10
1.2. Invertaza fermentini xossalari
Ma`lumki, invertaza fermenting ko`p o`rganilgan gidrolaza oilasiga kiruvchi ferment
xisoblanib, ferment xaqidagi umumiy ma`lumotlar va xulosalar uning transferaz funktsiyaga xam
egà ekanligini tasdiqladi..
Bekon tajribalarida esa yuqorida keltirilgan ma`lumotni tasdiqlovchi natijalar olingan.
Unga ko`ra, reaktsion muxitda saxaroza, glyukoza va fruktozadan tashqari birqancha saxaridlar
aniqlangan.
Tsellyuloza va aktivlangan ko`mir ishtirokida olib borilgan xromotografik tadqiqotlar shuni
ko`rsatadiki, invertazaning transferaza ta`siri natijasida reaktsion muxitda bir disaxarid va uchta
trisaxarid borligi aniqlangan. SHuningdek reaktsion muxitga ikkita disaxaridning qo`shilishi
natijasida olti xildagi saxaridlar ajratib olingan.
Invertazaning gidrolitik va transferaza ta`sirlarini sxematik tarzda quyidagicha tasvirlash
mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: