O’zbekiston Respublikasida investitiyalarni moliyalashtirish manbalarining tarkibi (jamiga nisbatan % hisobida)33
T/p
|
Manbalar
|
2006 y.
|
2007 y.
|
2008 y.
|
2009 y.
|
2010 y.
|
|
Jami investitsiyalar
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
1.
|
Markazlashgan
investitsiyalar, shu jumladan
|
23,4
|
22,5
|
20,1
|
20,0
|
20,1
|
1.1
|
Byudjet mablag’lari
|
12,7
|
10,7
|
9,0
|
8,9
|
8,1
|
1.2
|
Byudjetdan tashqari fondlar
mablag’lari
|
4,7
|
6,9
|
6,1
|
7,6
|
7,6
|
1.3
|
Hukumat kafolati ostida jalb
|
6,0
|
5,0
|
5,0
|
3,5
|
4,3
|
- 59 -1321/3/2014
33 O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining yillik byulettenlari ma’lumotlari asosida tuzilgan. Manba: //Birja,Ekspert – 2011 №5. 49-53 bet.
|
qilingan kreditlar
|
|
|
|
|
|
2.
|
Markazlashmagan
investitsiyalar, shu jumladan
|
76,6
|
77,5
|
79,9
|
80,0
|
79,9
|
2.1
|
Korxona mablag’lari
|
48,7
|
48,3
|
47,6
|
43,6
|
36,3
|
2.2
|
Tijorat banklari mablag’lari
|
2,9
|
3,4
|
3,1
|
7,9
|
5,2
|
2.3
|
To’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investitsiyalar va kreditlar
|
13,2
|
14,1
|
17,8
|
25,8
|
27,9
|
2.4
|
Aholi mablag’lari
|
11,8
|
11,7
|
11,3
|
10,8
|
10,6
|
Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini shakllantirish ularni mablag’lar bilan ta’minlanishi borasida davlat tomonidan chora-tadbirlarning ko’rilishi ularni amalga oshirish uchun yetarli shart-sharoit yaratishga yordam bermoqda. Davlat tomonidan investitsiyalar loyihalarini amalga oshirish uchun berilgan imtiyozlar, iqtisodiy siyosat olib borishda soliqqa tortish bazalarining bosqichma-bosqich kamaytirib borilishi korxonalarning shaxsiy aylanma mablag’larini oshirishga hamda ular orqali investitsiyalsh jarayonlarini yanada jadallashtirishda katta rol o’ynaydi. Natijada, moliyalshtirish manbalari bo’yicha kapital qo’yilmalar umumiy tarkibida korxonalarning o’z mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiyalarning ulushining o’sishi ta’minlandi.
Mintaqalarda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda ichki resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishda quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
Tijorat tuzilmalarini kafolatga bo’lgan talabini ta’minlash maqsadida kafolar-garov jamg’armalari tizimini shakllantirish lozim;
Investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun qo’shimcha moliyaviy manbalarni jalb qilish maqsadida moliya sanoat guruhlarini tashkil etish jarayonini faollashtirish;
Aholi bo’sh pul mablag’larini jalb qilish maqsadida qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish, turli qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarilishini kengaytirish (masalan, uy-joy sertifikatlari va uy-joy obligatsiyalari);
Investitsion loyihalarni qo’shma (ulushi) davlat-tijorat moliyalashtirish amaliyotini kengaytirish;
Ishlab chiqarishni tuzilmaviy-tenologik qayta qurishni jadallashtirish maqsadida markazlashgan kredit resurslarining bir qismini tez qoplaydigan investitsion loyihalarni moliyalashtirishga qaratish;
Investitsion loyihalarni sifatini ko’tarish hamda shu bilan birga, ushbu loyihalar kapital qo’yilmalar samaradorligi talablariga mos kelishi maqsadida tijorat asosida doimiy ravishda faoliyat yuritadigan investitsion loyihalar ko’rgazmasini (o’ziga xos birja) tashkil etish.
Respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida mintaqalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning zaruriyati quyidagilar bilan izohlanadi:
Ishlab chiqarish quvvatlarining jismoniy va ma’naviy eskirganligi, ularni qayta tiklashga yoki texnik jihatdan qayta jihozlashga yoki umuman yaxshilashga oid bo’lib, qolganligi;
Sanoat tarmog’ida moddiy-texnika bazasining o’ta pastligi va ko’pgina zarar ko’rib ishlaydigan korxonalarning mavjudligi;
Respublika milliy daromadida jamg’arish bilan iste’mol o’rtasidagi nisbatning iste’mol tomonga ko’plab sarflanayotgani va jamg’arishning investitsiya manbai sifatida kamayib borayotganligi;
O’zbekistonning tabiiy boyliklarga boyligi va bu yerga ko’plab qayta ishlovchi korxonalarni qurish imkoniyatining mavjudligi;
Aholi sonining o’sib borayotganligi (mehnat resurslari) va kichik zamonaviy ixcham korxonalarni barpo etish, ularni mehnat resurslarining manbai bo’lmish qishloqqa yaqinlashtirish zarurligi;
Respublika eksportida xom ashyo salmog’ini kamaytirish va ko’plab tayyor mahsulotlar chiqarish imkoniyatiga ega bo’lmish zarurligi va boshqalar.
Shu o’rinda aytish mumkinki, tarmoqlararo investitsiya salohiyatini oshirish va investitsiya loyihalarini samarali o’zlashtirish orqali rivojlangan bozor iqtisodiyotini barpo etish bilan bog’liq ko’pgina vazifalarning hal etilishiga muvaffaq bo’linadi.
rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |