqish, shuningdek,

  • xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha (ishchi) hujjatlarini moslashtirish kabi yo’nalishlarni rivojlantirish, keyinchalik iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari loyihalari bo’yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda o’z zimmasiga bosh pudratchi funktsiyalarini qabul qilish;

  • to’g’ridan to’g’ri fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun yordamchi pudratchilar sifatida mahalliy va xorijiy ixtisoslashtirilgan loyiha institutlarini, shuningdek etakchi mutaxassislarni jalb etish;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va unumdorligiga nisbatan zamonaviy talablarga, energiya va resurslarni tejash hamda ekologik standartlarga javob beradigan ilg’or texnologiyalar va uskunalarning jahon bozorini chuqur tahlil qilish, bunda istiqbolsiz, ma’nan va jismonan eskirgan uskuna va texnologiyalarni respublikaga olib kirish, istisno etiladi;

  • loyiha, loyihaoldi ishchi hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash qismida iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining ilmiy-texnik va ekspert kengashlari bilan mustahkam hamkorlik qilish;

  • chet ellarda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy uskunalar va texnologiyalar, ularning texnik va ishlab chiqarish-iqtisodiy tasniflari, samaradorligi va amalda sinalganlik darajasi to’g’risida, shuningdek, yuqori texnologiyali ishlab chiqaruvchi va etkazib beruvchi, faoliyat sohasi bo’yicha texnologiyalarni ishlab chiquvchi va litsenziya beruvchi chet ellardagi asosiy sheriklar to’g’risida axborot-tahliliy ma’lumotlar bazasini shakllantirish va doimo yangilab borish;

sanoat korxonalarini qurish, rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish bo’yicha xorijiy investorlar va kompaniyalardan kelib tushayotgan takliflar to’g’risidagi axborotni yig’ish va umumlashtirish hamda mahalliy xom ashyoni qayta ishlash orqali jahon va ichki bozorlarda talab etiladigan raqobatdosh tayyor mahsulot va sanoat yarimfabrikatlari ishlab chiqarishga yo’naltirilgan yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish takliflarini ishlab chiqishda qatnashish;

  • asosiy texnologik uskunalarning cheklangan narx parametrlari bo’yicha, shuningdek, taklif etilayotgan texnologiyaga muvofiq «tayyor holda topshirish» loyihalarining qiymati bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

  • iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xo’jalik boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralarning buyurtmasiga binoan investitsiya loyihalarining mustaqil texnik-iqtisodiy ekspertizasini o’tkazish.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi «Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2831-sonli qaroriga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O’zInjirining» Respublika loyiha instituti tashkil etilgan bo’lib, ushbu institut faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining“O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O’zinjiniring» Respublika loyiha instituti faoliyatini tashkil etish to’g’risida” gi Farmoyishi va shu nomdagi Nizom qabul qilindi.
Xulosa
Amaliyot davri davomida “Good Line Auto” MCHJ da investitsiya faoliyatining asosiy yo'nalishlarini aniqlash investitsiya yechimlarining muqobil variantlarini tadqiq qilish va baholash, rentabellik, likvidlik va tavakkalchilik nuqtai nazaridan investitsiyalarni rivojlantirishning optimal modelini ishlab chiqishning keng ko'lamli muammolari bilan bog'liq barcha masalalar bilan tanishdim. Investitsiya siyosatini ishlab chiqish, tashkilot faoliyatining tashqi muhitining o'zgaruvchanligi bilan sezilarli darajada murakkablashadi, bu esa investitsiya siyosatiga prognoz qilinayotgan o'zgarishlarni hisobga olgan holda va tezkor javob berish tizimini ishlab chiqishni davriy ravishda tuzatish zarurligini belgilaydi. Shu sababli, tashkilotning investitsiya siyosatini shakllantirish barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyotda ham katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Ushbu amaliyot davrida men ko’pgina investitsion loyihalar va tashkilotning moliyaviy hisobotlari bilan tanishdim va loyihada xarajatlar tahlilini amalga oshirishni o’rgandim. Bunda asosoiy kapitalga investitsiya xarajatlarini to’g’ri taqsimlash va hisobga yuritishdagi moliyaviy xatoliklarni bartaraf qilish bo’yicha to’liq ko’nikmaga ega bo’ldim. Investitsiya loyihalarini baholashning tarkibiy qismi bo’lib, xarajatlarni mukammal va ishonchli baholash hisoblanadi. Tahlilda xarajatlarning barcha bo’limlari chuqur tekshirilishi lozim, chunki ular aynan loyihalarning moliyaviy jihatdan amalga oshishiga sezilarli ta’sir etishi mumkin.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholash va ularning xususiyatlarini takomillashtirishda quyidagi taklif tavsiyalardan foydalanish moliyalashtirish sifatini ta’minlash va ularning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga ko’maklashishi bilan ahamiyatlidir:
- investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholash va xususiyatlarini tadbiq qilishning xorij tajribalarini o’rganish hamda uning milliy iqtisodiyotning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tadqiq etish;
- tijorat banklari tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashni sifatini oshirish va ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish;
- investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashni soddalashtirish, ekspertiza muddatlarini sun’iy ravishda uzayib ketishlariga yo’l qo’maslik.
Investisiya loyihalari bo‘yicha biznes-reja tuzishda injiniring va konsalting xizmatlarining o‘rni katta hisoblanadi. Tadbirkorlarni samarali moliyaviy maslahat xizmatlari bilan ta’minlash aynan injiniring va konsalting tashkilotlari o’z bo’yniga oladi. Biznes-rejaning tarkibiy tuzilishi va uning bo‘limlarining o‘zaro bog‘liqligini ilova sifatida keltirilgan “Good Line Auto” MCHJning 400 000,00 ming so’mga avtotransport vositasi sotib olish uchun bankdan kredit olishga taqdim qilgan biznes- rejada to’liq bayon etilgan va amaliyot davrida bu bilan tanishdim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, T.: “O’zbekiston”, 2010.

  2. O’zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to`g`risida”gi qonun, T.: “O’zbekiston”, 2019.

  3. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.

  4. “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 apreldagi PF-4434-sonli Farmoni.

  5. “To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag’batlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi Farmoni.

  6. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. - 56 b.

  7. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017.-48 b.

  8. Зайиров Л., Насиров Э., Ханова Н., Асамходжаева Ш. Инвестиции. Учебное пособие. – Т.: IQTISOD-MOLIYA, 2019. – 448 с.

  9. Mamatov B.S., Xo’jamqulov D.Yu., Nurbekov O.Sh. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. Toshkent moliya instituti. – T.: IQTISOD-MOLIYa, 2014. – 608 b.

  10. Mustafakulov Sh. Investitsion muhit jozibadorligi. Ilmiy-amaliy qo’llanma. T. - 2017

  11. Сабирова Л.Ш., Хужамкулов Д.Ю. Инвестиция. Учебное пособие. - Т.: Иқтисод-молия, 2019.- 254 с.

  12. Xashimov A.A., Madjidov Sh.A., Mo’minova N.M. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. O’quv qo’llanma. – T.: Sharq, 2014. – 247 b.


Download 90,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish