Инвертаза ва глюкоизомераза ферментлари ва уларнинг қЎлланилиши



Download 316,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana01.01.2022
Hajmi316,95 Kb.
#298835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
intrvaza va glyukizemeraza fermentlari xossalarini taqqoslash

КИРИШ 

1.

 

АДАБИЁТЛАР ШАРХИ 

 

1.1. Глюкоизомераза ферментининг структуравий тузилиши  



 

1.2 Инвертаза ферментини хоссалари  

 

2.

 

АСОСИЙ ҚИСМ 

 

2.1. Инвертаза ва глюкоизомераза ферментларини амалиѐтда 



қўлланилиши 

 

2.2. Фермент препаратларини олиш технологияси 



ХУЛОСА 

АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ 


 



KIRISH 

«Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  yili»  Davlat  dasturini  amalga  oshirish  doirasida 

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun maksimal darajada qulay ishbilarmonlik sharoiti va 

muhitini  yaratish  borasida  me‟yoriy-huquqiy  va  tashkiliy  chora-tadbirlar  majmui  amalga 

oshirilmoqda.  

O„tgan  davr  mobaynida  kichik  biznes  vakillarini  davlat  xaridlari  tizimiga  jalb  qilishni 

kengaytirish  yuzasidan  chora-tadbirlar  ishlab  chiqildi  va  qabul  qilindi.  Ayni  paytda  adliya 

organlarida maxsus «ishonch telefonlari» tashkil qilindi, tadbirkorlik sub‟ektlarining moliyaviy-

xo„jalik faoliyatini tekshirishlar soni keskin ravishda qisqartirildi.  

Amalga oshirilgan choralar natijasida shu yilning I choragi davomida 170 ta, shu jumladan

to„qimachilik sanoatida – 23 ta, qurilish materiallari sanoatida – 49 ta, oziq-ovqat sanoatida – 75 

ta,  teri-poyabzal  sanoatida  –  2  ta  va  boshqa  sohalarda  –  21  ta  kichik  korxona  ishga  tushirildi. 

Kichik biznesda sanoat ishlab chiqarishi sur‟ati 117,8 foizni tashkil etdi, bu sanoatdagi o„rtacha 

o„sish ko„rsatkichdan ancha yuqoridir.  

O„zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub‟ektlarini tekshirishlarni yanada 

qisqartirish va ular faoliyatini  nazorat  qilishni tashkil  etish  tizimini takomillashtirish borasidagi 

qo„shimcha  chora-tadbirlar  to„g„risida»gi  farmoni  alohida  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Ushbu 

hujjatga muvofiq, 2011 yilning 1 aprelidan 2014 yilning 1 apreligacha bo„lgan davrda soliqlarni 

va  boshqa  majburiy  to„lovlarni  o„z  vaqtida  to„lab  kelayotgan,  shuningdek,  ishlab  chiqarish 

sur‟atlarining  barqaror  o„sishi  va  rentabelligini  ta‟minlayotgan  kichik  biznes  sub‟ektlarining 

moliya-xo„jalik faoliyatini soliq sohasida tekshirish taqiqlandi.  

Kichik  biznesning  moliyaviy  va  moddiy  resurslardan  foydalanish  imkoniyatini  kengaytirish 

maqsadida  tijorat  banklari  tomonidan  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub‟ektlariga 

ajaratilgan  kredit  mablag„lari  865,9  milliard  so„mni  tashkil  etdi,  shundan  159,8  milliard  so„mi 

mikrokreditlar bo„lib, bu 2010 yilning shu davriga nisbatan 1,4 baravar ko„pdir.  

Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub‟ektlarining  xomashyo  resurslaridan 

foydanishini  kengaytirishga  qaratilgan  chora-tadbirlar  kichik  biznes  vakillari  tomonidan  ishlab 

chiqarishni  ta‟minlash  maqsadida  birja  savdolarida  xarid  qilingan  tovarlar  hajmini  1,5  baravar 

ko„paytirish imkonini berdi. Kichik biznes sub‟ektlari tomonidan birja savdolari orqali sotilgan 

ishlab  chiqarish  tovarlari  1,8  baravar  ko„paydi.  Birja  aylanmasining  umumiy  hajmida  kichik 

biznes sub‟ektlari tomonidan tuzilgan bitimlar ulushi 82 foizni tashkil etdi.  

Joriy  yilning  I  choragida  hududiy  dasturlarga  muvofiq,  219  ming  yangi  ish  o„rinlari 

yaratildi, shundan 70 foizi qishloq joylarda tashkil etildi.  

Yangi ish o„rinlarining 137,6 mingtasi (62,9 foizi) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 

sohasida  tashkil  etildi.  Kasanachilik  faoliyati  turlarini  kengaytirishga  oid  chora-tadbirlarni 

amalga oshirish hisobiga 54,2 ming ish o„rni tashkil etildi. 

Joriy  yilning  birinchi  choragida  iqtisodiyot  tarmoqlarining  turli  sohalarga  oid  va  turlicha  bilim 

darajasiga ega kadrlarga bo„lgan ehtiyojini qondirish maqsadida oliy va o„rta maxsus kasb-hunar 

ta‟limi  muassasalarining  moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash,  ta‟lim  standartlari  va 

dasturlarini  ishlab  chiqish  va  amaliyotga  tatbiq  etish,  shuningdek,  malakali  kadrlar  tayyorlash 

ishlari davom ettirildi.  

Yangi  tashkil  etilgan  byudjetdan  tashqari  Ta‟lim  muassasalarini  rekonstruksiya  qilish, 

kapital  ta‟mirlash  va  jihozlash  jamg„armasi  mablag„lari  hisobidan  shu  yilning  birinchi  choragi 

davomida  umumiy  hajmi  18  milliard  so„mlik  mablag„lar  o„zlashtirildi.  O„tgan  vaqt  davomida 

bolalar  sporti  ob‟ektlarini  qurish  va  rekonstruksiya  qilishga  yo„naltirilgan  kapital  qo„yilmalar 

hajmi  Bolalar  sportini  rivojlantirish  jamg„armasining  mablag„i  hisobidan  3,3  baravar  oshdi  va 

18,4 milliard so„mni tashkil etdi.  




 

Joriy  yilning  birinchi  choragida  2011  yilga  mo„ljallangan  Investitsiya  dasturi  doirasida 



sog„liqni saqlash ob‟ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 23,4 milliard so„m byudjet 

mablag„lari  o„zlashtirildi.  Xalqaro  moliya  institutlari  kredit  mablag„lari  hisobidan  sog„liqni 

saqlash  muassasalarini  yuqori  texnologiyali  diagnostika  va  davolash  tibbiyot  uskunalari  bilan 

jihozlash bo„yicha uchta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.  

2011  yilda  O„zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyotining  barqaror  rivojlanishini,  aholi 

bandligini ta‟minlash va xalqimiz farovonligini yanada oshirishga yo„naltirilgan iqtisodiyotning 

barcha  sohalarida  boshlangan  modernizatsiyalash  va  yangilash  jarayonlarini  yanada 

jadallashtirish,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  uchun  maksimal  qulay  shart-sharoitlarni 

yaratish, investitsiyaviy faoliyatni rag„batlantirish muhim vazifalardan bo„lib qoladi.  

Davlatimiz va xalqimiz hayotida tom ma‟noda tarixiy sana bo„lgan ushbu ayyom haqida 

gapirar  ekanmiz,  biz  Konstitutsiyamizning  bugungi  O„zbekiston  davlatchiligining  tiklanishi  va 

rivojlanishidagi beqiyos o„rni va ahamiyatini yuksak baholaymiz. Va shu asnoda mustaqillikning 

birinchi  kunlaridan  boshlab  o„z  oldimizga  qo„ygan  ezgu  maqsadga  erishish,  ya‟ni  yurtimizda 

ijtimoiy yo„naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish, inson, 

uning  manfaatlari,  huquq  va  erkinliklari  eng  oliy  qadriyat  hisoblanadigan  fuqarolik  jamiyatini 

shakllantirishda  Konstitutsiyamizning  mustahkam  poydevor  bo„lib  kelayotganini  mamnuniyat 

bilan e‟tirof etamiz.  

Bugun  O„zbekistonimiz  bosib  o„tgan  mustaqil  taraqqiyot  yo„lini  xolisona  baholar 

ekanmiz, o„tgan davr mobaynida biz erishgan, dunyo jamoatchiligi tan olgan olamshumul yutuq 

va  marralar,  avvalambor,  izchil  rivojlanayotgan  iqtisodiyotimiz  va  uning  barqaror  o„sish 

sur‟atlari,  aholi  farovonligining  yildan-yilga  oshib,  jahon  hamjamiyatida  mamlakatimiz  obro„-

e‟tiborining  tobora  yuksalib  borayotgani  –  bularning  barchasi  Konstitutsiyamizning  asosiga 

qo„yilgan,  chuqur  va  puxta  o„ylangan  maqsad,  prinsip  va  normalarning  hayotbaxsh  samarasi, 

desak, hech qanday mubolag„a bo„lmaydi.  

Qisqacha aytganda, biz tanlagan va “o„zbek modeli” deb nom  olgan mamlakatimizning 

taraqqiyot yo„li naqadar to„g„ri ekanini bugun hayotning o„zi yaqqol tasdiqlab bermoqda.  

Biz  o„z  umrini  o„tab  bo„lgan  mustabid,  buyruqbozlik  va  rejali-taqsimot  tizimidan  qanchalik 

uzoqlashganimiz  sari,  milliy  taraqqiyot  modelimizning  asosini  tashkil  etadigan  tamoyil  va 

normalarning nechog„lik to„g„ri ekaniga bo„lgan ishonchimiz shu qadar ortib bormoqda.  

Bu tamoyillar, birinchi navbatda, hayotimizni mafkuradan to„la xoli qilish, kommunistik 

qolip  va  qarashlardan  voz  kechish,  qonunning  hamma  uchun  ustuvor  bo„lishi,  davlatning  bosh 

islohotchi rolini o„ziga olishi, inqilobiy emas, aksincha, tadrijiy taraqqiyot yo„lidan rivojlanish, 

ya‟ni  islohotlarni  “Yangi  uy  qurmay  turib,  eskisini  buzmang”  degan  prinsip  asosida  izchil  va 

bosqichma-bosqich amalga oshirish, shuningdek, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish kabi qoidalarni 

o„z ichiga oladi.  

Ana shu tamoyillarga amal qilgan holda, biz o„tgan davr mobaynida haqiqatan ham juda 

katta tarixiy yutuqlarga erishdik va bu bilan haqli ravishda faxrlansak arziydi.  

Biz  erishgan  ulkan  marralarning  eng  muhimi  –  eski  tizimdan  butunlay  voz  kechib, 

mamlakatimizni  isloh  etish  va  demokratlashtirish  yo„lidan  dadil  borayotganimiz  va  bu 

jarayonning hech qachon ortga qaytmaydigan qat‟iy va izchil tus olganidir.  

Shuni  alohida  ta‟kidlash  joizki,  bugungi  kunda  odamlarimiz,  ularning  ijtimoiy  ongi, 

hayotga munosabati tobora o„zgarmoqda, vatandoshlarimizning siyosiy yetukligi, yurtimizda va 

dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan fuqarolik mas‟uliyati, daxldorlik hissi oshib 

bormoqda.  Va  aynan  shularning  barchasi  mamlakatimizning  taraqqiyot  va  farovonlik  yo„lidan 

izchil  rivojlanib  borishini,  yangi  marralarni  qo„lga  kiritishimizni  ta‟minlayotgan  qudratli 

harakatlantiruvchi kuch bo„lib xizmat qilmoqda.  




 

Shu bilan birga, amalga oshirgan ishlarimizni e‟tirof etgan holda, biz bir haqiqatni esdan 



chiqarishga haqqimiz yo„q, deb o„ylayman: ya‟ni, hayot hech qachon bir joyda to„xtab turmaydi.  

Bosib o„tgan yo„limizni va mamlakatimizning dunyoda sodir bo„layotgan tub o„zgarishlar 

jarayonida tutgan o„rnini xolis va tanqidiy baholar ekanmiz, biz erishgan yutuqlarimizga mahliyo 

bo„lib  qolmasligimiz,  ortiqcha  havolanish  va  xotirjamlik  tuyg„usiga  berilmasligimiz  zarur. 

Bugun biz yashayotgan globallashuv va tobora kuchayib borayotgan raqobat asrida faqat chuqur 

islohotlar  va  modernizatsiya  yo„lidan  tinimsiz  va  qat‟iyat  bilan  rivojlanib  borish  natijasida  o„z 

oldimizga  qo„ygan  istiqbolli  maqsadlarga  –  taraqqiy  topgan,  farovon  yashayotgan  demokratik 

davlatlar qatoriga kirish, xalqimiz uchun munosib hayot darajasini ta‟minlashga erisha olamiz.  

Parlamentimiz palatalarining 2010 yil 12 noyabrda bo„lib o„tgan qo„shma majlisida bayon 

etilgan  “Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik 

jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da aynan ana shu vazifalar o„rtaga qo„yilganini ta‟kidlash 

joiz. 



Download 316,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish