Davlat bojxona qo’mitasi bojxona instituti moliya fanidan topshiriq mavzu



Download 23,22 Kb.
Sana19.06.2021
Hajmi23,22 Kb.
#71232
Bog'liq
Berdiboyev M Moliya mustaqil

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Soliq

DAVLAT BOJXONA QO’MITASI BOJXONA INSTITUTI
MOLIYA FANIDAN


TOPSHIRIQ

MAVZU: Soliq nazariyasi bo‘yicha klassik iqtisodchilarning nazariyalari.

Ma’lumki soliqlar insoniyat tarixida qadimdan katta munozaralarga sababchi bo’lib kelmoqda. Chunki soliqlar davlat byudjetining muhim daromad manbai hisoblanadi va davlat bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni ta’minlaydi.

Insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan AmirTemur ham soliqlarga katta e’tibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliqlarga tayangan. O‘sha davrning dav-lat moliyasi bu tizimning eng muhim unsurlaridan biri ekanligi, u davlatni boshqarishdagi barcha jihatlariga uzviy bog‘langanligi bilan tubdan farq qilib turgani va ayni shu xususiyatga ko‘ra boshqaruvning barcha tarkibiy qismlari orasida markaziy o‘rinni egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga ayon bo‘lmoqda. Ammo soliq munosabatlari haqida qancha rivoyatlar aytib o‘tilmagan bo‘lsin, uning mohiyati aholi soliq to‘loviga nisbatan faqat o‘z mohiyatini xazinada topgan. Xazina har qanday tizimda ham davlatni boshqarish vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Bunday vosita nafaqat davlatni boshqarishda, balki shuning bilan birgalikda aholi manfaatlarini qondirishda namoyon bo‘lgan. Natijada, xazina taqsimoti taraqqiyot tayanchi bo‘lib xizmat qilgan.

Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiboran olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bo‘lmagan kishining belgisi bo‘lib xizmat qilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iqtisodchisi, 1723-1790) o‘zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini asoslab berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to‘lash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.

N.Turgenev o‘zining «Soliq nazariyasi tajribasi» nomli kitobida (1818yil) shuni ta’kidlaydiki, «Bilimli bo‘lishning muvaffaqiyatlari ularning xalqlar urf odatlariga foydali ta’siri darajasiga qarab soliqlar tizimining takomillashuviga ham ta’sir etgan», «…soliqlar bilimga ega bo‘lish bilan birga paydo bo‘lib, uning belgisi bo‘lib qoldi. ….Soliqlarning tayinlanishi, taqsimlanishi va yig‘ilish usuliga qarab xalq orasida tarqalgan ma’lumotlar to‘g‘risida; yig‘iladigan soliqlar miqdoriga qarab uning boyligi haqida fikr yuritish mumkin, bu bilimlilik va ma’rifatni anglatadigan ikkita eng asosiy xususiyatdir» bu so‘zlardan yana bir bor amin bo‘lish mumkinki, soliqlar qadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, davlatning paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgan. Soliqlar davlat organlarini ta’minlash va ular oldida tutgan vazifalarni bajarilishini moddiy ta’minlashning manbasi sifatida xizmat qilgan. Davlatning rivojlanishi bilan uning vazifa va funktsiyalari yangicha xususiyatlarga ega bo‘ldi. Lekin soliqlarning davlatni va uning organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi roli o‘zgarmay qoldi.

Shu o‘rinda soliqlarga turli iqtisodchilar tomonidan berilgan ta’riflarni keltirib o‘tish o‘rinlidir. «Soliqlar, - deb yozadi D. Rikardo, - hokimiyat ixtiyoriga kelib tushadigan er mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxir-oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan to‘lanadi».

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, D.Rikardo soliqlar mohiyatini yoritib, o‘z navbatida A.Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini ma’lum darajada rivojlantirgan.

Yana bir maqbul ta’rif S.Pepelyaev tomonidan berilgan: «Soliq - ommaviy hokimiyat sub’ektlarining to‘lov qobiliyatini ta’minlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda holisona, qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta’minlanganlik asoslarida va jazo yoki kontributsiya xarakteriga ega bo‘lmagan qonunda belgilangan yagona shaklidir».

Masalan, professor D.Chernikning fikricha «Soliqlar — davlat tomonidan xo‘jalik sub’ektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o‘rnatilgan stavkalarda undirib olinadigan majburiy yig‘imlarni o‘zida aks ettiradi».

Professor B.G. Boldirev boshchiligida yozilgan «Kapitalizm moliyasi» o‗quv qo‗llanmasida soliqlarga quyidagicha ta‘rif berilgan: «Soliqlar — davlat tomonidan undirib olinadigan, jismoniy va huquqiy shaxslarning majburiy to’lovlari»haqiqatan ham yuqorida keltirilgan ta‘riflar eng sodda va keng omma uchun qulay va tushunarli bo‗lishi mumkin. Lekin bu ta‘riflar o‗zida soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini to‗laligicha aks ettira olmaydi. Bundan tashqari, ushbu to‗lovlar nima maqsadda undirib olinishi hamda qachon undirib olinishi to’g’risida etarli ma‘lumotlar bera olmaydi.

Soliqlar davlat byudjeti daromadlarini tashkil etuvchi asosiy manba va iqtisodiyotni boshqaruvchi muhim qurol hisoblanadi. Biroq bu ta‘rif soliqlarning mohiyatini to‗laligicha yorita olmaydi hamda soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini o‗zida aks ettira olmaydi. Bundan tashqari iqtisodiy munosabat sifatida, bu munosabatlar ob‘ekti bo‗lib nima hisoblanadi? degan savollarga javob bera olmaydi.

SHuni ta‘kidlash kerakki, prof. O. Olimjonovning fikriga ko‗ra, soliqlar quyidagicha ta‘riflansa, soliqlarning mohiyati kengroq yoritiladi va maqsadga muvofiq bo‗ladi: «Soliqlar - davlat va jamiyatning pul mablag‗lariga bo‗lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qo‗yilgan hajmda va o‗rnatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to‗lovlardir».

Soliqlarning iqtisodiy ahamiyati deganda quyidagi jihatlarga e’tiborni chuqurroq qaratish talab etiladi: soliqlardan faqat byudjetni to’ldiruvchi asosiy manba sifatidagina foydalanib, uning fiskal xususiyatlarini xaddan ziyod oshirish ijobiy natijalarga olib kelmasligi mumkin. Shuning uchun soliqlarning rag’batlantiruvchilik funktsiyasidan ham kengroq foydalanish, korxonalar zimmasidagi soliq yukini maqbul darajada kamaytirish barqaror soliq-byudjet munosabatlarini qaror topishiga asos bo’ladi.

Soliq tushumlarining soliq stavkalari va soliq bazasiga bog’liqligi xorijiy va respublikamiz olimlari tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Bunday tahlillardan biri XX asrning 70-80 yillarida Amerika iqtisodchisi A.Lafferning “Byudjet kontseptsiyasi” hisoblanadi. Ushbu kontseptsiyada soliq bazasining soliq stavkasi oshishiga hamda byudjet daromadlarining soliq yukiga bog’liqligi tadqiq etiladi. Kuzatuvlarga ko’ra, “soliq yuki”ning og’irlashuvi faqat ma’lum bir chegaragacha byudjet daromadlarining ko’payishiga olib kelishi mumkin. O’z navbatida soliq stavkasining oshishi ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga ta’sir ko’rsatadi. Ma’lum bir chegaraga etgandan so’ng soliq stavkasining oshirilishidan qat’iy nazar

soliq tushumlarining o’sishi emas, balki aksincha qisqarishiga olib keladi. Shuning uchun korxonalarga soliq yukini maqbul bir holatga keltirish kerakki, bunda korxonalar faoliyatining rivoji va byudjet daromadlarining me’yoriy chegarasi buzilmasin.

Respublikamizda ham soliq tizimi tahlilining matematik asoslari A.Nazarov, M.Ibragimov va X.Muxitdinov tadqiqotlarida amalga oshirilgan8. Mazkur olimlarimizning oziq-ovqat mollari bozori statistik ma’lumotlari asosidagi tadqiqotlarida Laffer funktsiyasi tadbig’i o’rganilgan. Tadqiqotlarda alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlari ijtimoiy nomaqbul tovarlar sifatida qabul qilingan. Chunki ushbu mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan hisobga olinmagan tashqi xarajatlarni – ya’ni jamiyat xarajatlarini keltirib chiqaradi. Jamiyat xarajatlari – sog’liqni saqlash, jamoat tartibini saqlash hamda ish vaqtining yo’qotilishi, mehnat unumdorligini pasayishi kabi holatlar bilan bog’liq xarajatlardir. Xuddi shunday salbiy tashqi samaralarni bartaraf etish uchun mazkur tovarlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilishda soliqqa tortishdan foydalaniladi. (Masalan, alohida tovarlar uchun aktsiz solig’ini qo’llash ularning iste’molini cheklashga qaratiladi).

Soliq yukini ilmiy tomondan aniqlash usullari:

Jorgensen, Siebert:

Ushbu muallif tomonidan soliq yukini hisoblashning ikki varianti taklif etiladi:

a) birinchi yo’nalish jamg’arma va investitsiyalarni ekonometrik moddelashtirishni ifodalaydi.

b) ikkinchi yondashuv soliq yukini baholashga bo’lgan yondashuv bilan belgilanadi, ya’ni samarali soliq stavkalari(effective tax rates - ETR) orqali iqtisodiy faoliyatga ta’siri o’rganiladi;

King, Fullerton:

Soliqlarning investitsiyalarga ta’siri masalasi kapital qiymatining o’zgarishi asosida amalga oshiriladi va marjinal soliq stavkalari (marginal effective tax rate, METR) orqali o’lchanadi. Bunda investitsiyalarga foyda normasi soliq to’langungacha va soliq to’lagandan keyingi holatlar uchun hisoblashlar amalga oshiriladi;

L. Popova:

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga tushishi mumkin bo’lgan absolyut va nisbiy soliq yuki ularning yakuniy natijalariga ta’siridan hosil bo’ladi;

A.Podderyogin:

Soliq yuki korxona tomonidan to’lanayotgan barcha turdagi soliqlar va majburiy to’lovlarni ifodalaydi;

A. Medvedev:

Har bir soliq guruhi o’zining to’lov manbaidan kelib chiqib soliq yukiga ta’sir kuchiga ega bo’ladi10. Ushbu usulda soliq yuki korxonaning olishi mumkin bo’lgan barcha foyda miqdoriga nisbati orqali aniqlanadi, shuning uchun ushbu usuldan to’g’ri soliqlarning korxonalar zimmasidagi soliq yukiga ta’sirini o’rganishda foydalaniladi;

M.Litvin:

Korxona tomonidan to’lanadigan barcha soliqlar, jismoniy shaxslar daromad solig’ini ham inobatga olgan holda hisoblanishini nazarda tutadi.

ЎзбекистонРеспубликасиПрезидентиШ.М.Мирзиёевнинг 2018 йил 24 декабрдаОлийМажлисгайўллаганМурожаатномасидақуйидагификрларни «…фуқароларимиз солиқдан қочиш эмас, уни вақтида тўлашдан манфаатдор бўлиши керак.



2019 йилдан бошлаб жорий этилаётган янги солиқ концепциясининг энг асосий ғояси солиқ юкини камайтириш, содда ва барқарор солиқ тизимини қўллашни кўзда тутади. Шу орқали иқтисодиётимиз рақобатбардошлигини ошириш, тадбиркор ва инвесторлар учун ҳар томонлама қулай муҳит яратишга эришиш мумкин» деб таъкидлаб ўтилган.

Bajardi_______________________Berdiboyev M.


Download 23,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish