2005-2011 yillarda investitsiyalar tarkibining o’zgarishi, foizda12
Moliyalashtirish manbalari
|
2005
|
2006
|
2007
|
2008
|
2009
|
2010
|
2011
|
Davlat byudjeti
|
12,7
|
10,7
|
9,0
|
9,0
|
8,1
|
7,4
|
5,1
|
Chet el investitsiyalari
|
19,2
|
19,0
|
22,8
|
25,8
|
32,4
|
28,8
|
25,3
|
Korxonalar va
aholi mablag’lari
|
60,3
|
60,0
|
59,0
|
53,9
|
46,9
|
47,3
|
49,0
|
Boshqa manbalar
|
7,8
|
10,3
|
9,2
|
11,3
|
12,6
|
16,5
|
20,6
|
2011-yilda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan qiymati 10 milliard 800 million AQSh dollaridan ortiq kapital qo’yilmalar o’zlashtirildi, bu 2010 yilga nisbatan 11,2 foiz ko’p demakdir. Investitsiyalarning yalpi ichki maxsulotdagi ulushi 9 foizni tashkil etgani mamlakatimizda investitsiya jarayonlarining jadal faollashib borayotganidan dalolat beradi.13
Mikrofirma va kichik korxonalar uchun shu yili yagona soliq to‘lovi stavkasining 7 foizdan 6 foizga kamaytirilishi xo‘jalik yurituvchi subyektlar investitsiya faoliyatining kengayishiga xizmat qildi. Buning natijasida bo‘shab qolgan qariyb 80 milliard 300 million so‘m mablag‘ni birinchi navbatda ishlab chiqarishni texnologik yangilash va zamonaviy texnikani joriy etishga yo‘naltirish
imkoni paydo bo‘ldi.
- 30 -1321/3/2014
12 R.X. Karalbayeva//Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish.T.: 2011
13 Manba: Gazeta.uz
O‘tgan yili faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida faol investitsiya siyosati yuritishga alohida e’tibor qaratildi.
Iqtisodiyotimizning real sektoriga qariyb 2 milliard 900 million dollar hajmida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi, ularning 78,8 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.
Kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish manbalari va ulardan foydalanish borasida ijobiy sifat o‘zgarishlari ro‘y bermoqda. Jami investitsiyalarning 73 foizdan ortig‘i mamlakatimizning ichki manbalari hisobidan – korxonalar va aholi mablag‘lari, investitsiya jarayonlarida tobora faol ishtirok etayotgan tijorat banklari kreditlari, shuningdek, davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan shakllantirilmoqda. Jami investitsiyalarning 73,5 foizidan ortig‘i ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yo‘naltirilmoqda. Investitsiyalarning qariyb 45,3 foizi zamonaviy, yuksak samarali asbob-uskunalar xarid qilishga yo‘naltirilgani ayniqsa muhimdir.
Monetar siyosatning kuchaytirilishi, korxonalar moliyaviy ahvolining barqaror emasligi korxona va jismoniy shaxslar mablag’laridan moliyalashtirilgan investitiya loyihalarining hajmiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Investitsiya loyihalarni moliyalashtirishning korxonalar uchun samarali bo’lishiga iqtisodiy infratuzilmaning markaziy bo’g’ini bo’lgan soliqlar mexanizmi hisoblanadi. Chunki soliqlar ham, har bir korxona miqyosida tuzilgan investitsiya loyihalarining iqtisodiy samarasi taqdirini hal qilishda asosiy o’rinni egallaydi. O’zbekistonda ham investitsiya loyihalarini tuzish va moliyalashtirish uchun qulay investitsiya muhitni yaratish bo’yicha izchil chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Ularning negizida ikkita asosiy omil yotadi:
Iqtisodiy barqarorlik;
Inflyatsiya jarayonlarini tartibga solish va milliy valyuta so’mning to’lov qobilyatini oshirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |