Sh.M.Mirziyoyev
1.Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va
mohiyati
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun - mohiyati to‘g‘risida iqtisodchi
olimlar o‘rtasida xilma – xil fikrlar mavjud.
Investitsiyalarga aniq bir ta’rif berilmagan. Jumladan, prof. D. G‘.
G‘ozibekov investitsiyalarning iqtisodiy mazmun – mohiyatini moliyaviy
kategoriya sifatida talqin etib, quyidagicha ta’rif berib o‘tgan:
“Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag‘lar
olish, ularni asosli holda safarbar etish, risklar darajasini hisobga olgan
holda kapital qiymatini saqlash va ko‘zlangan samarani olishdan iborat
bo‘ladi”. [1]
[1] G‘ozibekov D.G‘. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T.:
“Moliya” nashriyoti. 2003. 26 bet.
Investitsiya ta’riflari
Prof. N.H. Haydarov investitsiyalar mazmun – mohiyatiga
quyidagi ta’rifni beradi: “Investitsiya – bu mulk shaklidan
qat’iy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan
jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va
ijtimoiy samara olish maqsadida o‘z boyliklarini qonun
doirasida bo‘lgan har qanday tadbirkorlik ob’ektiga
sarflashidir”.[1]
[1] Haydarov N.H. iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investitsion faoliyatidagi moliya-soliq
munosabatlarini takomillashtirish masalalari. I.F.D ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. G‘ T.:
2003. 29 b.
Investitsiya ta’riflari
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-
598-sonli «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi
qonunida investitsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan:
“investitsiyalar — investor tomonidan foyda olish maqsadida
ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari
ob’ektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va
nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu
jumladan intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlar,
shuningdek reinvestitsiyalar” sifatida ta’riflanadi.
Investitsiya ta’riflari
Investitsiya” deganda kelgusida daromad (foyda)
olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida
qonun doirasida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va
boshqa sohalariga investorlar tomonidan
qo‘yiladagan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va
intellektual boyliklar tushuniladi.
U.Sharp investitsiyalarga quyidagicha ta’rif beradi:
“Istiqbolda yanada ko‘proq miqdordagi mablag‘ olish
uchun ma’lum miqdordagi pul bilan bugun
ajralishdir”.
Investitsiya tushunchasi
Makroiqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarishda yangi
vositalarga, turar-joylarga investitsiyalar va moddiy
zahiralarining o‘sishiga qilinadigan harajatlardan tashkil
topadigan yalpi harajatlarning bir qismi hisoblanadi.
Investitsiyalar – bu joriy davrda iste’mol qilinmagan va
iqtisodiyotda kapital o‘sishini ta’minlovchi YaIM ning bir
qismidir.
Ishlab chiqarish nazariyasi va umuman makroiqtisodiyotda
investitsiyalar yangi kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini
hamda inson kapitalini qo‘shib hisoblanganda) yaratish
jarayonidir.
Investitsiya tushunchasi
Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni
olishni tushuniladi, ya’ni bugungi sarflarni maqsadi kelajakda daromad
olish bo‘lib hisoblanadi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, investitsiyalar – muayyan qiymatni,
bo‘lishi noaniqroq bo‘lgan kelajak qiymatga almashish
Lorens Dj. Gitman va Maykl D. Djonkning «Investitsiyalash asoslari»
kitobida investitsiyalarga quyidagicha ta’rif beriladi: Investitsiya moliyaviy
natijalar olishni ko‘zlab aksiya va obligatsiyalarni sotib olishni anglatadi:
bular real aktivlarni belgilaydi, masalan, u yoki bu tovarni ishlab chiqarish
va sotish uchun mashinalarni olishni nazarda tutadi. Umuman keng
ma’noda investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotini o‘stirish va rivojlantirishni
moliyalashtirish uchun zarur bo‘ladigan mexanizmlarni ta’minlaydi.
Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilida amalga
oshirilgan keng ko`lamli islohotlar natijasida asosiy
kapitalga investitsiyalar hajmi keskin oshib, 2018 yilga
nisbatan 133,9 % ni tashkil etdi.
2019 yil yanvar-dekabr oylarida 189,9 trln. so`m
asosiy kapitalga investitsiyalar o`zlashtirilib, ularning
70,7 % yoki 134,3 trln. so`m jalb etilgan mablag`lar
hisobidan moliyalashtirilgan bo`lsa, korxona, tashkilot
va aholining o`z mablag`lari hisobidan 29,3 % yoki
55,6 trln. so`m moliyalashtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |