BOB.
IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA
O’ZBEKISTONDAGI USTUVOR TARMOQLARDA INVESTITSION SALOHIYATNI OSHIRISH, TASHQI VA ICHKI INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI.
O’zbekiston tarmoqlariga investitsion faoliyatni oshirishning amaldagi tahlili.
Ma’lumki, O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab iqtisodiyot tarmoqlariga investitsiya muhitining jozibadorligini oshirish va investitsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida qator me’yoriy hujjatlar qabul qilinib, doimiy tarzda takomillashib bormoqda. Bu esa o’z navbatida , mamlakat ichki investitsiya salohiyatining yuksalishini va xorijiy investitsiyalar oqimining yildan-yilga ortib borishini, shunga mos ravishda makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, shu jumladan, yalpi ichki mahsulot hajmining ham o’sib borishini ta’minlamoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2010-yilning asosiy yakunlari va 2011 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek: “…investitsiya maqsadlari uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish mexanizmlarini yanada takomillashtirish va ularning hajmini oshirish, boshlang’ich kapitalni shakllantirish, mikrokreditlar berish ko’lamini kengaytirish borasidagi ishlarni davom ettirish lozim. …Hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan yana bir muhim ustuvor yo’nalish – chet el investitsiyalarini keng jalb qilish, xorijiy investorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga ulkan e’tibor qaratishdan iborat”21
Har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanishini investitsiyalarni uzluksiz amalga oshirishni talab qiladi. Shu bois investitsiyalari, xususan xorijiy investitsiyalarni ustuvor investitsion loyihalarga jalb qilishga alohida e’tibor berildi.
- 48 -1321/3/2014
21 I.A.Karimov. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Prezident Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. // Xalq so’zi, 2011 yil 22 yanvar.
Investitsiya faoliyatining erkinligi va rivojlanishini ta’minlash maqsadida uning huquqiy asosini mustahkamlash uchun “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi, “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi, “Chet ellik investorlarning huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarning jalb qilishni rag’batlantirish borasidagi qoshimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi, “Chet el investitsiyalari bilan bog’liq loyihalarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonlari hamda 2007 yil 4 yanvarda PQ-554-sonli “Investitsiya loyihalarini ekspertizadan o’tkazish samaradorligini oshirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.22
Mazkur huquqiy hujjatlar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish, ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish va mamlakatda investitsion faollikni oshirishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan.
Mamlakatda 2010 yilda 2009 yilga nisbatan 13,6 foizga ko’p, ya’ni 9 milliard 700 million AQSh dollariga teng miqdordagi investitsiyalar o’zlashtirildi, bu yalpi ichki mahsulotning qariyb 25 foizini tashkil etadi.23 Ushbu investitsiyalrning salkam 72 foizi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga, jumladan, 38 foizga yaqini asbob-uskuna va ilg’or texnologiyalar sotib olishga yo’naltirildi.
Barcha moliyaviy manbalar hisobidan texnik va texnologik qayta jihozlash uchun yo’naltiriladigan investitsiyalar hajmi 3 milliard 800 million dollardan oshgani yoki 2010 yildagi barcha kapital qo’yilmalarining 37,5 foizni tashkil etgani muhim ahamiyatga egadir.
- 49 -1321/3/2014
22 O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi (24.12.1998), “Chet el investitsiyalar to’g’risida”gi (30.04.1998), “Chet ellik investorlarni huquqlarini himoya qilishni kafolatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi (30.04.1998) Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi (11.04.2005), “Chet el investitsiyalar bilan loyihalarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonlari (09.02.2001).
23 Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |