Investitsiyalarni korxona miqyosida quyidagicha tasniflash
mumkin:
Korxona investitsiyalari
Real investitsiyalar
Moliyaviy investitsiyalar
Ishlab chiqarishni
rivojlantirish
Noishlab chiqarish
sohasini
rivojlantirish
Qimmatli qog’ozlarni
sotib olish
Boshqa korxonalar
aktivlariga
qo’yilmalar
Ta’mirlash va texnik
qayta qurollantirish
Ishlab chiqarishni
kengaytirish
Yangi mahsulot ishlab
chiqarish
Mahsulotni yangilash,
modernizatsiyalash
va yangi resurslarni
o’zlashtirish
Uy-joy qurilishiga
Sport va sog’liqni
mustahkamlash
ob’ektlari
qurilishiga
Mehnat qilish
sharoitlarini
yaxshilash va
texnika xavfsizligi
darajasini oshirish
Boshqa tijorat
tashkilotlari-ning
aktsiyalarini sotib
olish
Obligatsiyalarni sotib
olish
Boshqa qimmatli
qog’ozlarni sotib olish
Ishlab chiqaruvchi –
korxona aktivlariga
qo’yilmalar
Moliya-kredit
tashkilotlari
aktivlariga
qo’yilmalar
Boshqa tijorat
tashkilotlari
aktivlariga
qo’yilmalar
Asosiy fondlarning shakllanishida kapital
qo’yilmalarning roli
Nazariya va amaliyotda bir yildan ortiq xizmat qiluvchi vositalar
asosiy fondlar, bir yilgacha xizmat qiluvchi vositalar aylanma
mablag’lar sifatida tan olinadi.
Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati shundaki, moddiy-mulkiy
qiymatlik ko’rinishidagi asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish
jarayonida mehnat vositasi sifatida ko’p marotaba ishlatiladi
(foydalaniladi) va ularning qiymati asta-sekin qismlarga bo’lingan
holda tovar (mahsulot) bahosiga o’tib boradi. Asosiy fondlarning
muhim xususiyati mehnat vositasi sifatida amal qilishi, ishlab
chiqarish tsiklida ko’p marotaba ishlatilishi va ular qiymatining
mahsulot bahosiga ko’chib o’tishi bilan tavsiflanadi.
Asosiy fondlarni shakllantirishda kapital
qo’yilmalar muhim o’rin egallab, bu
muhimlik kapital qo’yilmalarning tarkibiy
tuzilishidan kelib chiqadi. Kapital
qo’yilmalarning tarkibiy tuzilishi
quyidagilarni qamrab oladi:
kapital qo’yilmalarning texnologik
tuzilishi;
kapital qo’yilmalarning takror ishlab
chiqarish tuzilishi;
kapital qo’yilmalarning tarmoq va hududiy
tuzilishi.
Kapital qo’yilmalarning texnologik tuzilishi
Kapital qo’yilmalarning texnologik tuzilishi deganda
kapital qo’yilmalarning xarajat turlari bo’yicha qandaydir
ob’ekt qurilishiga ketgan xarajatlar tarkibi va uning jami
smeta qiymatidagi ulushi tushuniladi.
Mohiyat jihatdan, kapital qo’yilmalarning texnologik
tuzilishi kelgusida barpo etilayotgan korxona ishlab
chiqarish asosiy fondlarining aktiv va passiv
elementlariga sarflangan xarajatlar nisbatini anglatadi
Aktiv elementlar deganda, o’z qiymatini
bevosita mahsulot yoki xizmatlar
tannarxiga o’tkazuvchi, bevosita
amortizatsiyalanuvchi elementlar va
ob’ektlar tushuniladi, bularga texnologik
uskunalar, mashina va qurilmalar qiymati
misol bo’ladi.
Passiv elementlar o’z qiymatini tannarx
tarkibiga bilvosita kiritib boruvchi
ob’ektlar va vositalar qiymatini anglatadi,
ularga bino va imoratlar, mebel, ofis
jihozlari, kompyuter texnikasi, moddiy va
nomoddiy ob’ektlar misol bo’la oladi.
Kapital qo’yilmalarning takror ishlab chiqarish tuzilishi
Kapital qo’yilmalarning takror ishlab chiqarish tuzilishi deganda
asosiy ishlab chiqarish fondlarining takror ishlab chiqarish shakllari
bo’yicha umumiy smeta qiymatiga nisbati va taqsimlanishi
tushuniladi. Bu holatda kapital qo’yilmalarning qancha qismi
yangi qurilishga,
qanchasi amaldagi ishlab chiqarishni texnik qayta qurollantirish va
ta’mirlashga
yana qanchasi amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirishga hamda
modernizatsiya qilishga yo’naltirilayotganligini aniqlash mumkin.
Takror ishlab chiqarish tuzilishini takomillashtirish
amaldagi ishlab chiqarishni texnik qayta qurollantirish va
ta’mirlashga yo’naltirilgan kapital qo’yilmalarning hajmini
oshirish bilan bog’liq bo’ladi.
Nazariya va amaliyot tasdiqlashicha, yangi qurilishni
amalga oshirishga nisbatan ishlab chiqarishni texnik
qayta qurollantirish va ta’mirlash foydaliroqdir
Kapital qo’yilmalarning tarmoq tuzilishi
Kapital qo’yilmalarning tarmoq tuzilishi (tarkibi)
deganda kapital qo’yilmalarning butunlay
iqtisodiyot va sanoat tarmoqlariga nisbati va
taqsimlanishi tushuniladi. Uni takomillashtirish,
eng avvalo, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini
proportsional ravishda rivojlantirish bilan bog’liq
bo’ladi.
Iqtisodiyotda kapital qo’yilmalarning roli:
kapital qo’yilmalar asosiy fondlarni barpo etish,
amaldagi korxonalarni ta’mirlash va kengaytirish,
korxonalarni texnik qayta qurollantirishning
muhim va bosh omilidir;
kapital qo’yilmalar yordamida iqtisodiyot
tarmoqlari va alohida ishlab chiqarishdagi asosiy
fondlarning rivojlanish sur’atlarini tartibga solish
amalga oshiriladi;
kapital qo’yilmalar yordamida ijtimoiy
xarakterdagi muammolar (uy-joy, ta’lim
muassasalari, sog’liqni saqlash, madaniyat
ob’ektlari qurilishi) bartaraf etiladi;
kapital qo’yilmalar yordamida mamlakatning
barcha iqtisodiy hududlarining rivojlanishi tartibga
solinadi va boshq.
Iqtisodiyotda kapital qo’yilmalarning roli:
kapital qo’yilmalar asosiy fondlarni barpo etish, amaldagi
korxonalarni ta’mirlash va kengaytirish, korxonalarni texnik
qayta qurollantirishning muhim va bosh omilidir;
kapital qo’yilmalar yordamida iqtisodiyot tarmoqlari va alohida
ishlab chiqarishdagi asosiy fondlarning rivojlanish sur’atlarini
tartibga solish amalga oshiriladi;
kapital qo’yilmalar yordamida ijtimoiy xarakterdagi
muammolar (uy-
joy, ta’lim muassasalari, sog’liqni saqlash,
madaniyat ob’ektlari qurilishi) bartaraf etiladi;
kapital qo’yilmalar yordamida mamlakatning barcha iqtisodiy
hududlarining rivojlanishi tartibga solinadi va boshq.
Do'stlaringiz bilan baham: |