O’zbekiston Respublikasi 2005-2011 yillarda investitsiyalar sur’atlari (oldingi yilga nisbatan foizda)24
2009-2014 yillarda amalga oshirish kozda tutilgan investitsiya loyihalari dasturi qiymati 42518 mln, AQSh dollarini tashkil etadi. Ularning 21536 mln, dollari neft va gaz tarmog’iga, 4517 mln. dollari energetikaga, 1876 mln dollari tog’-kon va metallurgiya sanoatiga, 1176 mln. dollari mashinasozlikka, 3078 mln. dollari kimyo sanoatiga, 5787 mln. dollari transport infratuzolmasiga, 983 mln. dollari qurilish mollari ishlab chiqarishga, 596 mln. dollari “Navoiy” erkin industrial iqtisodiy zonasiga, 2101 mln. dollari boshqa tarmoqlarga yo’naltirildi.25
Oxirgi yillarda amalga oshirilishi tugallangan yirik investitsion loyihalarning asosiylari quyidagilardan iborat:
Yangi rusumdagi 480dan ortiq “MAN” avtomobillari hamda 7797 dona “Spark M300” yengil avtomobillar ishlab chiqarildi. (investitsiya hajmi – 31,3 mln dollar va 3 mln yevro);
- 50 -1321/3/2014
24 Manba: O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari.
25 Manba: Jamiyat va boshqaruv ilmiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-tarixiy jurnal, 2011 №2 48/51bet.
Yiliga 30,0 mlrd kub.m. gazni transit qilish quvvatiga ega bo’lgan “O’zbekiston-Xitoy” gaz quviri ishga tushirildi (investitsiya hajmi – 3168,9 mln dollar);
Ko’kdumaloq konida yiliga 6 mlrd. kub.m. yo’ldosh gazlari utilizatsiya qilish stansiyasi qurildi (investitsiya hajmi – 373,0 mln. dollar);
Xauzak konida yiliga 3 mlrd. metr kub gazni birlamchi tayyorlov moslamasi ishga tushirildi (LUKOYL bilan hamkorlikda) (investitsiya hajmi – 302,8 mln. dollar);
“Toshguzar-Boysun-Qumqo’rg’on” yo’nalishidagi yangi temir yo’llar (investitsiya hajmi – 34,4 mlrd. so’m);
“Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog’-Nukus” temiryo’l liniyasining 6ta yangi raz’ezdi ishga tushirildi (investitsiya hajmi – 6,8 mlrd. so’m);
“To’qimachi-Angren” yo’nalishida yangi temir yo’llar (investitsiya hajmi – 85,4 mln. dollar).
Investitsiyalar dasturi doirasida 2010 yilda 200 dan ziyod loyiha amalga oshirildi. Ushbu dastur doirasida yiliga 50 mingta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan “M-300” rusumidagi yengil avtomobil ishlab chiqarishni o’zlashtirish”, 200 ming tonna kaliy o’g’itlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan “Dehqonobod kaliy o’g’itlar zavodi qurilishi”, “Xomjiza konida polimetall rudalariga ishlov berish” kabi yirik loyihalar, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Navoiyazot” kompaniyasining bir qator yangi obyektlarini barpo etish ishlari va boshqa loyihalar nihoyasiga yetkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |