fermentning gidrolitik funktsiyasi
:
Fruktoza-Glyukoza + Ferment Fruktozil-Ferment + Glyukozà
Fruktozil-Ferment + suv Fruktoza + Ferment-0H
fermentning transferaza funktsiyasi
:
Fruktoza-Glyukoza + Ferment Fruktozil-Ferment + Glyukozà
Fruktoza-Ferment + saxaroza trisaxarid + Ferment-0H
Fruktoza-ferment + suv fruktoza + Ferment
Xozirgi paytda fermentlarni suv-organik muxitda qo`llash biotexnologiyaning muxim
axamiyatga ega bo`lgan va rivojlanib borayotgan yo`nalishlaridan biridir. Lekin fermentlar
xususiyatlarini suv-organik muxitda o`rganishga oid ma`lumotlarning kamligi bu yo`nalishni
yanada rivojlanishiga to`sqinlik qilmoqda. Fermentlar uchun noodatiy bo`lgan muxitda ularning
xususiyatlarini o`rganish enzimologiyadà yangi ul'traenzimologiya (ultraenzymology), organik
muxitdagi qisqa to`lqinli enzimologiya (microwave enzymology) [Drauz K., 2002], ul'tratovush
yordamida fermentni strukturasini buzish yoki stabillash (ultrasonication), suv-organik muxitda
substratlar transformatsiyasi kabi turli yo`nalishlarni paydo bo`lishiga olib keldi. Masalan qisqa
to`lqinli enzimologiya yordamida 1000S da katalitik reaktsiyani bajara oladigan termostabil
ferment preparati olingan bo`lib, ferment faolligi 2-3 marta oshgan. SHuningdek, ul'tra
to`lqinlarni qo`llash natijasida suv-organik muxitda fermentativ reaktsiyalarni tezlashtirish va
ferment faolligini sezilarli ravishda ko`tarish imkonini berdi.
Aniqlanishicha, turli organik erituvchilar ferment faolligiga turlicha ta`sir qiladi. SHu
maqsadda turli organik erituvchilarni invertaza faolligiga va ferment strukturasiga ta`sirlari
o`rganilgan. Ýrituvchilar sifatida dimetilformamid, glitserin, dioksan va metanol qo`llanilgan.
Olingan natijalarga ko`ra, glitserin va dioksan oqsil denaturatsiyani keltirib chiqarmagan
bo`lsada, ferment faolligiga ta`sir qilgan. Keltirilgan ikkita erituvchilardan farqli ravishda
dimetilformamid qaytmas denaturatsiyani keltirib chiqargan bo`lsa, metanol achitqi invertazasini
inaktivlagan [Lopez M., 1997].
11
SHuningdek, turli organik erituvchilarning fermentning gidratatsiyasi ta`siri o`rganilgan
[Nuno M., 2007]. Organik erituvchilar sifatida 3-geksan, pentanon, diizopropil efiri, etanol va
atsetonitril qo`llanilgan. Olingan natijalarga ko`ra, polyar bo`lmagan organik erituvchilar
ferment yuzasida mustaxkam bog‟langan suv klasterlarini xosil bo`lish jarayonini tezlashtirgan.
Polyar organik erituvchilar esa, ferment molekulasi yuzasida kuchsiz boqlangan suv klasterlarini
xosil qilgan. SHuningdek, ferment molekulasini past darajali gidratatsiyasida metall ionlari
fermentni barqarorlashtirgani aniqlangan.
Ayrim avtorlar fikricha invertaza bilan sekretsiyalangan oqsil qism, membrana bilan
bog‟langan polisomalarda sintez bo`ladi. Bu oqsil tarkibida gidrofobli N-tugunli peptid bo`lib, u
endoplazmatik retikulum lyumentiga oqsilning kirishini ta`minlab beradi. Oqsillarning
glikozillanishini, extimol butun oligosaxarid fagmentlarining birikishi natijasida ro`y beradi.
Ferment tashkil bo`lishining oxirgi stadiyasi, biosintezning malum regulyator
mexanizmlari ta`sirida invertazaning sekretirlanishidir, bu oxirgi maxsulotning teskari aloqasi
printsipidagi kultural muxitda aktiv ferment miqdori bilan regulirovka qilinadi.
Yuqorida aytib o`tilgandek, glikozillangan oqsillar ÝPR da sintezlanadi, keyin u Gol'dji
apparatiga o`tadi va bu erda uglevod qo`shilib oligosaxaridlar elongatsiyasi ro`y beradi. Lekin
Saccharomycces cereviseae ning sezgir mutant shtami xaroratida oqsillar xarakati to`xtaydi va
glikozillashgan invertaza ÝPR da to`planadi. Bu masalani xal qilish uchun sec 12 dan
membranalar va SUC 2 xujayralari in vitro aralashadi.
Achitqi oqsillarini ekspressiya qilib glikozillashnign ikkita turli jarayoni aniqlangan.
Agar Sacsharomyces cerevisiae achitkilarida oqsil ajralib chiqsa va glikozillash normal xolda
bo`lsa, bunda oqsillar - xujayralardagi mutantsiya yoki glyukoprotein oligosaxaridlar o`zgarishi
xujayraning metabolit yo`liga ta`sir etsa, bunday xolda fermentning glikozillanishi odatdagidan
pastroq bo`ladi.
Fermentning
geterologik
formalarining
to`planishi
kuzatiladi:
invertazaning
gipoglikozillashgan formasi, modifikatsiyanlangan xujayra ichida to`planadi, bu fermentlarning
ko`proq glikozillashgan formalarining to`planishi, oqsilnig birlamchi strukturasiga boqliq.
Gol'ji kompleksi oqsil va lipidlar uglevodlarining oxirgi modifikatsiyasi yuz beradigan
organoid bo`lib, turli vazifalarni bajaradi. S.cevevisiae achitqilarida oqsillarning Gol'jidagi
glyukozillanishi o`rganilgan va mannoziltransferazalarning N-oligosaxaridlar sintezida
qatnashishi aniqlangan (Dean, 1999).
Asosiy glyukozillanadigan oqsillar achitqi endoplazmatik to`rlarida qosil bo`lib Gol'ji
apparatiga o`tkaziladi va mazkur organellada oligosaxaridlarga tashqi uglevodlarning birikishi
natijasida elongatsiya jarayoni amalga oshadi. Transport jarayoni S.cerevisiaening haroratga
sezuvchan bo`lgan Sec18 mutantida bloklangan bo`lib, glyukozillangan invertaza EPT yig‟iladi.
In vitro sharoitida yig‟ilgan invertazaning Gol'ji apparatiga transferlanishi aniqlangan.
Sec18 SUC2 xujayra membranalari -1-3 mannoziltranferaza tashqi zanjirlariga teskari ta`sirga
ega bo`lgan va transferazaga ega shtammlar membranalari aralashtirilgan lekin bu muqitda
invertaza kam miqdorda ekanligi kuzatilgan. -1-3 mannoza qoldiqlarining ko`chirilishi ham
donor va retsipient membranalar xususiyatiga bog‟liq bo`lgan. Invertazaning tranfer reaktsiyasi
qarorat va detergentlarga sezuvchan bo`lib, ATF, GDF-mannoza, Mg2 , Mn2 ionlarini talab
qiladi. Reaktsiya natijasida invertaza membranaga bog‟langan holda qolgan. Donor membranani
N-etilmelamid yoki tripsin bilan ta`siri tranferlanishi reaktsiyasining ingibirlanishi kuzatilgan.
S.cevevisiaedagi N-zanjirli oligosaxaridlarning transformatsiyasi ÝPTdagi glyukozidazalar
orqali amalga oshadi.
Glikozillash glyukoenzimlar uchun asosiy faktorlardan biri bo`lib, bunda sintezlangan
oqsillar Gol'ji kompleksidagi uglevodlar bilan birikadi. O`zgargan (modifikatsiyalangan)
uglevodlar fermentlar strukturasini turg‟unlashtiradi, aks holda glikozillashgan fermentning
12
parchalangan uglevod qismi o`z aktivligini sezilarli darajada yo`qotadi. Glikozillash jarayonida
birqancha organoidlar qatnashadilar, bular xujayra membranasi, Gol'dji apparati va
endoplazmatik retikulumlardir. Bulardan tashqari bu jarayonda polisaxaridlar, oligosaxaridlar va
o`ziga xos (spetsifik) enzimlar ham qatnashadilar. Markaziy glikozillash jarayoni oqsillarning
endoplazmatik retikulumdan o`tgandan so`ng spetsifik fermentli Gol'dji kompleksida ro`y
beradi. Asosiy oxirgi mahsulot (glikozillangan fermentlar) xujayrali membranada joylashgan
bo`ladi.
Posttranslyatsion glikozillashda uglevodlar,oqsillar va lipidlarning o`zgarishida,
sintezlangan oqsillarni metabolik zanjir ichida transportirovka qilish va saralashda Gol'dji
apparati fundamental rol' o`ynaydi. N-oligosaxaridlarning elongatsiyasi ham Gol'dji fermentlari
orqali ro`y beradi, ayniqsa 1-6, 1-2 va 1-3-mannoziltransferazalar. Gol'dji apparati orqali oqsillar
transportirovkasi anterograd sharchalari yordamida amalga oshiriladi.
Achitqi Kve 2p/Mn+1p -1,2-mannoziltranferazasi qisqa tsitoplazmatik aminooxirgi va
1ta N-glyukozillanish sayti megalyuminal domenga ega membrana oqsilidir. Kve 2p/Mn+1p
gol'ji apparatida joylashgan bo`lib, NH2 oxirgi tsitoplazmatik domenlar Kve 2p ni Gol'jidagi
joylashishinè ta`minlaydi.
Zamburug‟larning va achitqi xujayra membranasida uchta asosiy polisaxaridlar bo`lib,
ular: glyukanlar, mannoproteinlar va xitindir.
Ferment molekulasidagi polisaxaridning funktsiyasi oqsil molekulasining fermentativ-
aktiv konformatsiyasini turg‟unlashtirishdan iborat (Rudd P. 1997;).
Xujayrali membrananing 40% quruq massasi 1-3 -glyukandan tuzilgan va bu birikma
xitin bilan membrananing egiluvchan va yaxlitligini ta`minlaydi. O`z navbatida 1-6-glyukanlar
(membarananing 40% quruq massasi) membrananing umumiy komponentini bog‟lovchi
vazifasini bajaradi. Membrana mannoproteinlari (membrananing 40% quruq massasi) glyukan va
xitin tarmoqlarini to`ldiruvchi material xisoblanadi.
Xujayra membranasida achitqi invertazaning ushlanib qolishi haqida ikkita gipoteza
ishlab chiqilgan. Ulardan biri membrananing tashqi tomonida fosfomannanlar lokolizatsiyasida
oqsillarning kovolent yoki nokovolent bog‟lanishiga asoslangan, membrananing ichki qavati esa
barner sifatida ishlaydi.
Glikozidlarning oqsillar bilan birikishi fermentlar xususiyatini to`liq o`zgartiradi.
Invertazaning uglevodli qismi 30 ta polisaxarid zanjirlaridan iborat bo`lib, ular oqsil qismning
turli nuqtalariga birikkan (Reddy at al, 1999). Oqsil va uglevod bog‟lanishi juda kuchli bo`lib,
uni bir necha usul bilan xam ajratish qiyin.
S.cerevisiae oligosaxaridlari mun1, mun9, mun2, mun9 mutant makroproteini va yovvoyi
shtamm sarboneptidaza mun1 oligosaxaridlarining xarakteristikasi o`rganilgan.
S.cerevisiae achitqisida xujayra sirtidagi N-glyukanlar va perillazmatik oqsillar mannan
va yuqori molekulali mannoza tarkibli polisaxaridlarning birikishi orqali modifikatsiyalanadi.
Asosni tashkil qiluvchi 1,6-zanjirli mannoza turli qismlari bilan -1,2 va -1,3 zanjirli
mannozalarga birikkan xolda bo`ladi. Mannan sintezining initsiatsiyasi va elongatsiyasi ikkità
kompleks oqsillar yordamida Gol'ji apparatida amalga oshadi. Mazkur ishda asosni tashkil
qiluvchi mannan elongatsiyasinè amalga oshiruvchi MNN10/BED 1gen maxsuloti kuzatilgan.
Ikkita kompleks oqsillarning bir-biri bilan ta`siri shuni ko`satadiki Mnn 10p va Anp1p, Mnn 9p,
Mnn 11p va Hoc1r oqsillari teng xajmga ega ekanligi kuzatildi. Mnn 10p yoki uning gomologi
Mnn 11p ning tushirib qoldirilishi in vivo da mannan sinteziga salbiy ta`sir qilgan.
N-zanjirli oligosaxarid elongatsiyaga xalaqit beruvchi periplazmatik invertaza
S.cerevisiae och:Lev2 xujayralarini buzish orqali tozalanadi. Gidrazinolizis va N-atsetillanim
orqali ajratilgan piridilaminlangan neytral oligosaxaridning strukturaviy analizi shuni
tasdiqladiki, oich1 mutatsiyasi -1,6 polimannoza tashqi zanjirini parchalaydi (yo`qotadi) va
13
shunga qaramay 1 yoki 2 1-3 zanjirli mannoza PA oligosaxaridlari ÝPTga birikkan xolda
aniqlangan. Umumiy xujayra mannoproteinlaridan ajratib olingan och mnn1 shtamm
oligosaxaridlari shuni ko`rsatadiki och1 mnn1 mutant 1-3 mannozani yo`qotadi va ÝPT
oligosaxaridi (Man 8 G/cNAc2) sifatida to`planadi. Olingan natijalarga ko`ra OCH 1 geni -1-6-
mannoziltransferaza sinteziga javob beradi va bu 1,6 polimannan tashqi zanjirini N zanjirli
achitqi oligosaxaridlariga biriktirishdan iboratdir.
Man8-14G1cNac hajmli yuqori molekulali mannoza oligosaxaridlari S.cerevisiae
invertazasidan ajratib tozalanadi va uning tarkibi kimyoviy analiz bo`yicha aniqlanadi. Tozalik
darajasi va tarkib 1N YaMR spektroskopiyasi (500 mGts) yordamida aniqlanadi. Analizlar
natijalariga ko`ra, invertaza oligosaxaridlari mazkur birikmalar bilan gomolog ekanligi
aniqlangan. SHuningdek parochalangan achitqi xujayralaridan olinib tozalangan Man8-
14G1cNac invertazadan ajratilgan Man8-14G1cNac bilan o`xshash strukturaga ega ekanligi
aniqlandi.
N-glyukanlar eukariat glyukoproteinlarda turli ctrukturalarda uchraydi. Universal N-
glyukan o`zagi oqsil molekulasiga sintez davrida ÝPTda birikadi va oqsillarning o`zaro
farqlanishi Gol'ji apparatiga o`tgandan so`ng yuz beradi. Ko`pgina achitqi va sut emizuvchi
xujayralari glyukoziltranferazalari yaxshè o`rganilgan bo`lsa-da bu fermentlarning gol'ji
apparatiga
qaytarzda
birikishi
xozirgacha
nomalum
bo`lib
kelmoqda
(Munro S., 2001).
Ko`p tadqiqotlar mutatsiyalar orqali o`tkaziladi, masalan, See (secretion); mnn (mannah);
och (ouler chain); ngd (N - glucosylation defective); defektli sekretsiyali mannanozilaniyani,
glikozillashda tashqi zanjirlar, N-glikozillash defektli mnn1 mnn9 Saccharomyces cerevisiace
achitkilaridan N-oligosaxaridlari, ion-almashish xromotografiya usuli bilan monofosfat efir,
monofosfat monoefir yordamida, xujayrani ekstraktsiyalab, issiq nitratli buferda ajratib olingan.
Ma`lumki mnn1 mnn9 yoki mnn1 mnn10 achitki xujayralarida oqsillar fosforillashini
regulirovka qiladi (moslashtiradi), mnn10p va mnn1p oqsillari Gol'dji apparati kompleks
oqsillarning polimerizatsion aktivligiga mosslashadi.
S. cerevisiae achitkisining X-2180 mutantidan iborat invertaza ikki fraktsiyaga bo`lingan.
75% li ammoniy sul'fat eritmasida erimaydigan (R75 invertaza, 36% uglevod) va eriydigan (S75
invertaza, 53% uglevod). S75 invertaza mannoproteinning 1-6-mannozali antitelalar bilan
reaktsiyaga kirishdi, R75 bilan esa kirishmadi. Lekin R75, 1-3mannozali terminalga qarshi
sivorotkaga reaktsiya ko`rsatdi. Tadqiqot natijalari shuni ko`rsatdiki, R75 invertazada faqat
asosiy oligosaxaridlar mavjud va S75 invertazada faqat oligosaxaridlarning tashqi zanjirlari bilan
bog‟langan.
Periplazmatik invertaza-elongatsiya deffektli N-oligosaxaridlar, S. serevisiae och
1:1,1:1/2 xujayralaridan tozalab olingan. Piridilaminlangan oligosaxaridlarning struktura analizi
gidrazinolizis orfali ajratib olingan, bunda och 1 mutatsiya 1.6-polimanoz zanjirini to`liq olib
tashlangan, lekin shunga qaray piridilaminli oligosaxaridlar aniqlangan (man9GlcNAc2-PA va
Man10GlcNAc2PA) bo`lib, ular bir yoki ikki a-1.3-endoplazmatik mannozaga ega. a-1.3-
mannozaning ochlmnnl oligosaxaridlar, Man 8GlcNAc2 oligosaxaridlarida bittalik ÝP forma
shaklida birikadi va yig‟iladi. Ushbu tadqiqotlar natijasiga ko`ra och1 geni a-1.6
mannoziltransferazani kodlashtiradi, u a-1.6-pilimannani N-oligosaxaridlari (Man5GlcNAc2 va
Man8GlcNAc2) bilan birikishini ta`minlaydi.
Yuqori molekulyar oligosaxaridlar uzunligi Man 8-14Glc NAc, invertaza drojjasidan
tozalab olingani aytilgan, olgosaxaridlar mavjudligi kimyoviy analiz yordamida aniqlangan.
Ma`lumotlarga ko`ra Man8-GlcNAc-oligosaxaridi trimmingli intermediatlar va Man9-14GlcNA
esa biosintetik mediator funktsiyalarini bajaradi, bu esa mannozaning tannan skeleti bilan
birikishida xal qiluvchi rol' o`ynaydi. Ulardan tashqari, achitkining xujayra yuzasida, ferment
muxitida regulyatorli bog‟lanishlarida ishtirok etadigan maxsus retseptorlarning mavjudligi
xaqida xam ma`lumotlar bor. Ferment aktivligini regulyatsiya qilishida xujayra yuzasining
14
axamiyati xaqida ushbu fakt xam dalolat beradi, qobiq olib tashlansa yoki membrana zararlansa
xam sekretsiya qilinayotgan fermentning muxitga ta`siri yo`qoladi. Agar, achitki
protoplastlarning xujayra devorlari qisman tiklansa, regulyatsiya effekti yana paydo bo`ladi
(Parker M., 1996).
Fermentlarni glikozillash va transportirovka qilish, bir nechta gen maxsulotlarni talab
qiladi. Saccharomyses cerevisiae achitkisida glikozillash jarayonida ishtirok etadigan ayrim
genlar aniqlangan. Konde ma`lumotiga ko`ra M.G 12 va HOCI genlari oligosaxaridlar
biosintezida, BRE5, CODU, COG5 va VSP53 genlari oligosaxaridlar sekretsiyasida;
YOLO72/THP1, E1P2, STB1 va SNF11 genlari oligosaxaridlar transkriptsiyasida; SEP7 va
RDG1 genlari xujayraning polyarligida va YFH1 geni achitqining mitoxondrial funktsiyasida
ishtirok etadi. MNN10/BED1 gen esa mannan skeletining elongatsiyasi uchun javob beradi.
Ma`lumki, SUC2 drojja geni invertaza sintezini kodlaydi (va bu gen glyukozaning yuqori
kontsentratsiyasida ingibirlanadi, hamda katabolit ingibirlash past kontsentratsiyasida mavjóä
bulib, past kontsentratsiyali muxitida katabolit derepressiyaga uchraydi.
SHuni qayd etish kerakki, SUC2 S. cerevisiae genini, Piehia pastoris va Pichia angusta
genlariga ekspressiya qilinganda proteinlarning gipoglikozilashi fermentning sekretsiyasi và
aktivligiga ta`sir etmadi
Achitqi SUC2 geni invertaza fermentini kodlaydi. S.cerevisiaedagi gibrid oqsillar -
galoktozidaza faolligiga ega bo`lib, invertaza va -galoktozidazaga qarshi qo`llanilgan antizardob
ularni spetsifik tarzda tanishi aniqlanadi. Achitqida -galoktozidaza ekspressiyasi xuddi yovvoyi
turda SUC2 dan ajratiladigan invertaza kabi boshqarilishi kuzatildi. Bunda fermentlar yuqori
glkozali muxitda ingibirlangan bo`lsa, past kontsentratsiyali glyukoza muxitida depressiyalanadi.
Lekin yoyovoyi tip -laloktozidaza S-invertaza gibrid oqsili ajratilishi kuzatilmadi. Bu oqsil
sekretsiyaning dastlabki bosqichlarida EPTda ushlanib qolgan. Gibrid oqsilda faqatgina
boshlanqich glikozillanishi yuz berib Gol'jidagi qo`shimcha glyukozillaniø amalga oshmagan.
Invertaza -galaktozidaza gibrid oqsillari ÝPT ichida to`planmagan .
Saccharomyces cerevisiae achitqisining inv1 va inv4 genlaridan ekspressiyalanuvchi
invertazalarning ikkalasi xam aminokislota tarkibiga ko`ra juda o`xshash bo`lib [Davies G.,
2003], shuningdek, mazkur fermentlarning katalitik reaktsiyaning stereoximiyasi, substrat
spetsifikligi va oqsil strukturalari xam bir-biriga yaqin. Achitqi va o`simlik glikogidrolazalari
katalitik markazidagi aminokislota qoldiqi xisoblangan Asp23 i Glu204 ikkala ob`ektda xam
gomologik ekanligi aniqlangan. Kluveromyces marxianus achitqisidan ajratib olingan inulinaza
va Pichia anomalia invertaza o`rtasidagi nukleotidlar ketma-ketligi 53% gomolog ekanligi
aniqlangan. SHuningdek, achitqi invertazasining nukleotidlar ketma-ketligi bakterial
fruktoziltransferaza bilan 34-35%, bakterial invertaza bilan 30-31% va o`simlik invertazasi bilan
esa 27-29% mos kelishi kuzatilgan.
Achitqi genomi ettita invertaza sinteziga javob beruvchi struktura genlardan iborat
(SUC1-SUC7). Ularning beshtasi telomerga juda yaqin joylashgan. Aloxida joylashgan SUC
genlari uch turdagi achitqi invertazasi polipeptidini kodlaydi. Ularning ikki turi glikozillanadigan
ferment bo`lsa, uchinchi turi tsitoplazmada erigan xolatda bo`ladi. Boshqacha qilib aytganda
yuqorigidagi ikki tur membranaga boqliq va ekzoforma bo`lsa, uchinchisi endoformadir.
Invertaza SUC2 genlaridan ekspressiyalansa xam, turli start kodonlar yordamida
translyatsiyalanadi. Bu jarayonda endo forma va ekzo formaning farqi shundaki, ekzo forma
ikkita qo`shimcha aminokisotalardan tashkil topgan.
Protsessing jarayoni tugagandan so`ng 50% tarkibga ega ekzoforma tetramer, geksamer
yoki oktamer xolatda xujayraning turli nuqtalariga lokalizatsiyalanadi . Aniqlanishicha,
fermentning endoforma va ekzoforma turlari 5-oxirli mRNK molekulalari bilan farqlanadi.
Ýndoformaning repressiyalanishi transkriptsiya, translyatsiya va glikozillanish jarayonlarida
amalga oshadi [Larate V., 1996].
15
Glikozillanish jarayoni fermentlar uchun muxim axamiyatga ega bo`lib, ferment oqsil
qismini uglevodlar bilan boq‟lanishi Gol'ji apparatida amalga oshadi. Bog‟langan uglevodlar esa
ferment strukturasini barqarorlashtiradi [Dean N., 1999]. Glikozillanish jarayonida xujayra
membranasi, Gol'ji apparati va endoplazmatik to`r yordamida kechadi [Munro S., 2001]. Mazkur
jarayon polisaxaridlar, oligosaxaridlar va spetsifik fermentlar ishtirok etadi. Glikozillanishning
asosiy markazi endoplazmatik to`rdan transportlangandan suo`ng Gol'ji apparatida kechadi.
Oxirgi maxsulot esa xujayra membranasda joylashadi. Ferment tarkibidagi polisaxaridlarning
asosiy funktsiyasi oqsilni faol konformatsion xolatini saqlashdan iborat [Rudd P.M., 1999].
Gol'ji apparati uglevodlar, oqsillar va lipidlar modifikatsiyasida, posttranslyatsion
glikozillanishda, metabolitik zanjirda xosil bo`lgan oqsillar tashilishida va tanlanishida muxim
rol' o`ynaydi. Gol'ji apparatidagi tayyor oqsillar anterograd pufakchalar orqali tashiladi. Oqsilni
uglevod bilan birikishi oqsil xususiyatini to`laligicha o`zgartiradi.
Aniqlanishicha, invertazaning uglevod qismi ferment oqsil qismining trli qismlari bilan
boq‟langan 30 dan ortiq polisaxarid molekulalaridan iborat. Mazkur bog‟lar juda mustaxkam
bo`lib ularni buzish ferment faolligini yo`qolishiga sabab bo`ladi [Reddy A., 1999].
Fermentning ekzoformasi 14 glikozillanish uchastkalaridan tashkil topib [Reddy A.,
1989], 600 dan ortiq potentsial darajada ulevodlar birikishi mumkin bo`lgan nuqtalar mavjud.
Minimal gldikozillanish qismi Asn92-Asn93-Thr94-Ser95 aminokislota ketma-ketligidan iborat
bo`lgan beshinchi uchastka xisoblanadi [Reddy A., 1999].
Invertazaning ekzoformasi polisomalarda sintezlanadi. Belkovaya chast', sekretiruemoy
invertazi sinteziruetsya na polisomax. Oqsilning gidrofob N-oxirli uchi uni endoplazmatik
to`rga kirishini ta`minlaydi.
Glikozillanishning
ikki
turi
farqlanib,
birinchisi
normal
va
ikkinchisi
giperglikozillanishdir. Geterologik ferment ferment turlari modifikatsiyalangan xujayralarda
to`planadi va giperglikozillanish oqsilning birlachi strukturasiga bog‟liq [Perez J., 2001]. SHuni
ta`kidlash kerakki, gipoglikozillanish S. Cerevisiae ning SUC2 geni Pichia pastoris va Pichia
angusta
ob`ektlarida
gen
ekspressiyaga
va
ferment
faolligiga
ta`sir
qilmagan.
16
Do'stlaringiz bilan baham: |